270
xo'jalik yuritishning xalqaro tizimini shaklla-nishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning
globallashuvi hamda internat-sionallashuvi asosiy omillardan bo'lib hisoblanadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy
muno-sabatlarni
rivojlanishi bilan bevosita bogiiq. Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta
munosabatlari o'rtasida bevosita va qarama— qar-shi aloqa mavjud bo'lib, ular
xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy ka-pital va xizmatlarni ayirboshlash
jarayonida namoyon bo'ladi.
Mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarining
holati milliy va xalqaro
iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek,
boshqa qator omillar bilan baholanadi.
Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va internatsionallashuvi
sharoitida
ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bog'liq bo'lib qoladi. Jumladan,
xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti,
xorijiy kapitalning
migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar valyuta munosabatlari orqali tartibga solib
boriladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy
inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy
tasir ko'rsatadi.
Mamlakatlar
o'rtasida
xalqaro
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar-ning
rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining
shakllanishi va mazmunan
rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o'z navbatida valyuta tizimini
shakllanishiga xizmat qildi.
Valyuta tizimi-
valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga solish shakli
bo'lib, mahalliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuv asosida mustahkamlanadi.
Xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda-milliy, xalqaro va hududiy valyuta tizimlari
mavjudligi e'tirof etiladi.
Dastlab milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta tizimlari
xalqaro amaliyotdagi normalarni inobatga olgan
holda mahalliy qonunchilik
hujjatlari asosida tartibga solinadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimini
tashkil etib, erkin ravishda mamlakat hududidan o'zga hududlarda to'lov vositasini
bajarishi mumkin. Buning uchun qator omillar mavjud bo'lishi lozim. Xususan,
271
milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi taminlangan bo'lishi,
milliy valyutani sotib olish qobiliyati mustahkam bo'lishi, mamlakat jahon
xo'jaligida yuqori mavqei va reytingga ega bo'lishi kabilar shular jumlasidandir.
Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishining asosini mamla-katlarning
milliy valyuta tizimi tashkil etadi va mamlakatlar o'rtasida o'zaro
kelishuvlar
asosida mustahkamlanadi. Dastlabki xalqaro valyuta tizmining vujudga kelishi
1850 yillarga to'g'ri keladi. Xalqaro valyuta tizimining barqaror samarali amal
qilishi, uning tegishli tamoyillariga rioya etilishi, mamlakatlar o'rtasida
siyosiy
iqtisodiy barqarorlik ta'minlanishini talab etadi, aks holda xalqaro valyuta tizimi
vaqti-vaqti bilan inqirozga uchraydi, buning natijasida
amaldagi valyuta tizimi
barham topib, uning o'rniga yangisi tashkil topadi.
Milliy va xalqaro valyuta tizimining amal qilishi, ularning elementlarida
namoyon bo'ladi.
Milliy valyuta tizimining asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: