Kirish.
Zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida umummuxandislik fanlari orasida «Mashina detallari” fani alohida o’rin tutadi.
Bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar majmui bo’lib, ma’lum ish bajarish uchun mo’ljallangan vosita mashina deb ataladi.
Lug’aviy lotincha mashina - machina – aynan qurilish – energiya, materiallar va axborotni o’zgartirishda harakat bajaruvchi mexanik qurilma.
Mashinalar vazifasiga ko’ra quyidagi turlari mavjud:
Energiyani o’zgatiruvchi energetik mashinalar;
ichki yonuv dvigatellari;
turbinalar;
V) bug’ mashinalari va boshqalar
Ish mashinalar:
metall qirqish stanoklari;
qurilish mashinalari;
V) konchilik mashinalari;
G) qishloq xo’jalik mashinalari;
D) to’qimachilik mashinalar.
Transport mashinalari:
avtomobillar;
teplovozlar;
V) samolyotlar;
G) teploxodlar;
Yuk tashuvchi mashinalar:
konveyerlar;
elevatorlar;
V) ko’tarish kranlari;
ko’targichlar.
Har bir mashina uch gruppa mexanizmdan tuzilgan:
Harakatlantiruvchi;
Ijro etuvchi;
Uzatuvchi.
Mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va bo’laklarga ajralmaydigan eng kichik qismi detal’ deb ataladi. (Masalan: gayka, bolt, shponka, prujina va x.k.)
Mashinaning ma’lum bir vazifasini bajarishga mo’ljallangan va bir necha detallardan tuzilgan qismi uzel deyiladi. (masalan: reduktor, mufta, podshipnik va x.k.).
Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo’lar ekan.
Juda ko’p shunday detallar va uzellar bo’ladiki, ular deyarli hamma turdagi mashinalarda ishlatiladi. Bular jumlasiga : tishli g’ildiraklar, vallar, muftalar va
boshqalar kiradi. Ana shu detallar va uzellarning tuzilishi hamda ularni loyihalash usullari mashina detallari fanida o’rganiladi.
Mashina detallari fani nazariy mexanika M.M.N. materiallar qarshiligi, metallar texnologiyasi va chizmachilik fanlarga asoslanadi.
Odamlar o’z mehnatlarini engillashtirish maqsadida doimo izlanishda bo’lishgan.
Dastlab, richag va ponadan foydalanilgan bo’lsa, 25000 yillardan ortiq vaqtdan oldin kamondan o’q (strela) otish uchun prujinadan foydalanilgan.
Buyuk olim Aflotun (Yangi eradan 3,5 asr ilgari) Leonardo-da Vinchi (1452-1519) o’z asrlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma va turli mashinalar xaqida ba’zi ma’lumotlar yoritilgan bo’lsalarda , mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga faqat X1X asrda asos solindi.
Eramizdan 3,5 asr oldin yashab ijod qilgan qadimgi grek filasoflari Platonninng «Gosudarstvo” Aristotetelning “Mexanicheskie problemi” asarlarida tishli uzatmalar, krivoship, kotok va xokozolar ishlatilishi haqida xabarlar uchraydi.
Arximed (287-212 yil eramizdan oldingi) suvni ko’taruvchi mashinadan foydalangan.
1100 yil monax Teofila Pribiterning maxovikdan foydalanganligi haqida ham habarlar mavjud.
U111 asrga kelib bug’ mashinalar yaratilishi va 1X asrga kelib paravozning yaratilishi bilan parchin mixli birikmalardan foydalanila boshlandi.
O’tgan asrning 70 yillarida velosipedning yaratilish bilan dumulash podshipniklaridan keng foydalanila boshlandi.
K.D.Frolov birinchi bo’lib chugundan tayyorlangan rel’sdan foydalanishni taklif etdi.
Rossiya mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim professor I.A.Vishnegradskiydir.
“Mashina detallari” deb atalgan birinchi kitobni professor V.A.Kiripichev 1881 yilda Peterberg shahrida kashf ettirdi.
Fanni rivojlantirishda olimlardan P.K.Xudyakov, A.I.Sidorov, M.A.Saverin, N.B.Kudryavtsev, L.D.Chasovnikov, D.N.Remetov, M.N,Ivanov, K.Bax, F.Retshed, O.Reynol’ds, A.Zemmerfel’d, V.A’yus, E.Bekingem, D.Shigley va boshqa olimlarning asarlari diqqatga sazovordir.
Loyihalanadigan detalga qo’yiladigan asosiy talablar:
Detal ma’lum vaqt davomida o’z mustaxkamligini to’la saqlashi kerak;
Ortiqcha ta’mirlashni talab qilmasligi kerak;
To’g’ri ishlashi kerak;
Mashinadan foydalanishda inson uchun xavf tug’dirmaydigan bo’lishi kerak;
Tayyorlanishi texnologik nuqtai nazardan qulay va tejamli, ya’ni mustaxkamligini saqlagan xolda o’lchamlari kichik, imkoni boricha engil bo’lishi va arzon tushish lozim.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, xar bir konstruktor loyixalagan maxsulot yuqori sifatli bo’lishi uchun u yuqorida bayon etilgan barcha talablarni xisobga olmog’i zarur.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Mashina detallari, mashinasozlik, mashina, mexanizm, detal’, gayka, bol’t, prujina, uzel, reduktor, mufta, nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, metallar texnologiyasi, val, tishli g’ildirak.
Nazorat savollari:
Mashina detallari fani nimani o’rganadi?
Mashina detallari fani qanday fanlarga asoslanadi?
Mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga nechanchi asrda asos solindi?
detalning konstruktsiyasiga nisbatan qanday talablar qo’yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |