32-modul. Bolalar va o‘spirinlar organizmiga mushak yuklamasi va doimiy tarzda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishning ta`siri. Jismoniy yuklamaning yurak qon-tomir tizimi, nafas olish tizimi, endokrin tizimi va modda almashinuviga ta`siri haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Yurak-qon tomir tizimi funktsional holati ko‘rsatkichlari:
- Yurak qisqarishlari tezligi: yurak faoliyati-yurak qisqarishlari maromi bolalar va o‘spirinlar o‘sishi hamda rivojlanishi xarakteri bilan aniqlanadi. Bolalardagi qon aylanish xususiyatari modda almashinuvning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘sib borayotgan organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji yurak ishi kattalashishini talab qiladi.
- Arterial bosim – yurak qon-tomir tizimi funktsional holati ko‘rsatkichi.
- B.Korotkov bo‘yicha auskultativ o‘lchanadi.
Nafas tizimga ta`siri: kattalarga qaraganda, bolalarda jismoniy yuklamalar mobaynida tashqi anfas intensifikatsiyasi nafas olish chuqurligi hisobiga emas, balki natijasida bolalarda nafas olishning neyrogumoral boshqarilishi yaxshilanadi, nafas olish. zimi ishi bir-biriga moslashishi yaxshilanishi ta`minlanadi.
Endokrin tizimga ta`siri: Mushak ishi bolalar buyrak usti beziga ijobiy ta`sir o‘rsatadi. Yuklamaning hissiyotliligi buyrak usti bezlarining sekretor funktsiyasi oshishiga olib keladi. Mushak yuklamasida moslashish reaktsiyalarini ta`minlashda gipofiz, oshqozon osti bezi, qaolqonsimon bez va jinsiy bezlar ma`lum va ahamiyatli rol o‘ynaydi.
Modda almashinuvga ta`siri: Mushak yuklamasi modda almashinuv jarayonlariga katta talablar qo‘yadi.
Bu chiqarish tizimi funktsiyasi, avvalambor buyraklar funktsiyasi kuchayishidir, sababi ular qonni metabolizm mahsulotlaridan tozalash orqali qonning ega qilish.
33-modul. Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari. Massaj tarixi. Ijtimoiy ahamiyati. Organizmning fiziologik funktsiyalariga ta`siri. Massaj usullari va qo‘llanilishining negizlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Massaj tarixi: Massaj qadimgi Xitoyda, Hindistonda, qadimgi Gretsiyada, Rumda tarqalagan. Ammo, shubhasiz, massaj rivojlanishi tarixida rol Gretsiyaga tegishli. Birinchilardan bo‘lib massajni nafaqat sog‘liqni saqlash va tiklash uchun, balki kasalliklarni davolashning juda yaxshi vositasi sifatida qo‘llashgan.
Ijtimoiy ahamiyati Bizning kunlarimizda massaj nafaqat o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi, balki juda ham keng ommabop bo‘ldi. Masalan, massaj bemorlarni peratsilarga (jarrohlik muolajalarga) tayyorlashda yordam beradi, operatsiyadan (jarrohlik muolajalardan) keyingi davrda tiklash vositasi hisoblanadi, ko‘rpa -tushak tartibidan keyingi yuzaga keladigan mushaklar atrofiyasiga qarshi kurashishiga yordam beradi va boshqalar. Massaj san`atiga balet artistlari, dramatik tetar artistlari va tsirk xodimlari murojaat qilishadi. Sportsmenlar uchun massaj sport mahoratini oshirishda, charchash bilan kurashishda yordamchi hisoblanadi, u ruhiy-jismoniy ish qobiliyatini tiklash va oshirishning eng yaxshi vositasidir.
Organizm fiziologik funktsiyalariga ta`siri Massaj muolajalari ta`siri ostida terida biologik faol moddalar paydo bo‘ladi va qonga tushadi, ular to‘qima gormonlari hisoblanadi va tomir reaktsiyalarida, nerv impulslari uzatilishida va boshqa reaktsiyalarda ishtirok etadi. Masalan, hujayralarda bog‘langan holda faolsiz joylashgan atsetilxolin massaj ta`siri natijasida eruvchan, faol holaga o‘tadi. Atsetilxolin nerv impulslarini bir hujayradan boshqa hujayraga o‘tkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Massaj usullari xususiyatlari va qo‘llanilishi To‘qimalarga mexanik ta`sir qilish-cho‘zish, surish, bosish, ishqalash, burash. Bu limfa, qon, to‘qimalararo suyuqlik sirkulyatsiyasiga (aylanishiga) yordam beradi, epidermisning kuchgan hujayralari chiqarilishiga sharoit yaratadi.
Mexanik omil dimlanish hodisalariga jiddiy taxsir ko‘rsatadi, modda almashinuv va teri nafas olishiga ta`sir ko‘rsatadi. Massaj ta`siri organizmga turlichadir. U deyarli barcha kasalliklarda qo‘llaniladi, kapillyar qon aylanishiga, qon tomirlar tonusiga juda yaxshi ta`sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |