2-mavzu: Boshlang`ich sinflarda ochiq darslarni o`tkazish va ularni tahlil qilish (2 soat amaliy mashg’ulot).
Mashg‘ulot maqsadi: Boshlang`ich sinflarda ochiq darslarni o`tkazish va ularni tahlil qilish bо‘yicha kо‘rsatmalar berish
Dars kuzatish va uning tahlili
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv fanga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi.
Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g’ri qo’yishi, dars jarayonni to’g’ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etish, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi.
O’qituvchinig darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali quroldan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g’ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan olmaganligi kabi masalalar to’g’risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishga e’tibor qaratmaslikdir.
O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan:
Dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik;
Interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
Dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
O’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
O’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
O’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
O’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
Mavzuni amaliyot bilan bog’lab tushuntirmaslik;
Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
Sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga quyilmaganligi;
O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’kituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o’quv mashg’ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug’iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:
• ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
• o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;.
• ilg’or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish;.
• o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi;
• o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
• ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
•o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish;
• dars jarayonida yuzaga kelashi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;
• ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarinng tomonlarida o’ziga xosligini e’tiborga oliish;
• darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.
Dars o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsga kuzatuvchi va tahlil qiliuvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.
Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik
2.Darsning borishini kuzatish
3.O’z-o’zini tahlil qilishni ta’minlash
4.Dars tahlili va takliflar berish
Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.
1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik.
• dars kuzatishdan ko’zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish;
• kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish;
• dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash;
• kerakli materiallarni tayyorlash; o’qituvchi bilan suhbatlashish.
2 Darsning maqsadlarini tahlil qilishda:
•o’quv fani va mavzuning xos tomonlari, o’quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to’g’ri va asosli qo’yilganligi;
• o’quvchilarning tayyorgarligi, o’rganilayotgan mavzu bo’yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o’rnini hisobga olgan holda maqsad qo’yilishining to’g’riligi va asoslanganligi;
• dars asosiy g’oyasining to’g’ri quyilishi va o’quvchilarga maqsadning yetkazishlishi, maqsadga erishish darajasi.
3.Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda:
• dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;.
• darsning turi, strukturasining puxta o’ylanganligi;
• darsning bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog’liqligi;
• dars bosqichlari uchun vaqtning to’g’ri taqsimlanganligi;
• o’qitish shakllarining to’g’ri tanlanganligi;
• dars rejasining mavjudligi va uning o’qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish;
• dars jihozlari. O’qituvchi va o’quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish.
4.Dars mazmunini taxlil qilishda.
• dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi;
• materiallarning ishonchliligi, to’liqligi, tushunarliligi;
• bayon qilinayotgan materiallning ilmiy darajasi;
• darsning tarbiyaviy yo’nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi;
• darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirish bilan bog’lash;
• o’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;
• yangi materiallning asosiy g’oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko’rsatish.
5.O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish.
• Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o’quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi;
• o’qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi;
• o’qituvchining yordami. Yangi materialning o’zlashtirilganlik darajasi;
• yangi mavzuning oldingi mavzular bilan bog’langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari, usullari, hajmi).
6. Dasr o’tish metodikasini tahlil qilish.
O’qitishning metod, vosita va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O’qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to’g’ri qo’llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali foydalanilganligi. O’qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini baholash.
7. O’quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish.
Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo’lgan qiziqishi. O’quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.
O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish. O’quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari.
8. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati. Pedagogik etikasi , nutqi , ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi.
9. O’quvchilar bilimini baholash.
O’kuvchilrga berilgan bilim ko’nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi.G’oya va materiallarning asosi tomonlarini ko’rsata olishi, amaliy ko’nikmalarning egallaganlik darajasi.
Tekshirish turlari. Baholarning jamlanganligi.
10. Uy vazifasini tahlil kilish. Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda o’qituvchining izohi.
Dars tahlili qilishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin :
1.Ilmiy tahlil
2.Psixologik tahlil
3.Metodik tahlil
4.Didaktik tahlil
5.Umumpedagogik tahlil
Ilmiy tahlil berilayotgan bilimlarning ilmiy –nazariy jihatni, o’quvchi bajarayotgan mustaqil ishning esa maqsadga muvofiq yo’nalishi jihatidan to’g’riligini aniqlash demakdir .
Har bir dars kuzatuvchi rahbar darsning ilmiy tahlilida asosan quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo’ladi :
1. O’qituvchining ilmiy jihatdan (o’zi mutaxassis bo’lgan fanni ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi.
2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3.O’z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi.
4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to’g’ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o’quvchilarga singdirib borilishi
5. Darsda ta’limning o’ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi.
6.Darslik materiallarining qo’shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi.
7. O’quvchi bajarayotgan laboratoriya , amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yo’nalish bo’yicha maqsadga muvofiqligi.
8. O’quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan tug’ri , qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
9. Dars davomida , yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim- tarbiya bilan bog’lanishi.
10.O’qituvchi va o’quvchilarning ilmiy nutq madaniyati.
Metodik tahlil – o’qituvchining dars jarayonida qo’llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o’ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi . O’quv materiallarini o’quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo’llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki , o’qituvchi darsda qo’llagan usullarning samaradorligi , rang-barangligi , namunaviyligi uning o’tgan, yangi mavzu materialini o’quvchilarning qay darajada o’zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi . Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o’qituvchi, direktor , ilmiy bo’lim mudiri , inspektor yoki metodist ) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qaraщi kerak .
Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1. Dars jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining tashkiliy shakllariga ko’ra:
a) hikoya usuli;
b) og’zaki bayon usuli
v) suhbat usuli
2.O’quvchilarning o’zlashtirshiga ko’ra:
a) o’qituvchilarning so’zlash usuli;
b) ko’rsatmali qurollardan foydalanish usuli;
v) darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli;
g) laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli;
d) texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilm, diafil’m, radio, televizor kabilar) foydalanish usuli;
e) sinf doskasidan, jo’g’rofiya, tarix yoki zoologiyaga tegishli bo’lgan turli kartalardan foydalanish usuli kabilar.
Didaktik tahlili – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to’g’ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o’rinli bo’ladi:
1. O’qituvchi bayonining sinf o’quvchilari jamoasiga to’la tushunarli bo’lishi va bu bayonning izchil ravishda o’quvchi ongiga yetib borishi.
2. O’qituvchi fikrining siyosiy – g’oyaviy jihatdan tarbiya talabiga mos bo’lganligi.
3. Barcha o’quvchilarning o’qituvchi berayotgan materialini ongli ravishda o’zlashtirishlari.
4. O’qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi.
5. O’qtiuvchi fikrning izchiligi.
6. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko’rsatmali qurollardan, tarqatma materiallari va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi.
7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishga erishilganligi.
8. Darslik bilan ishlashning to’g’ri bo’lishi
9. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo’nalishi.
10. Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar.
Umumiy pedagogik tahlil – darsdagi hamma jihatlarining qisqa va yengil ko’rinishidagi tahlildir.
Darsni umumiy pedagogik jixatdan tahlil qilganda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
1. O’quv xonasi yoki sinf xonasining dars o’tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).
2. O’quv xonasi yoki sinf xonasining sanitariya- gigiena holati.
3. O’qituvchining dars mavzui va uning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadi.
4.O’qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik jihatdan tayyorlanganligi darajasi.
5. O’qituvchining darsni tashkil etish va dars etaplaridan to’g’ri foydalanishi.
6. O’qituvchining o’quvchilarga ta’lim –tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko’tarila olganligi.
7. O’quvchilar bilimiga qo’yiladigan bahoning adolatli va izohli bo’lishi.
8. O’quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur fan asoslarini o’zlashtirib olganlik darajasi.
9. O’quvchilarning o’qituvchi darsiga munosabati v hurmat bilan qarashi.
10. O’qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi.
11. O’qituvchining dars davomida ta’lim- tarbiyaga bog’lashi.
12. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanishi.
13.Darsda o’quvchilarning sifat o’zlashtirishi.
14. O’qituvchining darsdagi ta’limiy va tarbiyaviy maqsadiga to’liq erisha olganligi.
15.O’qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga muxtojli kabilar
Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish
Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish sxemasi:
I. Darsning aniq maqsad va vazifalariga bog’liq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish.
a.darsning mavzui, maqsad va vazifalari:
b. darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.
II. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish.
a.O’quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi, ko’rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi):
b. o’quvchi bilim faoliyatini faollashtirish, o’quv axborotini idrok etishi (obrazli, og’zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni, hayotini). Uqanday xis-tuyg’ularni uyg’otadi?
v.mazkur material o’quvchilar bilim faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning xayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi:
g.o’qituvchining murakkab o’quv materialini mazkur yoshdagi o’quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi va oddiyligi, yorqin misollar, o’xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko’rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan bog’lashi).
d.o’rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta’siri (axloqiy, estetik va xakozo). O’qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi?
III. Darsda o’quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo’lishi va uni boshqarish.
1.Diqqatni tashkil etish.
Mashg’ulotning barcha bosqichlarida o’quvchilarda diqqatni tashkil etish yo’llari (diqqatli bo’lish, o’tkazilayotgan ishning maqsadi va ahamiyatini tushunish, ko’rgazmalilikdan foydalanish, ixtiyorsiz diqqatga e’tiborni jalb etish va xakozo).
Darsdagi diqqatning turlari va ularning ayrim o’quvchilarda namoyon bo’lishi. O’quvchilar diqqatning bir faoliyatdan boshqasiga ko’chish usullari. O’qituvchi taklif etgan faoliyat turlarida o’quvchilar diqqatining taqsimlanishi va ularning buning uddasidan chiqishlari.
2.Idrokni tashkil etish va uning xususiyati.
O’quvchilar idrokining ob’ektlari (o’qituvchi nutqi, darslik matni, turli ko’rgazmali vositalar). Idrok etish materialining sifati.
Ko’rgazmali vositalardan foydalanish ularning darsdagi vazifasi uchun axborot
3. Xotirani faollashtirish va uning rivojlantirilishi
O’qituvchining o’quvchilar xotirasiga murojaat qilishi. Bu ish mashg’ulotning turli bosqichlarida qanday maqsadda amalga oshirilishi. Darsda xotira turlarining (ko’rgazmali-obrazli, og’zaki-mantiqiy, hissiy, oldindan o’ylanmagan, oldindan o’ylangan, mexanik, mantiqiy turlari) namoyon bo’lishi, bayon qilinayotgan ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolish usullaridan foydalanishi (eslab qolish maqsadini qo’yish, materialga mantiqiy ishlov berish, turli-tuman assotsiatsiyalarni belgilash, faoliyatga kirishlik, takrorlash, hissiy vazifa berish va xakozolar)
Darsda ayrim o’quvchilarda xotira jarayonlarining namoyon bo’lishi (eslab qolish, bilib olish, qayta esga tushirish, unutish).
4.O’quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytirish.
O’qituvchi o’quvchilarda qanday ilmiy tushunchalarni shakllantirdi? Bunda ko’rgazmali materiallardan foydalandimi? U tushunchalar o’rtasida o’rnatgan aloqalari, ishlab chiqilgan fikr-mulohazalar. U qanday yo’l bilan (induktiv yoki deduktiv) o’quvchilarni ma’lum tushunchalar va fikrlarni o’zlashtirishga olib keldi?
O’qituvchi o’quvchilarda mazkur tushunchalarni o’zlashtirish ehtiyojini vujudga keltirdimi (ularning nazariy ahamiyatini ochib berdimi, amaliy qo’llanishini ko’rsatdimi, turmush bilan bog’ladimi va hakozo)?
O’quvchilar darslarda qanday o’zlashtirish darajalarini ko’rsatdilar va tushunchalarni belgilashda yo’l qo’yilgan kamchiliklar nimalardan iborat bo’ldi? O’qituvchi o’quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini qanday faollashtirdi? Dars muammoli tuzilishi bilan ajralib turdimi? Muammoli vaziyatlar qanday yo’llar bilan yaratildi? O’quvchilar javoblarni izlashda faollik ko’rsatdilarmi? Ular qo’yilgan muammoning yechimini topish uchun qanday aniq fikrlash harakatlarini mustaqil ravishda amalga oshirdilar (bitta misolni tahlil qilib berish kerak)?
Sinf muammoli ta’limga qay darajada hozirlik ko’rgan (umumiy rivojlanish darajasi, zarur bilim va malakalarning mavjudligi, savolga javob izlashda o’zini faollik bilan ko’rsatgan o’quvchilar).
O’qituvchi o’quvchilarni oqilona fikrlashning tayyor usullariga o’rgatganmi, algoritm tipidagi farmoyishlar berganmi va ularni qanday kiritgan?
Darsning izchilligi va mantiqiy barqarorligi. O’quvchilar mulohazalarining mantiqligi va ularning xatolari.
5.Darsda o’quvchilarning xotira tasavvuri, reproduktiv va ijodiy xayoli faollashdimi?
6.O’qituvchi o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olishni qanday amalga oshirdi?
IV. Darslarning o’quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga ta’siri.
1. O’qituvchi darsning qaysi bosqichlarida (so’rash vaqtida, yangi materialni o’tishda, uni mustahkamlashda) o’quvchilarga qanday maqsadlar bilan murojaat qildi?
2. Darsda o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishining qanday darajalarini aniqlash mumkin?
3. O’quvchilar darsda olgan baholariga qanday munosabatda bo’ldilar?
4. O’quvchilar javoblarining o’qituvchining bundan keyingi hatti-harakatlariga va o’zlariga ta’sir qildimi, ya’ni o’qituvchi o’z faoliyatini qanday qilib qayta qurdi?
V. Darsda o’qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta’siri.
1. O’qituvchi shaxsining uning tashqi qiyofasi, nutqi, o’zini tutishi, o’quvchilar bilan muomilada bo’lish tabiatining tavsiyaviy ta’siri. Bolalarning unga bo’lgan munosabati. Darsning hissiy muxiti.
2. O’qituvchining qo’yadigan talablari va ularning o’quvchilarda iroda va axloqiy sifatlarini shakllantirish uchun ahamiyati (o’quvchilarning javobiga, xulqiga, nutqiga, intizomiga va xakozolariga qo’yiladigan talablar). Bolalarning bu talablarga munosabati
3. Darsda foydalanadigan ta’lim metodlari va usullarining tarbiyaviy ahamiyati.
4. O’qituvchi qanday qilib o’quv ishlari texnikasini (tushuntirilganlarni eshitishi, yozuv olib borishi, vazifalar shartlari, kitob bilan ishlash, hal qilish usullarini topish, o’z-o’zini nazorat qilish va xakozolar o’rgatdi, ya’ni u bolalarni qanday qilib bilim olishga o’rgatdi?
VI. Darsning natijalari.
Darsda maqsadga erishilganligi. Bu haqda qanday psixologik ko’rsatkichlarga qarab xulosa chiqarish mumkin (o’zlashtirish darajasi, diqqat, qiziqish, his-tuyg’ularni namoyon qilish)? Dars o’quvchilarning umumiy rivojlanishi uchun nimalar berdi?
Ma’lumki, kuzatilgan darsning tahlili umumiy pedagogika va xususiy metodika talablari nuqtai nazaridan bir xil bo’lsa ham, lekin har bir fanning o’z talablari bor. Masalan, fizika, ximiya, biologiya darslarida o’quvchilarning amaliy tajriba o’tkazishlari va boshqa amaliy malakalariga ahamiyat berilsa, ona tili va adabiyot darslarida o’quvchilarning nutq madaniyatiga alohida diqqat qilinadi.
Lekin hamma fan bo’icha dars kuzatish va uni tahlil qilishdan asosiy maqsad o’quvchilarning bilim va malakalarini takomillashtirishga o’qituvchilarning ma’suliyatini oshirishga qaratilmog’i lozim.
TEST
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslari qachondan boshlanadi?
|
1-sinfning ikkinchi yarim yilligida
|
Qaysi sinfda ona tili mazmunida o‘zgarish bo‘lgan?
|
3-sinf
|
“Tovushlar va harflar” bo‘limi qaysi sinflarda o‘rganiladi?
|
1-2-sinf
|
T.G‘afforova ona tilidan qaysi sinf darsligining muallifi
|
1-sinf
|
Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar nechta turga bolinadi?
|
1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar ham kiradi);
2) sintaktik mashqlar.
|
Agar o‘quvchilar faoliyatining xarakteri, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa mashqlar nechta turga bolinadi?
|
analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlar
|
Grammatik tahlil analitik mashq qaysi mashqqa kiradi?
|
analitik mashq
|
Narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soluvchi va ularga to‘g‘ri fikrlash usullarini o‘rgatuvchi mashq
|
mantiqiy mashq
|
O‘qituvchining sanog‘i ostida yozish.
|
ritmik usul
|
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog'lanishlarini o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi.
|
tasavvur orqali yozish usuli
|
O‘quvchiga harfning yozilishini to‘g'ri o‘rgatish uchun uning qatordagi o‘rnini to‘g'ri joylashtirish va qatorni qog'oz varag'ida joylashish o‘rnini bilish uchun qog'ozda gorizontal, yotiq chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betida o‘ziga xos setka paydo bo‘ladi.
|
chiziqli usul
|
o‘quvchilar harflarni “Husnixat daftari”dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar
|
Nusxaga qarab ko‘chirish usuli
|
Qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o‘quvchilar so‘zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar.
|
Ta’kidiy diktant
|
O‘rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so‘zlar bo‘lgan matnni o‘quvchilar o‘zlari o‘qib yodlaydilar(ko‘rib idrok qiladilar) yoki o‘qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o‘zlari mustaqil yozadilar.
|
O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktant
|
ТЕСТ
№
|
Тest topshirig‘i
|
Tо‘g‘ri javob
|
Muqobil javob
|
Muqobil javob
|
Muqobil javob
|
1
|
Boshlang‘ich sinfda beriladigan grammatik bilimlarning sintaksis bo‘limi mazmuni nimadan iborat?
|
Gap, gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, tinish belgilari
|
So‘z o‘zgartuvchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning vazifalari
|
So‘z turkumlari va ularning bir-biridan farqi
|
Tovush, harf, unli, undosh, jarangli, jarangsiz tovushlar, bo‘g‘in, bo‘g‘in ko‘chirish, alifbo
|
2
|
Boshlang‘ich sinfda beriladigan fonetik bilimlar mazmuni nimadan iborat?
|
Tovush, harf, unli, undosh, jarangli, jarangsiz tovushlar, bo‘g‘in, bo‘g‘in ko‘chirish, alifbo
|
So‘z turkumlari va ularning bir-biridan farqi
|
Gap, gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, tinish belgilari
|
So‘z o‘zgartuvchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning vazifalari
|
3
|
2-sinfda ot sо‘z turkumi bо‘yicha beriladigan bilimlar nimalardan iborat?
|
Otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar atamasiz о‘rgatiladi.
|
Otlarning birlik va kо‘plikda qо‘llanishi ustida ishlanadi.
|
Otlarning egalik qо‘shimchalari bilan qо‘llanishi о‘rgatiladi.
|
Kelishik kategoriyasi hisoblanadi.
|
4
|
4-sinfda gapning uyushiq bо‘laklarini о‘rganish bilan о‘quvchilarning nima haqidagi bilimlari kengaytiriladi?
|
Gap bо‘laklari haqidagi bilimi kengaytiriladi.
|
Ot sо‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi
|
Sifat sо‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi.
|
Olmosh sо‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi.
|
5
|
Fe’lning shaxs-son qо‘shimchalari bilan tuslanishi haqidagi tushuncha nechanchi sinfda beriladi?
|
4-sinfda
|
2-sinfda
|
3-sinfda
|
1-sinfda
|
6
|
О‘quv dasturida ona tili fanidan fanga oid nechta kompetensiya kiritilgan?
|
2 ta
|
3 ta
|
6 ta
|
4 ta
|
7
|
О‘quv dasturida ona tili fanidan fanga oid qaysi kompetensiyalar kiritilgan?
|
nutqiy, lingvistik
|
adabiy nutqiy, badiiy asarni tahlil qilish
|
kommunikativ, lingvistik
|
adabiy nutqiy, lingvistik
|
8
|
Bо‘lishli va bо‘lishsiz fe’llar dasturga kо‘ra nechanchi sinfda organiladi?
|
3-sinfda
|
2-sinfda
|
1-sinfda
|
4-sinfda
|
9
|
4-sinfda gapning uyushiq bо‘laklarini о‘rganish bilan о‘quvchilarning nima haqidagi bilimlari kengaytiriladi?
|
Gap bо‘laklari haqidagi bilimi kengaytiriladi.
|
Ot sо‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi
|
Sifat sо‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi.
|
Olmosh sо‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi.
|
10
|
Fe’lning shaxs-son qо‘shimchalari bilan tuslanishi haqidagi tushuncha nechanchi sinfda beriladi?
|
4-sinfda
|
2-sinfda
|
3-sinfda
|
1-sinfda
|
11
|
“Metod” so‘zi qanday ma’nolarni anglatadi?
|
bilish va tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot
|
nazariya, ta’limot
|
Bilish va tadqiqot yo‘li, nazariya
|
ta’limot
|
12
|
Grammatik tahlil qaysi mashqqa kiradi?
|
Analitik mashqqa kiradi
|
Sintetik mashqqa kiradi
|
Morfologik mashqqa kiradi
|
Guruhlashga oid mashqlar kiradi
|
13
|
Mоrfоlоgik mashqlar o‘tkazish orqali qanday nazariy bilimlar mustahkamlanadi?
|
So‘zlarning mоrfоlоgik tarkibi va so‘z turkumlariga оid bilimlar
|
Gapning ma’nо turlari, so‘z birikmalari haqida nazariy bilimlar
|
So‘z tarkibiga оid bilimlar
|
So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nоsi mustahkamlanadi
|
14
|
Lеksik mashqlar o‘tkazish orqali qanday bilish ko‘nikmalari egallanadi?
|
So‘zlarning ma’nоlari,ko‘chma ma’nоda qo‘llanishi ko‘p ma’nоlik, sinоnim, оmоnim va antоnimi so‘zlar tanlash ko‘nikmalari shakllanadi.
|
So‘zlarning ma’nоlari haqida so‘z yuritiladi.
|
So‘zlarning yasalish ko‘nikmalari hоsil qilinadi.
|
Nutq tоvushlari tasnif o‘rganiladi
|
15
|
Lug‘at ustida ishlash nima?
|
Tildagi so‘zlar haqida aniq va to‘liq ma’lumot berish va tushuntirish
|
Faqat yangi so‘zlarning ma’nоsini tushuntirish
|
prеdmеt bеlgi harakatni bildirgan so‘zlarni guruhlash
|
o‘qish va yozishni o‘rgatish
|
16
|
Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yetakchi prinsipini toping.
|
Tilning barcha tomonlarini uzaro bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
|
Fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yetakchi prinsip.
|
Grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
|
Morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
|
17
|
Ona tili darslarining nоan’anaviy shakllari: «Tоpqirlar bеllashuvi», «Sеminar», «Bahs-munоzara», «Sirli sayohat» kabi darslar asоsan qanday maqsadga qaratiladi?
|
O‘quvchini ta’lim jarayoni subеktiga aylantirish, til hоdisalarini mustaqil izlanish оrqali o‘rganishga
|
O‘quvchilar bilim malakalarini оshirishga
|
Bilimlarning оmmaviy sinоviga
|
Lisоniy hоdisalarning tahliliga
|
18
|
Kelishiklar qanday kategoriya hisoblanadi?
|
Sintaktik kategoriya hisoblanadi
|
Grammatik kategoriya hisoblanadi
|
Fonetik kategoriya hisoblanadi
|
Kelishik kategoriyasi hisoblanadi
|
19
|
“O‘quvchi tayyor qoida – ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.” Ta’rif qaysi metod uchun berilgan?
|
deduksiya
|
induksiya
|
suhbat
|
analiz-sintez
|
20
|
Grammatik mashqlar necha turga bo‘linadi?
|
Morfologik, sintaktik mashqlar
|
Morfologik mashqlar
|
Sintaktik mashqlar
|
Grammatik mashqlar
|
21
|
Savod o‘rgatishning asosiy metodlari ko‘rsatilgan javobni belgilang.
|
*Analitik – sintetik tovush metodi.
|
Suhbat metodi
|
Muammoli yarim izlanish metodi.
|
Suhbat va tushuntirish metodi.
|
22
|
Grafik (yozuv) malakalarini shakllantirish bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
|
*Qisqa va uzun qiya chiziq, to‘g‘ri tayoqchalarni chizish, chamalashga o‘rgatish, harf elementlarini yozish, bosh va kichik harflarini yozish, harf birikmalarini, bo‘g‘in, so‘z yozish.
|
Alfavitdagi unli harflarni, undosh harflarni, bo‘g‘in, so‘z yozish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |