23-modul. Jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi. Jarohatlar turiga va jarohat bosqichiga qarab davolash jismoniy tarbiya qo‘llanishi. Asab kasalligi turiga qarab davolash jismoniy tarbiyasi qo‘llanishi. Tayanch-harakat apparati kasalliklarida (osteoxondroz, deformiryushiy osteartroz, radikulit, ishaz) davolash jismoniy tarbiyasi qo‘llanishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
24-modul. Yoshlar va o‘quvchilar salomatligini tibbiy nazorati. Tibbiy nazoratning dastlabki, takroriy, qo‘shimcha turlari. Disponserizatsiya-tibbiy nazoratdagi tutgan o‘rni. Shifokor va trenerni ng birgalikda sportchilarni nazoratini ahamiyati. Sanitariya-gigienik nazorat o‘tkazishning tibbiy nazoratdagi ahamiyati. Sport musobaqalarida tibbiy xizmatni tashkil etish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
25-modul. Yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi. Tibbiy guruhga ajratish nimaga asoslanishi haqida. Tibbiy guruhlar ajratishda anamnez (sorab surishtrish), samotoskopiya (ko’rib, kuzatib) antropometriya (o’lchab), fiziometriya (aparatlar orqali) tekshiruvlari. Organizmning funktsional tizimlari. Asosiy, qo‘shimcha va maxsus guruhlar haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
26-modul. Bir tibbiy guruhdan ikkinchi boshqa guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari. Sport bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy kuzatuvining turlari (birlamchi, qayt a (takroriy), qo‘shimcha). Dinamik kuzatuv va uning sportchilarni bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishdagi tutgan o‘rni. Qo‘shimcha tibbiy kuzatuv o‘tkazilishi, uning maxsus shifokorlar maslahatining bir guruhdan boshqa guruhga o‘tkazishda roli haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
27-modul. O‘zini nazorat qilish qoidalari. Tibbiy shifokor nazoratida o‘z-o‘zini nazorat qilishning ahamiyati. O‘z -o‘zini nazorat qilish daftari, pulsometriya (bir daqiqada-yurak qisqarish soni) va uning o‘z o‘zini nazorat qilishidagi tutgan o‘rni, o‘z o‘zini nazorat qilish daftarining sportchi funktsional tizimini baholashdagi va patologik (kassalik) holatlarni erta aniqlashdagi axamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
28-modul. Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish. Anamnez turlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish, konstitutsiyaning morfologik belgilari, jismoniy rivojlanishni tekshirish uslublari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar organizmining funktsional holati xarakteristikasi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |