Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish”



Download 41,75 Kb.
bet1/3
Sana25.09.2021
Hajmi41,75 Kb.
#184449
  1   2   3
Bog'liq
Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etiKERAK


O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi

Navoiy viloyati Navbahor tumani XTMFMTTEBga

qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Yuldashova Nigoraning

Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish”

mavzusida tayyorlagan metodik tavsiyasi





Mavzu: Fanlarni o’qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish.

Reja:


  1. O’quv jarayonini boshqarishda interfaol uslublar va yangi pedogogik texnologiyalarning ahamiyati.

  2. Sog’lom avlod ma’naviyatini kamol toptirishda ona tili va adabiyot fanlarining o’rni.

  3. Yangi texnologiya asosida dars o’tish jarayonida o’quvchilarda milliy o’zlikni anglash hissini tarbiyalash.

Har qaysi inson buyuk kuch sohibidir.

Faqat uni uyg’ota bilish kerak.

(I.Karimov)

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni va “Kadrlash tayyorlash Milliy dasturi” butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish tamoyillari va strategik yo’nalishlarini belgilab berar ekan, asosiy islohot jarayonlarida muhim tamoyillaridan biri sifatida e’tirof etilgan tomonga e’tiborimizni qaratsak: Ta’limni demokratlashtirish – o’quv yurtlariga ta’lim-tarbiya metodlarini tanlashda erkinlik berish, shaxs manfaatlari ustivor bo’lgan ta’limni boshqarishning ijtimoiy-davlat tizimiga o’tishi, shuningdek, ta’lim bosqichlarining o’zaro bog’liqligi va izchilligi, shaxsning talab va qobiliyatlariga mos ta’lim shakllari, ta’lim-tarbiya jarayonini differentsiyatsiyalashtirish va individuallashtirish kabi jihatkarni nazarda tutadi. Demak, o’z – o’zidan ko’rinib turibdiki, bugungi ta’lim tizimini isloh etishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik texnologiya o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriyadir.

Interfaol degani bu – o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samadorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish, ko’nikmasini shakllantirish demakdir. Bu usulda o’quvchi o’zifaol ishtirok etgan holda , yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javobtopishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzu o’zlashtirishda tanqidiy tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat fasilitator (yo’l yoriq ko’rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.

Ilg’or pedagogik texnologiyalarning juda ko’p usullari mavjud. Bu usullardan o’quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. V-VI-VII sinflarda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “B.B.B usuli”, “Menga oxirgi so’zni bering”, “Test usullaridan” foydalanish yuqori samara beradi. Yuqori sinflarda ushbu usullar bilan birga “Tanqidiy tafakkur”, “debatlar”,”Nuqtai nazar bo’lsin”, “Har kim har kimga o’rgatadi”,” Kubiklar”, “Insert” usullaridan o’rinli foydalanish dars sifatining yuqori bo’lishi bilan birga, o’quvchilarning shaxs sifatida shakllanishida, har qanday sharoitda ham o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan, erkin fikrlovchi inson bo’lishda katta yordam beradi.

II. Zamonaviy ta’lim tizimida bugungi kunda yangi qo’llanilayotgan pedagogic texnologiyalar to’g’risida t’xtalib o’tadigan bo’lsak, bugun ularga biz “Tanqidiy fikr”, “Debatlar”, “Masofadanboshqarib o’qitish, dars jarayonida axborot va kommunikatsion texnologiyalarni qo’llash kabi bir necha usullarni kiritish mumkin. Bu usullarning barchasi hozirgi ta’lim jarayonida interfaol metodlar deb nom olgan. Bu metodlarga ko’ra o’qituvchi o’quvchiga

1. “chaqiriq” yuboradi, yani savollar, replika tashlanadi;

2. tashlangan savol va replika jarayoni o’quvchi tomonidan fikrda qayta ishlanadi ;

3.mushohada va mulohazalar bildiriladi. Asosiy jihat o’quvchini ko’proq ishlashga qaratiladi.

O’zbek xalqining boy ma’naviy merosi tarixi uzoq asrlarga borib taqalib, bizning davrimizgacha qancha doonlar, to’siqlardan o’tib, bo’ronlarga dosh berib keldi. Har qanday davr, har qanday sharoitda ham xalqimiz tarixiy va madaniy merosini, milliy o’ziga xosligini sabot bilan saqlab qola oldi.

Istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan eng katta ma’naviy yutug’imiz bu–o’zligimizni anglab olganimiz,tilimiz, dinimiz, mafkuramiz, milliy qadriyatlarga munosabatimizning yangilanganligi bo’ldi.

Holbuki, 74 yil davomida ma’naviy qashshoqlasha boshlagan, faqat buyruq mahtal, yuqorining ko’rsatmasi, chizgan chizig’idan chiqa olmaydigan, “qosh

qo’y desa ko’z chiqaradigan” butun boshli avlodning shakllanganligi hech kimga sir emas.

Hatto milliy adabiyotimiz ham o’zimizga buyurmadi. Sotsialistik realism atalmish soxta ijodiy metodning markazdan turib buyruq berishi natijasida badiiy asarlar ham buyurtma bilan yaratilgan asarlarga maxsus tavsiyanomalar orqali mavzu tanlandi.

Vaholanki, Abdulla Qahho aytganidek: “Adabiyot ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’usiz, ilxomsiz yozilgan asarlar changlanmagan gulag o’xshaydi – meva tugmaydi”.

Prezidentimiz I.A. Karimov ham “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” nomli asarida: “ Biron – bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaymiz”, - deb buyuk so’z san’atkorining fikriga hamohang mazmunni, chuqur falsafiy fikrni aytgan edilar. Chunki yuksak istiqbolli davlatni yuksak ma’naviyatli avlod - zamonamiz yoshlari yarata oladilar. Ma’naviy barkamol avlod tarbiyasini esa adabiyotsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Ba’zan qishloq maktabi haqida gap ketganda o’quvchilarning badiiy asarlarni yetarlicha o’qimasliklari, shu tufayli paydo bo’layotgan muammolar, yechimini topishi kerak bo’lgan ko’plab masalalar borligi haqida fikrlar bildiriladi, bahslar kelib chiqadi. To’g’ri, qishloq maktabi kutubxonalarida kitoblar zahirasi kam, yangi adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirish imkoniyati yo’q, bori ham hiyla eskirgan, ayrimlari foydalanishga yaroqsiz ahvoldaligi hech kimga sir emas. Lekin bu biz – qishloq muallimlari zimmasidan sog’lom avlodga yuksak ma’naviyat tarbiya berish majburiyatini soqit qila olmaydi.

Men darslarimda quyidagi usullardan foydalanaman:

Kashfiyor usuli.”

Bu usulni ko’pincha adabiyot darslarida qo’llash mumkin. Bu usulda o’quvchilar tomonidan yozuvchi yoki shoirning yangi qirralari kashf qilinadi.

8-sinfda men iste’dodli shoirimiz Muhammad Yusufning hayoti va ijodini “Kashfiyot usuli”da quyidagicha talqin etdim:

Dars rejasi


  1. Xalq ardoqlagan shoir.

  2. Rimni alishmasman bedapoyangga.(Shoir qalamida Vatan madhi)

  3. Savol bizdan – javob sizdan (Shoir ijodi yuzasidan tezkor savollar).

  4. Qo’shiqlarga jo bo’lgan hayot.

  5. Yulduzlar mangu yonadi.

Matbuot anjumani usuli”.

Ushbu usulni men 7-sinflardagi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi mavzusida qo’lladim.

Dars rejasi


  1. Adabiyot adab demakdir.

  2. Muharrirlar savol beganda.

  3. Zukkolar bellashganda.

  • Bilimlarni sinaganda test

  • Men kichik journalist.

  • Atamalar o’yini.

  • Davom ettir o’yini.

  • O’yla, izla, top!

  1. Yozuvchi izdoshlari.

Birinchi rejada adabiyotni odob-axloq haqidagi fan ekanligi o’quvchilar tomonidan aytiladi. Ikkinchi rejada o’quvchilar yani gazeta muharrirlario’tilayotgan mavzuni qamrab olgan savollarni Guruh a’zolariga beradi. Uchinchi rejada “Suxandon” va “Jurnalist” guruhlari o’zaro bellashadi. To’rtinchi rejada yozuvchi izdoshlari bo’lgan o’quvchilar o’zlari yozgan hikoyalar yuzasidan bahs munozara yuritadi.

Tanqidiy tafakkur” uslubi.



  1. Aniq – raso belgilab qo’yilgan vaqtda o’quvchilar ko’rsatilgan topshiriq yoki chalkash masaladagi rollarni ijro etishlari lozim.

  2. Rol o’ynalishi natijalariga ko’ra o’yin muhokamasi va baholanishi amalga oshiriladi. Ishtirokchilar kuzatuvchilar o’yin paytida sodir bo’lganlarni tahlil qilib chiqish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

Bunda quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Rolli o’yin o’tkazilayotganda qanday natijalarga erishildi?

  • Qaysi muammo tilga olindi, u o’z yechimini topdimi?

  • Bordi-yu o’yin shartlari o’zgartirilsa, natijalar qanday bo’lardi?

Rolli o’yinda” uslubi.

  1. “Rolli o’yin”ni o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq-raso rioya etilishi lozim.

  2. Rolli o’yinda ishtirok etayotgan o’quvchilar kuzatuvchilar sifatida ishga solinishi yoki yordamchi rollarni (masalan, bayonnoma yozib boruvchi) ijro etishi lozim.

  3. O’yin muhokamasi paytida o’quvchilar aytgan fikrlar boshqa nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilar tomonidan nazarda turilgan reglament doirasida asosli tanqidga yoki muhokamaga tortilishi mumkin.

  4. Zarur bo’lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki, bu narsa g’oya yoki fikrga aniq raso va qisqacha ifodalash imkonini beradi.


Download 41,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish