4-Mavzu: O’smirlar ta’limida yuz beruvchi ziddiyatlar tiplari
Dars rejasi:
Intizomga oid konfliktlar.
Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar.
Oqitish metodikasidagi konfliktlar.
Oqituvchi va oquvchilar orasidagi ozaro munosabatlarda sodir boluvchi konfliktlar.
Axloqiy konfliktlar.
Darsning mazmuni:
Osmirlar oqituvchilar bilan boladigan ozaro munosabatlari jarayonida maktabning birinchi pogonasida talim oluvchi boshlangich sinf oquvchilariga nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning osmir yoshi bilan bogliq jihatlari nimalardan iborat? Osmir yoshining oliy oquv yurti pedagogika va psixologiyasida oqitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz. Pedagogika nazariyasining tegishli bolimida osmirlik yoshi bolalik va katta yosh holatining oraligida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qollanmasi mualliflari oprilishli (krizisli), qiyin, otish, konfliktli, ogriqli kabi terminlarni kop qollaydilar. Oquvga bolgan qiziqishning sustligi osmir uchun xos. U romantik tuygularga berilgan boladi. Osmirda jinsiy bilimlarga bolgan qiziqish uygongan boladi. U oz kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish, ularga oxshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, osmirlar bu haqiqiy risarlar. Ular qorqmasdan pedagog orqasidan ozini otga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bolsa.
Psixologlar oz navbatida, kim boshlangich sinfda yaxshi oqigan, tartibli bolsa, osmir yoshiga kelib qopol, tez intizomsiz bolishi mumkinligini takidlaydilar.
Boshlangich sinfda oqituvchi ornatgan tartib intizomga sozsiz boysunish ornini oz insoniy qadr qimmatiga ortiqcha baho berish tuygusi egallaydi. Ilgari boshlangich sinflarda oqituvchining sozidan xafa bolmagan osmir yuqori sinf oqituvchisining aynan shu sozidan norozi boladi. Osmirlarda ozligini anglash kattalar bilan bolib otadigan munosabatlarning yomonlashuvi bilan ozaro almashinib turishi kuzatiladi. Bolajak oqituvchilar uchun moljallab chop etilgan qollanmalarda qayd etilgan osmirlar xarakter xususiyatlariga doir umumiy tasavvurlar ana shulardan iborat. Kop sonli tadqiqotlarda osmirlarning ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli malumotlar uchraydiki, ularga asoslangan holda oqituvchi va oquvchilar munosabatlarida yuz beruvchi konfliktlarni pedagogik nuqtai nazardan togri hal etish mumkin boladi.
Bu sohada osmirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari qiziqishga loyiqdir. Bularning uch turi farqlanadi.
1. Odamovi maktab oquvchisi. Yolgizlikka moyil. U tengdoshlari bilan muloqotga kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolgiz qolganida, it, mushuk va boshqa predmetlar bilan qolganda ozini yaxshi his etadi.
2. Juft juft muloqotga moyil oquvchi tipi. Uning ozi ishonadigan dosti bolishi lozim. Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Kop hollrada dostlashuv ijobiy munosabatning yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi roy berishi mumkin.
3. Jamoaviy muloqotga moyil oquvchilar. Ulardan stixiyali ravishda soglom yoki nosoglom dasturga ega bolgan osmirlar jamoasi tashkil topishi mumkin.
Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zoriqishni bir ozi boshdan kechiradigan bolsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub oquvchilarda tabiiy ravishda tashqi himoya tosigiga ega boladilar. Osmirlar oqiydigan sinflarda konfliktga kirishuvchilar soni keskin kengayadi, chunki endi ular boshlangich sinfdagidek bir oqituvchi bilan emas balki, onlab yigirmatalab oqituvchilar bilan muloqotda boladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, osmir oquvchilar bilan predmet oqituuvchilari orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu osmirlar yaxshi oqituvchilar masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, talim-tarbiya jarayonida oqituvchilarda ham oquvchilardagi kabi ruhiy zoriqish uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |