Fanni o’qitish metodikasi” O’quv moduli “Tasdiqlayman” Hududiy markaz direktori: A. Sh. Xolmurodov


Boshlang’ich ta’limda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda buyuk ajdodlar asarlaridan va ilg`or tajribalardan foydalanish (2 soat amaliy)



Download 0,54 Mb.
bet20/34
Sana11.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#490179
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
3.1. Fanni o\'qitish metodikasidoc

Boshlang’ich ta’limda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda buyuk ajdodlar asarlaridan va ilg`or tajribalardan foydalanish (2 soat amaliy).
Reja:

  1. Boshlang’ich ta’limda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish

  2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda buyuk ajdodlar asarlaridan va ilg‘or tajribalaridan foydalanish



Mashg‘ulot maqsadi: Boshlang’ich ta’limda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda buyuk ajdodlar asarlaridan va ilg’or tajribadan foydalanish bo’yicha innovatsion usullarni tahlil qilish bо‘yicha kо‘rsatmalar berish
Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.
Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi.
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;
Fan to’garaklari;
Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;
Sport to’garaklari
San’at yo’nalishidagi to’garaklar.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.
Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.
1.Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa, ular asosan 3 ta:
Ezgu niyat, fikr;
Ezgu so’z, xushmuomila;
Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir
Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasiining «Ta’lim to’g’risida» gi qonunida ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida sohasini ustivor deb e’lon qilinadi.
Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan shu sohada faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo’g’ini, turi va bosqichining o’ziga hos vazifalari kelib chiqadi
Ta’lim pedagoglarning faorliyatidan va o’quvchi talabalarning faoliyatidan iborat qo’shaloq jarayondir.
Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilimiy bilimlari qurollanadilar. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.
Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir.
Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg’unlash yagona jarayondir.
Unda o’qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog’i sifatida, fan sifatida shakllanadi. O’zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogik fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog’i hisoblangan pedagogikaning mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi, pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o’zida aks ettiriladi. Bunda o’tmishdagi ilg’or pedagogik g’oyalarni paydo bo’lishi, rivojlanishi ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lagn munosabat muhim rol o’ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini ko’rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So’ng asta-sekin qilayotgan ishlarning mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Bolaning xarakterini, oiladagni tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-hayosi kabi nozik tuyg’ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o’ylab ko’rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o’quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo’lish kerak. Agar bu jazo usullari o’zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma’muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak
Bugungi kunda pedagogika fani amaliyoti ham takomillashib bormoqda. Shuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi.
Boshqaruv organlari barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o’z vaqtida va ijobiy hal etishlari, barcha o’quv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofiq oshirishlarini ta’minlashlari kerak.
Ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta’lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog’liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o’rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, oliy majlis materiallarida, prezidentimiz ma’ruzalarida, maxsus qarorlarda rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda
Ta’lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika uchun asosiy yo’nalishdir. Ilmiy va pedagogikaviy amaliyoti bilan bog’lanish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limi organlari va maktabning hamma ishini O’zbekiston Respublikasi davlatining ko’rsatmasi, fan va texnika yutuqlari hamda ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etdi. Chunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo’lmasdan turib, to’la to’kis bilimga ega bo’lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas.
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o’quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak.
Maktabda bashlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga qo’yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning o’z xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarda o’z-o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir.
Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an’analari saqlanadi. Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida. Ta’lim tarbiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlami mehnatsevar bo‘lib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lashi masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari: topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda ko‘ramiz. Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Geodeziya”, “Minerologiya”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan.
O ‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda insoniyat mehnat faoliyati tarixini o‘rgatuvchi omillarga tayanib, o‘quvchilarni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O ‘quvchilami mehnat turlariga qiziqishini oshirish, kasb tanlash va o'zlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga o‘quvchilarga yoshligidan boshlab ta’lim, tarbiya berish bilan birga kasb-hunarga qiziqish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:
• boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risidagi tushunchalami singdirish;
• o‘quvchilami yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga pedagogik-psixologik yondashish;
• kasb-hunarga qiziqtirishda o‘quvchilarning yoshi va qobiliyatlarini hisobga olish;
• mahalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar o‘rnatish;
• mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;
• darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib, kasb-hunarga oid fikrlari bilan tanishtirish.
O’tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va ma’rifatparvar shoirlaming, mehnat, kasb-hunar to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarining biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Bizga ma’lumki, o‘zbek xalqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasbkorlar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o‘z ichida o‘nlab tarmoqlarga ajralgan va gullab yashnagan.
O ‘rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari bizga meros bo‘lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag‘rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunosligi bo‘yicha fikrlarning eng yirik vakili Abu Nasr Al-Forobiyning o‘z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki, u insonlarni ilm-ma’rifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chiqiradi.
Forobiy kasb-hunar va axloqiy fazilatlar muayyan harakatlami takrorlash, mashq qilish yo‘li bilan paydo bo‘lishini uqtiradi. Mutafakkir har bir kishi o‘zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so‘ng, o‘ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o‘z “kasbhunarini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq atvor fazilatlariga ega bo‘lmog‘i kerak” deb ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va kamoloti uning halol mehnat qilishida va kasbhunar o‘rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolaiga, turli asboblami yasashga bag‘ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o‘zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli ma’lumotlar bergan.
Mehnatni va kasb-hunami sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfaati uchun astoydil kurashishni Beruniyning zamondoshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy faoliyatida ham ko‘rishimiz mumkin. Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikmi olg‘a surdi. Shuning uchun ham olim odamning yashashi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini ta’kidlaydi. O ‘rta Osiyoda ko‘plab shoirlarning ustozi bo‘lgan Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va kasb-hunami egallash malakasiga bag‘ishlangan misralarini ko‘plab uchratish mumkin:
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj.
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Nosir Xisravdir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar - jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.
Kasbdan shod-u hurram yo‘q jahonda,
Hunardin yaxshidur ham yo‘q jahonda.
Butun kun rizqining bog‘boni bo‘lg‘ay,
Kishin o‘z uyining mehmoni bo‘lg‘ay.
Arzir uning bo‘lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
Yuqorida tilga olingan ulug‘ mutafakkirlaming mehnat tarbiyasi va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan, o‘z hayoti mobaynida insoniy qadrqiymatga ega bo‘lishi kerak.
Zero, mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo‘lmaydi, ya’ni mehnat qilish orqali inson o'zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyojini, ma’naviy ehtiyojini, mehnat ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma’naviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi. Xullas, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnat va kasb-hunar tarbiyasida ulug‘ mutafakkirlarimizning asarlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Mutafakkirlaming merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlaridan oqilona foydalanish o‘quvchilaming ta‘lim-tarbiyasida katta o‘rin egallaydi.
Odam hunaming yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo‘llabquvvatlashi mumkin.
Darhaqiqat, Sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta e’tibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o‘z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli-tuman hunar sohiblarining hammasiga zo‘r hafsala, qunt, e’tibor bilan maslahatlar berib, husniga rag‘bat ko‘rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiy:
“Inson bo‘lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o‘rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o‘tmaysan”- deydilar.
Shuningdek, donishmandlarimiz o‘git qilganlarki, vaqtida ilm-hunarga muhabbat qo‘ying, o‘rgatilgan pщ-salami yodingizda tuting. Hattoki, ulug‘ shayxlarimizning o‘zIari ham biror hunar egasi bo‘lganlar. Masalan Shayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo‘zlik qilgan. Shayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, Shayx Xoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo‘lganlar, boshqalami hunar o‘rganishga da’vat etganlar. Xoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar: “Dil ba yoru, dast ba kor”, ya’ni “Diling Ollohda, qo‘ling doim mehnatda bo'lsin”. Insoniyat qadr-qimmati mehnatda, bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor bo‘lmaslikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi.
O‘z mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbayi bo‘lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o‘yib yozilgan hikmatdur”, deb ta’kidlanadi.“Farzandlarga odob-hunar o‘rgatmak merosdur”, - deb nasihat qilinadi “Qobusnomada”. - “Sen odob, hunar va donishni o‘zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bolgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlaming farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar o‘rganmoq zarurdir. Hunaming nechog‘lik zarur ekanligi qator rivoyatlar, naqllar, ertak, dostonlarda ham o‘z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar, “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o‘ynaydi.Ota-bobolarimiz ham hunar o'rganishni asosiy vazifa ekanligini o‘rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir,
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Aburayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchiklab o‘rgangan va hunami yuqori baholagan. U hunarmandchilikda, mehnatda to‘liq ustozlik sa’natini egallab olish kerak, degan fikmi aytadi. Odatda, o‘sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o'rganish.
Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta-hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga ta’alluqli bo‘lmagan yumushlami ham bajarib yuraverganlar.
Nazorat savollari:
1. Kasb-hunar deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday kasb-hunar turlarini bilasiz?
3 .O‘rta Osiyolik mutafakkirlardan kimlami bilasiz?
4. Mutafakkirlarning kasb-hunar haqidagi qanday fikrlarini bilasiz?
5. Mutafakkirlar merosidan maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda qanday foydalanish mumkin.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish