Fanlartizimida kasbiy psixologiya. 1. Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti quyidagi qoidalarning qaysi birida to`g‘ri aks ettirilgan? A) psixologiya kishining ongini o`rganuvchi fandir
B) psixologiya ruh, jon haqidagi fandir
C) psixologiya psixik faktlarni, ularning qonuniyatlarini, mexanizmlarni
o`rganuvchi fandir
D) psixologiya kishining hatti-harakati, xulq avtorini o`rganuvchi fandir
2. Affekt psixik hodisalarning qaysi guruhi (turkumi) ga kiradi? A) psixik holatlarga
B) psixik jarayonlarga
C) psixik xususiyatlarga
D) parapsixologik hodisalarga
3. Kuzatish metodining turlari: ob`ektiv (tashqi) , ... (introspektsiya) . A) laboratoriya sharoitida
B) o`z-o`zini kuzatish
C) dars davomida kuzatish
D) eksperiment
4. Savollar va ularning javob variantlari berilgan anketalar qanday tipdagi anketalar deyiladi? A) ochiq tipdagi
B) yarim ochiq
C) yopik tipdagi
D) test tipidagi
5. Psixologik tadqiqotlar quyidagi bosqichlarda o`tkaziladi: tayyorgarlik bosqichi, empirik bosqich (tadqiqot o`tkazish) , olingan natijalarni qayta ishlash, ... bosqichi. Tushirib qoldirilganini toping. A) interpretatsiya
B) korrelyatsiya
C) generatsiya
D) appertseptsiya
6. Ayrim narsalar va hodisalar orasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishiga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan hayvonlarga xos hattiharakat shakllari? A) instinktlar
B) ko`nikmalar
C) reflekslar
D) aqliy hatti-harakatlar
7. Tropizmlarning turlari: fototropizm, ... , xemotropizm, termotropizm. Tushirib qoldirilgan to`rini ko`rsating. A) biotropizm
B) topotropizm
C) taksis
D) psixotropizm
8. Kishining ijtimoiy ongli faoliyat egasi ekanligi ifodalovchi tushuncha? A) individ
B) individuallik
C) shaxs
D) inson
9.SHaxsning psixik to`zilishini ongsizlik ("U") , ong ("Men") va oliy ong (Oliy "Men") sohalariga bo`lib o`rgangan psixolog? A) Petrovskiy A.V.
B) Freyd Z.
C) Levin K.
D) Platonov K.K.
10. Maqsadga muvofik harakatlarning amalga oshirilishi va boshqarilishining qisman avtomatlashuvi ? A) ko`nikma
B) malaka
C) odat
D) faoliyat
11. Ma`lum faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan psixik yoki amaliy ish-harakatlar tizimini egallash? A) ko`nikma
B) malaka
C) odat
D) faoliyat
12. Faoliyat asosini tashkil qiluvchi, xatti-harakatga undovchi kuch? A) maqsad
B) harakat
C) motiv
D) amal
13. Rivojlanganlik darajasiga ko`ra guruhlar quyidagi turlarga bo`linadi: A) referent
B) shartli
C) kichik
D) korporatsiya
14. Biror bir shartli belgi asosida birlashtirilgan, a`zolari turli davr va vaqtda mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan guruh? A) kichik guruh
B) shartli guruh
C) real guruh
D) referent guruh
15.Kishilarning tasodifiy birlashmasi, tarqoq guruh ? A) korporatsiya
B) jamoa
C) diffo`z guruh
D) antisotsial assotsiatsiya
16. Ongimizga bevosta ta`sir etib turgan narsa va hodisalarning alohida xususiyatlarini aks ettiruvchi psixik jarayon? A) sezgi
B) idrok
C) xotira
D) tafakkur
17. Tashqi ko`zgatuvchilar ta`sirida sezgi organlarining sezgirligining o`zgarishi (oshishi, kamayishi yoki butunlay yo`qolishi) hodisasi? A) sensibilizatsiya
B) adaptatsiya
C) appertseptsiya
D) sinesteziya
18. Ongimizga bevosta ta`sir etib turgan narsa va hodisalarni, ularning xususiyatlarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi psixik jarayon? A) sezgi
B) idrok
C) xotira
D) tafakkur
19. Harakatlar yoki harakatlar tizimini esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish? A) harakat xotirasi
B) so`z-mantiq xotirasi
C) eydetik xotira
D) obrazli xotira
20. Idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash? A) harakat xotirasi
B) so`z-mantiq xotirasi
C) eydetik xotira
D) obrazli xotira
21. Predmet, narsa, hodisalar va ularning xossalari orasidagi bog‘lanishlarni umumlashtirib, vositali aks ettirish ? A) sezgi
B) idrok
C) tafakkur
D) xotira
22. Ikki yoki undan ortiq hukm asosida yangi hukm keltirib chiqarish? A) tushuncha
B) hukm
C) xulosa chiqarish
D) sintez
23. Nutqning turlari: tashqi, ichki, dialogik, ... . A) yozma
B) monologik
C) og‘zaki
D) ichki
24. Psixik faoliyatning shaxs uchun ahamiyatga ega bo`lgan ob`ektga yo`naltirilishi? A) diqqat
B) xotira
C) tafakkur
D) xayo`l
25. Diqqatning bir vaqtning o`zida ikki yoki undan ortiq faoliyat ob`ektiga yo`naltirilishi? A) diqqatning ko`chishi
B) diqqatning chalg‘ishi
C) diqqatning bulinishi
D) diqqatning taqsimlanishi