Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi - xuquqiy 
jixatdan mustakil subekt bo’ lishi kerak Mustaqil subekt sifatida xar ikkala tomon bir-
biri bilan o’ za’ ro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy 
jihatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini xisobga olgan 
xolda mustakil xuquqiy sub’ ekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari 
kerak 
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan 
taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar avvalambor, ob’ ektiv 
jarayonlar, o’ za’ ro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’ liq. 
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’ larini qarzga berish bo’ yicha, qarz 
oluvchi tomonidan esa shu mablag’ larni olish bo’ yicha qizikish tug’ ilgan 
taqdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga keladi. 
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining 
yo’ nalishiga bog’ lik tomonlar manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi 
tuzilishini ta’ minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat 
vaqt va fazo jixatdan, shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muxim sifatlari kredit 
munosabatlari sodir bo’ lishining asosiy sababi bo’ laolmaydi. Kredit vujudga kelishi 
uchun, yuqorida aytilgandek aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va 
shunga o’ xshash boshqa aniq sharoitlar bo’ lishi
zarur. Faqatgina ana shu ta’ sir 
etuvchi omillar bo’ lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi. 
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kredit jarayoni asosiy o’ rinni egallaydi. U 
quyidagi bosqichlarni o’ z ichiga oladi: 
• kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko’ rib chiqish; 
• qarz oluvchining to’ lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o’ rganib 
chiqilishi; 


157 
• kredit qo’ mitasining qarori; 
• kredit bitimini rasmiylashtirish; 
• kredit berilishi; 
• ssuda va u bo’ yicha foiz tulashni bank tomonidan nazorat qilinishi. 
Kredit asosan ishlab chiqarish, hizmat ko’ rsatish, savdo va boshqa iqtisodiy munosaatlarni 
rag’ batlantiradi. Chunki kreditning iqtisodiy asosi faqat tomonlarni manfatiga xizmat 
qiladi. Shuning uchun kredit operatsiyalari nafaqat tomonlarni balki xam mikro ham makro 
darajadagi ahamiyati tomonlari ham beqiyos. Bu mamlakatning yalpi ichki maxsulotini 
o’ sishiga va nihoyat mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy o’ sishiga olib boradi. Mazkur 
o’ sishga kreditning ta’ siri ahamiyatli xisoblanib, bunda uning xarakterli tomonlarini 
ochib berish maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat: 
-kredit chetda turib qolgan bo’ sh pul mablag’ larini xarakatga keltiradi: 
-kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy pul mablag’ lari bilan 
ta’ minlaydi: 
-kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag’ batlantirib boradi. 
Kredit va uni to’ lash jarayoni kredit shartnomasida ko’ rsatilgan bo’ lib, kredit va qarz 
oluvchi o’ rtasidagi majburiyat va xuquqlarni belgilab beradi. Unda kreditning maqsadi va 
ob’ ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to’ lash muddati, kredit ta’ minotining 
turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko’ rsatiladi. Ssuda to’ lashni nazorat qilish 
bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat 
darajasi aniqlanadi. Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit 
portfelida o’ z ifodasini topadi. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy 
o’ rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat 
banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba’ zi xollarda qayta 
moliyalashtirish va o’ z mablag’ lari xisobidan beriladigan kreditlar bugungi kunda tijorat 
banklari kredit portfelining ma’ lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi. 
Ajratilgan kreditlar bo’ yicha extimoliy yo’ qotishlarning oldini olish maqsadida, 
tijorat bankining kredit portfeli doimiy ravishda tasniflanib boradi. Kreditlarni o’ z 
navbatida 5 ta turga , ya’ ni yaxshi, standart, substandart, shubxali va umidsiz kredit 
turlariga tasniflash mumkin. Shubxali va umidsiz kredit deb tasniflangan kreditlar 


158 
muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat banklari faoliyatiga salbiy 
ta’ sir ko’ rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit berish o’ rniga kreditlarning o’ z 
muddatida qaytaruvchanligini ta’ minlashdangina iborat bo’ lib qolmoqda. Chunki, 
muammoli kreditlar tijorat bankining foyda olib keladigan aktivlarini kamaytiradi, bu 
esa o’ z navbatida, bankning istiqbol rejasi ko’ rsatkichlariga erisha olmasligidan 
dalolat beradi. 
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning chiqargan qarorlariga asosan
ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va 
bankning o’ z mablag’ lari xisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli 
bo’ lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning faoliyatida 
ko’ proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’ sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining 
asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yunaltirilgan bo’ lganligi
uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog’ i xam yuqori bo’ ladi. 
Ssuda kapitali kapital bozorida muhim o’ rin tutib milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini 
qondiradi.Ssuda kapitalining o’ ziga xos xususiyatlari, uning kreditordan qarz 
oluvchiga bo’ lgan harakatida va aksincha bo’ lgan jarayonida ko’ proq ko’ rinadi. Bu 
xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish