Fanning fan sifatida shakllanishi. Toksikologiya fanining maqsadi va uning vazifalari. Toksikologiya fanining bо‘limlari



Download 36,68 Kb.
bet7/7
Sana19.01.2022
Hajmi36,68 Kb.
#392119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma`ruza tiksikologiya 2021

Zaharlilik ya’ni toksi k l i k deb, kimyoviy zaharlovchi moddalarningorganizm hayot faoliyatini izdan chiqarib, zaharlay olishiga aytiladi. Zaharli moddaning zaharliligi ularning fizik va kimyovny xossalariga va tо‘zilishiga bog‘liq. Zaharlar ta’sirini belgilab beradigan asosiy omillardan biri ularning qanday miqdor yoki konsentratsiyada organizmga ta’sir kо‘rsatishidir. Zahar degan tushunchaning о‘zi ham hamisha moddaning miqdori, konsentratsiyasi bnlan bog‘langan. Miqdor deb, zaharli moddaning ma’lum og‘irlik birliklarida ifoda qilinadigan miqdoriga aytiladi va mg/kg bilai ifodalanadi. Zaharlovchi moddaning konsentratsiyasi deb biror hajm birligidagi mikdoriga aytiladi. Konsentratsiya — litr (mg/l), (g/l), (g/m ) gramm yoki milligrammlarda ifodalanadi. Suvning va havoning qay darajada zararlanganligi shu tarifda belgilanadi. Zaharlovchi moddaning maydon birligiga tо‘g‘ri keladigan miqdori zaharlanish tig‘izligi deb ataladi. Bir metr kvadratdagi zaharlovchi modda grammlar bilan ifodalanadi (g/m ). Joylar, yo’llar va texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana shunday ifodalanadi.

Toksikologiyada zaharlovchi moddalarning zaharlilik darajasini belgilash uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

— yo’l qо‘ysa bо‘ladigan konsentratsiyasi va miqdori — bunda zaharlovchi modda uzoq muddat ichida ta’sir qilsa ham kishi organizmida hech qanday о‘zgarish yuzaga kelmaydi;

— bо‘sag‘a miqdori yoki konsentratsiyasi — bunda engil darajadagi klinik alomatlar paydo bо‘ladi, ish qobiliyati pasayib ketadi;

— о‘rtacha safdan chiqaruvchi miqdori va konsentratsiyasi — kishilar va 50% i ish bajarish xususiyatini yo’qotadi va IC50 va ID50 belgilari bilan ifodalanadi. Bu erda I — ingliz sо‘zining birinchi harfi bо‘lib, Incapacitating — qobiliyatsiz, qobiliyati yo’q degan ma’noni bildiradi;

— о‘ldiradigan о‘rtacha miqdor va konsentratsiyasi — bunda zaharlangan kishilarning 50% i halok bо‘ladi va CL50, DL50 lar bilan ifodalanadi;

— absolyut о‘ldiradigan miqdori yoki konsentratsiyasi — bunda zaharlanganlarning 90—100% i halok bо‘ladi va SL50, DL50 bilan ifodalanadi.

Zaharlovchi moddaning organizmda qanday patologik jarayonlar rivojlanishiga olib kelishi kо‘p jihatdan organizmda zaharlovchi moddaning qanday biotransformatsiyaga uchrashiga bog‘liq Agar organizmga tushgan zaharlovchi modda miqdori ma’lum vaqt ichida kam miqdorda chiqarilsa, unda organizmda asta-sekinlik bilan tо‘planib boradi. Buning natijasida zaharlovchi moddaning ta’sir kuchi va ta’sir muddati oshib boradi, ya’ni kumulyatsiya hosil bо‘ladi. Kumulyatsiya ikki xilda bо‘ladi:

1. Moddiy kumulyatsiya—bunda zaharlovchi modda organizmda sof holda tо‘planib boradi.

2. Funksional kumulyatsiya — zaharlovchi modda organizmga ta’sir kuchini tо‘plab boradi. Zaharlovchi modda tо‘qimalarda tо‘planib borgani bilan ularda qaytmas о‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. lekin uning funksiyasiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun organizmga tushadigan zaharlovchi moddalarning miqdorsi va konsentratsiyasi hal kiluvchi ahamiyatga ega.


Nazorat savollari:

  1. Toksikologiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  2. Zaharli moddalar haqida tushuncha bering?

  3. Toksikologiyaning bо‘limlari va ularning funksiyalari nimalardan iborat?

  4. Toksikologiyaning kelib chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  5. Zaharli moddalar haqida tushuncha bering?

Download 36,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish