Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Reduktor, burchak tezlik, ishchi mashina, korpus, quvvat, bir va ikki hamda ko’p pog’onali, nosimmetrik, qo’sh pog’ona, o’qdosh reduktor, kombinatsiyalashgan, val tayanchi. Botirish, sachratish, konsistent, moy vannasi.
Nazorat savollari:
Qanday belgilariga ko’ra reduktorlar sinflarga ajratiladi?
Reduktorda moy satxi oshib ketsa, qanday xolat kuzatiladi?
Chervyakli uzatmaning haddan tashqari qizib ketishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Reduktorni sun’iy sovutish qachon va qanday amalga oshiriladi?
Test:
Bir pog’onali chervyakli reduktorda uzatishlar soni nimaga teng? a)u= 6
b)u=46 v)u=86 g)u=80
Mavzu: Muftalar
Maqsad: Talabalarni muftalarning vazifasi, turlari va ishlatilish soxa lari bilan tanishitirish.
Metodik ta’minot
Adabiyotlar :
I.Sulaymonov. “Mashina detallari” T.1981 yil. 275 - 278 betlar.
J.Botirmuxamedov. ” Mashina detallari yuk ko’tarish mexanizmi” T.1995 y.90-95 betlar.
Tojiboev va boshqalar «Mashina detallarini loyixalash” 132 - 135bet.
Plakatlar, sxemalar, maket, muftalar.
Reja:
Muftalarning vazifasi va turlari.
Muftalar orqali vallarni biriktirish yo’llari.
Kulachokli muftalar.
Friktsion muftalar.
Muftalar:
Muftalar asosan vallarni biriktirish uchun xizmat qiladi, ba’zi xollarda muftalar sterjen’ va boshqa detallarni biriktirish uchun ham ishlatiladi.
Muftalarning ko’pchiligi dvigatel’ (elektr dvigatellari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va xokozolar) vallarning dvigatelidan chiqarish uchlari bilan, mexanizm va mashina vallarining uchlariga o’rnatilib, ularni o’zaro biriktirish hamda burovchi moment uzatish uchun xizmat qiladi.
Muftalar yordamida ayrim qismlardan, masalan, ko’prik kranning yurgizuvchi mexanizmi uchun tranmissiyalar tuziladi.
Ba’zi xollard, muftalar uzatilayotgan burovchi momentni tiklash uchun mashinalarning uzatmalariga o’rnatiladi; bunday muftalar saqlagich muftalar deb ataladi.
Muftalarning shunday konstruktsiyalari ham borki, ular vallarni bir-biriga biriktiribgina qolmay, harakatni ham rostlaydi. Mashinani ravon yurgizib yuboradigan muftalar, faqat bir yo’nalishda harakat uzatadigan muftalar shular jumlasidandir.
Vallarni biriktirish harakteriga ko’ra , muftalar quyidagi turlarga bo’linishi mumkin:
Bir valning ikkinchi valga nisbatan o’q bo’ylab va radial yo’nalishda burilishiga yoki siljishiga yo’l qo’ymaydigan bikr va qo’zg’almas muftalar.
Muftalardan oraliq detallarning elastik deformatsiyalanishi hisobiga yoki muftaning tishlashuvchi elementlari (tishlar, klachoklar va boshqalar) ning bir-biriga nisbatan erkin ko’chishi hisobiga, vallarning radial va o’q bo’ylab nisbiy siljishiga imkon beradigan elastik va qo’zg’aluvchan muftalar.
Yurgizishda yoki mufta uzatayotgan nominal burovchi moment oshib ketganida, ishqalanuvchi tutash mufta (nemischadan olingan bo’lib – Muffe ) val, truba, arqon, kabel’ va boshqalarga biriktiriladigan qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |