3.Chegaradan chiquvchi etik (axloqiy) konfliktlar.
Mazkur Chegaradan chiquvchi etik konfliktlar termini boshlangich sinf oqituvchilari xulq odobida namoyon boluvchi qopol gayripedagogik munosabatshakllarini aniqlashda qollaniladi.
Yuqorida biz pedagoglar nazokatsizligiga oid qorquv hosil qiluvchi faktorlarni kechirarli deb hisoblashimiz mumkin, chunki inson sifatida oqituvchi ham ozini yoqotib qoyishga haqli. Shu bilan birga oqituvchi muomalasida yumshoqlik, bir holatdan ikinchi ruhiy holatga ota bilsh, kichik maktab yoshidagi oquvchilar emotsional holatini boshqara bilish muhim ahamiyatga ega. Katta yoshdagilar bilan kichik yoshdagi oquvchilar orasida yuz beruvchi qonunbuzarlik tufayli oqituvchi va oquvchi orasida yuz beruvchi konfliktlar ham mavjud.
Takidlash joizki chegaradan chiquvchi axloqiy konfliktlar oqituvchi bilan kichik oquvchilar orasida yuz beruvchi ziddiyatlar orasida eng oxirgi orinni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshlangich maktab bu sohada katta sinflarga qaraganda ancha kam zarar koradi. Shunga qaramasdan bu yoshdagi oquvchilarga oqituvchi tomonidan yetkaziladigan ruhiy jarohat ancha zalvorlidir. Umumtalim maktablari oqituvchilari tomonidan boshlangich sinf oquvchilariga nisbatan sodir qilinadigan qonunbuzarliklar ikki xildir. Oldingi oringa hammaning oldida ochiqchasiga ogzaki haqorat qilish turadi. Bunga qarshi Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida tegishli modda mavjud (140-modda), unga binoan ochiq ogzaki haqorat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Kichkintoylarni haqorat qilish lugati osmirlarga nisbatan unchalik rangba-rang emas. Oqituvchi tomonidan sodir qilinadigan haqoratlar kattalar kotara olmaydigan darajada xunuk: axmoq, tonka, bochka, chochqa, semiz qurt, bir xalta gosht, tentak, devona, eshak, postak, dong peshona, kallavaram ... va hokazo.
Nihoyat, oqituvchilar tomonidan sodir qilinadigan qonunbuzarlikka oquvchi ota onasidan sovga salom undirish, bahoni oshirib qoyish, ota onasi savdo sohasida ishlovchi oquvchilarni u yoki bu noyob tovarni topib kelishga majbur qilish va h.k.lar kiradi. Oqituvchilar tomonidan ruhiy zoriqishga sabab boluvchi yana shunday misollar keltirish mumkinki, bunga tabiiy ehtiyoji tufayli sinfdan chiqishga ijozat soragan oquvchiga qopollik bilan rad javobini berish. Parta joyini hollab qoygan oquvchini ustidan kulish, jismoniy nuqsoni bor oquvchini oynashga majbur qilish, maktabdan haydash bilan qorqitish, bolani qichqirib hushdan ketkazish kabilarni keltirish mumkin. Zulmkorlik korinishga bola salomatligidan bexabar holda unga tajovuzkorli munosabatda bolish kabilarni ham korish mumkin. Ruhiy zoriqtirish faktorlar orasida oqituvchining pedagogik uquvsizligi, qopolligi, boshlangich sinf oquvchilari axloqini zoriqishsiz boshqarish, tuzatishning yoqligi uchraydi. Oqituvchi oquvchi qizni ozini tuta olmaslikda ayblab urishadi, uning yonida turgan oqituvchilar esa qizning yonini olib uni maqtashadi. Sinf oquvchilari oldida maktab zavuchi va oqituvchi bolalarni boshqa sinfga otkazish haqida gapirishadi. Bu hol oquvchilarning isyon kotarishiga olib keladi... Yosh oqituvchi ayol qizchaning yoqimtoy otasini tez tez maktabga chaqira boshlaydi. Ular orasida sevgi mojarosi boshlandi. Oqibatda oqituvchi ayol boshqa shaharga kochishga majbur boladi, oquvchi qizchani esa boshqa maktabga otkazishadi... Oqituvchi boshiga tushgan bu baxtsizlik uning oquvchiga bolgan munosabatini keskin ozgartirib yuboradi... Maktab mamuriyati oqituvchilarning qanday qilib ashula, rasm, jismoniy madaniyat darslarini matematika, chiroyli yozuv, rus tili bilan almashtirganlarini payqashmaydi...
Biz yuqorida umumiy orta talim maktabi boshlangich sinf oqituvchilari va oquvchilari orasida yuz beruvchi ruhiy zoriqishga doir vaziyatlarni korib chiqdik. Pedagogika fani hozirgacha boshlangich sinf oquvchilarining oqituvchi aybi bilan yuz beruvchi ruhiy zoriqishi chuqurligini olchash metodlariga ega emas. Muammoning murakkabligi shundan iboratki, kichkintoylar maktabga muayyan hayotiy tajribaga ega bolgan holda qadam qoyishadi, bu tajriba oiladayoq, maktabgacha talim muassasasidayoq tarkib topgan boladi. Agar uyda bolaga jismoniy tasir korsatish odat bolgan bolsa, u maktabda oqituvchi axloqidagi bunday odatlarga nisbatan unchalik qarama-qarshilikka uchramaydi. Biroq oilada qattiq jismoniy jazolashlarga duch kelmagan kichkintoy oqituvchining jismoniy kuch ishlatishiga bardosh berolmaydi. Bolada kattalarning haqoratli munosabatlariga nisbatan qatiy norozilik shakllanadi.
Endi talab kichik maktab yoshidagi oquvchilar bilan oqituvchi ortasida yuz beruvchi ruhiy jarohatlanish sabablari, xillari va ogirligi bilan tanishar ekan, har bir oqituvchi oz oldiga bolaga zarar yetkazma degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozimligiga tushunib yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |