1.Intizomga oid konfliktlar
Intizomga oid bolgan, oquvchilar va ayrim hollarda oqituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zoriqish hamda ziddiyatlar, talim jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq atvorga doir faktlar orasida oqituvchi tomonidan sodir boladigan holatlar farqlanadi.
Quyida oqituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir boladigan konfliktlarga toxtalamiz:
Oqituvchilar sinfni boshqara olmaydi, bilish jarayonini togri tashkil eta olmaydi, barchaning diqqatini jalb eta olmaydi. Maktab amaliyotidan bunga doir misollarni keltiramiz.
Oqituvchi dars boshlanishi bilan oqituvchilardan hech kim uy vazifasini bajarmaganligini payqadi, hamma unga etibor bermay bir bir bilan gaplashib otirmoqda. Oqituvchi ayol yiglab yuboradi va eshikni qattiq yopib, sinfdan yugurib chiqib ketadi...
Geografiya darsi boshqa fanlarga nisbatan yaxshi tashkil etilmagan edi. Oquvchilar darsini kopincha tashlab chiqib ketadigan oqituvchi ustidan kulishardi...
Chizmachilik oqituvchisi hech qanday metodikaga ega emas, orgata olmas, oquvchilardan qorqardi...
Ingliz tili darsida oqituvchi tartib ornata olmas, tartib ornatishga urinmas edi. Oquvchilar undan ikki qoymaslikni iltimos qilishar va buning evaziga gul taqdim qilishlarini vada qilishardi. U kulimsirab, rozi bolardi...
Ashula oqituvchisi sinfdagi tos topolonga ahamiyat bermas, unga hech kim quloq solmas, u esa xotirjam dars otardi, xuddi hamma narsa joyidadek...
Oquvchilarning tartibsizligini korgan oqituvchi qattiq baqirar, mushti bilan stolni urar, ota onasi yoki maktab direktorini chaqirish bilan tahdid qilardi. Hech narsani ozi hal qila olmasdi...
Sinf rahbarining darsida hech qachon intizom yoq edi. U hammaga, lekin hech kimga tegishli dakki berish odatiga ega edi. Hammmaga birdek baqirar, alohida holda hech kimga dakki bermas, ogohlantirmasdi...
Oqituvchi ayol mayda chuyda narsalar uchun ham ogohlantirib oquvchilarning joniga tegardi. Bunday tanbehlar hech kimga kor qilmasdi.
Oqituvchining doimiy qichqirigi oquvchilarda unga nisbatan hurmatsizlik, qopollik, shovqinli munosabatni tugdirardi...
Sinf rahbari sinfga nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bolar, hatto butun sinfni surbetlar sinfi deb atardi.
Oquvchilar shovqin suron kotarganliklari uchun fizika oqituvchisi otilayotgan mavzuga oid tajribani namoyish etishdan bosh tortdi.
Xuddi shuningdek, osmirlar polga oyoqlarini urish orqali ozlarining maktab intizomidan ozod ekanliklarini namoyish etadilar. Ximiya oqituvchisi kasal bolib qoldi, orniga boshqa fan qoyilgan bolsa da, oquvchilar hamjihatlik bilan yayrab, quvonishadi. Oquvchi oqituvchiga qopollik qilganda yovuz quvonch sinfni chulgab oladi. Noroziliklarini izhor qilish maqsadida ekskursiyaga ajratilgan transportni adolatsiz taqsimlagani uchun oqituvchi mashgulotiga barcha oquvchilar kelishmadi. Yangi kelgan oqituvchining darsida oquvchilarning barchasi boshqa maktabga ishga otgan oqituvchiga nisbatan hurmatlarini izhor etish maqsadida javob berishdan bosh tortishadi. Hamma darsni tashlab ketadi: umuman oqishni xohlashmaydi. Tarix oqituvchisi darslik materialini aynan aytib beradi. Oquvchilar uni yoqtirishmaydi, uning darsida umuman intizomsizlik hukm suradi. Amaliyotchi talab oquvchilarning yomon xulq atvoriga chiday olmasdan sinfni tashlab chiqib ketadi. Chunki u boshqa buyruq ohangida gap boshladi, biroq ozi sherni ifodali oqiy olmadi. Sinf rahbarini sevishmasdi, u sinf uchun kop kuch sarflagani ham bunga yordam bermadi.
Pedagoglarning kasbiy nonoqliklari haqida cheksiz fragmentlarni keltirishimiz mumkin. Oquvchilarning oqituvchilarga bolgan munosabatlari ham bundan qolishmaydi.
Osmirlar va oqituvchilar orasida yuz beruvchi ziddiyatlarning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. Oqituvchining mukammal kasbiy tayyorgarligi, uning har qanday ruhiy zoriqishga qarshi relaksasiya boshashish holatini ozida mashq qildirgan bolishi katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |