8. TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI. (foizga asoslanib formula topish).
1. Vodorod, azot va kislorodning moddadagi massa ulushlari tegishlicha 6,25; 43,75 va 50% ga teng. Shu moddaning eng oddiy formulasini aniqlang.
A) nitrit kislota; B) azot (IV) oksidning monogidrati;
C) nitrat kislota; D) ammoniy nitrit.
2. Kumushning massa ulushi 87% bo’lsa, alyuminiy bilan kumush birikmasining formulasini aniqlang.
A) Ag4Al2 B) AgAl2 C) Ag5Al3 D) Ag3Al2
3. Jez tarkibida 60% Cu, 40% Zn bo’lsa, uning formulasini toping.
A) Cu2Zn B) Cu3Zn2 C) CuZn D) Cu2Zn3
4. Qalay xlorid tarkibida 37,4% xlor bo’lsa, qalay xloridning formulasini aniqlang.
A) SnCl4 B) SnCl C) SnCl2 D) SnCl5
5. Qalay bilan natriy birikmasida 20,5% natriy bo’lsa, birikmaning formulasini aniqlang.
A) Na2Sn B) Na2Sn3 C) Na4Sn3 D) Na4Sn2
6. Fosforning ftorli birikmasi tarkibidagi ftorning massa ulushi 0,65 bo’lsa, modda formulasini toping.
A) PF5 B) PF3 C) H[PF6] D) H[PF4]
7. Tarkibida marganesning massa ulushi 49%, kislorodniki 51% bo’lgan oksid formulasini ko’rsating.
A) Mn2O3 B) Mn2O7 C) MnO D) MnO3
8. Azot oksidlaridan birida azot bilan kis-lorodning massa ulushlari 7:20 nisbatda bo’ladi. Shu oksidning formulasini chiqaring.
A) N2O B) N2O5 C) N2O3 D) N2O4
9. Xlor oksidlaridan birida kislorodning 112 og’irlik qismiga xlorning 71 og’irlik qismi to’g’ri keladi. Xlorning atom massasi 35,5 ga teng bo’lsa, bu birikmaning formulasi va undagi xlorning valentligi qanday?
1) Cl2O; 1 ; 2) Cl2O3; 3 ; 3) Cl2O5; 5
4) Cl2O7; 7 ; 5) ClO2; 4
A) 5 B) 1 C) 2 D) 4
10. Tarkibida azotning massa ulushi 63,63%, kislorodniki esa 36,37% bo’lgan azot oksidining formulasini ko’rsating.
1) N2O 2) N2O3 3) N2O5 4) NO
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3
11. Modda tarkibida massa ulushlari 1,90% vodorod, 67,62% xlor va 30,48% kislorod bo’lsa, modda formulasini toping.
A) HCIO4 B) HCIO C) HCIO3 D) HCIO2
12. G’o’za bargini to’kish uchun ishla-tiladigan kalsiy sianamid tarkibida 50% kalsiy, 15% uglerod va 35% azot borligi ma’lum. Birikmaning formulasini toping.
A) CaCN2 B) Ca2CN C) Ca(CN)2 D) Ca3(CN)2
13. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha:
H -1,59%, N -22,22%, O -76,19%. Shu birikmaning formulasini aniqlang.
A) nitrit kislota B) nitrat kislota
C) ammoniy nitrit D) ammoniy gidroksid
14. Tarkibida massa ulushi 31,84% bo’lgan bir valentli metall, 39,18% kislorod va qolgani xlordan iborat bo’lgan moddaning formulasini toping.
A) LiCIO3 B) KCIO3 C) NaCIO2 D) Ba(CIO4)2
15. Tarkibi 43,39% natriy, 11,33% uglerod va 45,28% kisloroddan iborat bo’lgan moddadagi atomlar nisbati qanday bo’ladi?
A) 2:1:3 B) 1:1:3 C) 2:1:2 D) 1:2:3
16. Tarkibi 94,12% kislorod va 5,88% vodoroddan iborat bo’lgan moddaning kimyoviy formulasi bilan tarkibi 88,9% kislorod va 11,1% vodoroddan iborat bo’lgan moddaning kimyoviy formulasi qanday farq qiladi?
A) 1 ta vodorod atomiga; B) 2 ta vodorod atomiga;
C) 1 ta kislorod atomiga;
D) 1 ta vodorod va 1 ta kislorod atomiga.
17. Tarkibi 92,3% uglerod va 7,7% vodoroddan iborat bo’lgan gaz moddaning 1 litri (n.sh.da) 1,16 g keladi. Gazning haqiqiy formulasini toping.
A) C2H4 B) C2H2 C) C3H6 D) C2H6
18. Azot oksidlaridan birining tarkibida 30,4% azot bor. Shu oksid nomini aniqlang. [Ar(N)=14]
A) azot (IV) oksid; B) azot (II) oksid;
C) azot (V) oksid; D) azot (I) oksid.
19. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha;
H-2,13%; N-29,78%; O-68,1%. Shu birikmaning formulasini aniqlang.
A) nitrit kislota; B) nitrat kislota;
C) ammoniy nitrit; D) ammoniy gidroksid.
20. Metallning galogenli birikmasi tarkibida 48,72% galogen, uning oksidi tarkibida 28,57% kislorod bor. Galogenni aniqlang.
A) ftor; B) xlor; C) yod; D) brom.
21. Xlor oksidlaridan birida kislorodning 112 og’irlik qismiga xlorning 71 og’irlik qismi to’g’ri keladi. Xlorning atom massasi 35,5 ga teng bo’lsa, bu birikmaning formulasi va undagi xlorning valentligi qanday bo’ladi?
A) CI2O3, III; B) CI2O7, VII;
C) CIO2, IV; D) CI2O5, V
22. Fosforning ftorli birikmasi tarkibidagi ftorning massa ulushi 0,78 bo’lgandagi modda formulasini.
A) H[PF6]; B) P2F10; C) PF5; D) H[PF4].
23. Beshinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 3,85% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping.
A) 78 B) 54 C) 75 D) 124
24. Vodorodli birikmasining formulasi HE bo’lgan elementning yuqori oksidi tarkibida 61,2% kislorod bor. Bu qaysi element?
A) xlor; B) astat; C) ftor; D) yod.
Do'stlaringiz bilan baham: |