Irving Fisher
(1867- 1947) pullarning miqdoriy nazariyasini
zamonaviylashtirishga katta hissa qo‘ shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning
belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi
bilan tovarlar narxlari darajasi o‘ rtasidagi bog‘ liqlikni formallashtirishga harakat
qilgan. Tovarlar uchun to‘ langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng
bo‘ lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan o‘ xshatmoqchi bo‘ ladi. Fisher formulasi
oltin tangali standart sharoitida to‘ g‘ ri bo‘ lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini
hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog‘ oz pullar muomala qiladigan
sharoitda u muayyan mazmun kasb etadii. Bunday sharoitda pul massasining o‘ zgarishi,
garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini
ma‘ lum ma‘ noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta‘ sir ko‘ rsatadi.
Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o‘ z
xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy
yo‘ qotgan jamiyatga tegishli deb biladi.Ko‘ pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash
tenglamasini bir xillik, ya‘ ni MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama
D – T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga
urinadi, ya‘ ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari
summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi
narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi.Miqdoriy
nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi mutloq kattalikni EQ
o
ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni
izohlaydi).I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular
pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar
miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog‘ liq bo‘ lmasligini asoslashga urinishgan.
Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi va hokazo) va
texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) parametrlarga bog‘ liq bo‘ ladi,
deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga
kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar
soniga bog‘ liq bo‘ lmaydi. Shubhasiz, bozor xo‘ jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda
bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadii.Qiymat konuni va uning muomala
doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud
bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi
tarakkiyot yo‘ lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu
qonunga asosan momala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul
miqdori aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda,
pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj
kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘ tishi kuzatilgan va
aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.
Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki
kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘ lishini inkor
etadii.Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘ oz xar (xazina
biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga
oshadi.Qog‘ oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘ lgan oltin pullarning
miqdoriga teng bo‘ lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz
bermaydi. Yuqorida ko‘ rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘ minlaydi, shuningdek
pul muomalasi mavjud bo‘ lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘ z kuchiga ega.Pul
muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi
tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi
.
Shunday qilib, muomala uchun zarur
bo‘ lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘ lik bo‘ lgan
turli xil omillar ta‘ sir ko‘ rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘ lgan pul miqdoriga ta‘ sir
ko‘ rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori
tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ ri proportsional, ya‘ ni tovarlar va xizmatlar
baxosining oshishi muomalaga ko‘ p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta‘ sir
qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga
teskari ta‘ sir ko‘ rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur
bo‘ lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur
bo‘ lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e‘ tibor berilishi
zarur. Muomala uchun zarur bo‘ lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste‘ mol kreditni rivojlantirish; kreditga
qanchalik ko‘ p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ ladi;
-
naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
-
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga
putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi
tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya‘ ni inflyatsiya bo‘ lishiga, yoki pul
ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va
qonuniyatlari ikki omilning o‘ zaro ta‘ siri bilan, ya‘ ni:
Xo‘ jalikning pulga bo‘ lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib
tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘ proq uchraydigan hol bu oborotda
xo‘ jalikka kerak bo‘ lganidan ko‘ proq pulning bo‘ lishidir. Bu albatta, pulning
qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |