2. Laboratoriya ishini o‘tkazish tartibi. Texnik tarozida so‘nmagan ohakdan 1 kg (quruq holatda hisoblanganda) tortib, ohak bo‘tqasi tayyorlanadi va 24 soatdan keyin suv qo‘shib ayron holiga keltiriladi. Bu ohak 063-nomerli elakka solinadi va elakda qolgan so‘nmagan zarrachalar toza bo‘lgunga qadar yuviladi. Elakda qolgan qoldiq elak bilan birga 105-110°C temperaturada turg‘un vazngacha quritiladi va texnik tarozida tortiladi. Umumiy massadan elak massasini ayirib, so‘nmagan zarrachalar massasi topiladi. Sinash uchun olingan 1 kg quruq ohakka nisbatan % hisobida so‘nmagan zarrachalar miqdori aniqlanadi. Natijalar jadvalga yozib boriladi.
Laboratoriya ishini o‘tkazishda qo‘llaniladigan texnik vosita, jixoz va qurilmalar: YUmaloq idish, 063-nomerli elak, texnik tarozi, tarozi toshlari, termometrli quritish shkafi, mo‘yqalam, shisha idish, sinash uchun so‘nmagan yoki 24 soat oldin so‘ndirilgan ohak bo‘tqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |