Ishlab chiqarish jarayoni deganda, mehnat va tibiiy jarayonlarning mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar va h.k.) bilan chambarchas bogliq holda amal qilishi natijasida xom ashyodan malum bir
turdagi tayyor mahsulotning yaratilishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayonida xodimlar mehnat qurollaridan foydalanganlari holda xom ashyoga, materiallarga, yarimfabrikatlarga va h.k.larga tasir korsatadilar, oldindan oylab, ularni ozgartiradilar va tegishli mehnat mahsuliga aylantiradilar. Bu jarayonda mehnat predmeti bir qancha bosqichlarni bosib otadi. Ularning har biri ishlab chiqarish jarayonining bir qismini ifoda etadi. Mehnat predmetini ozgartirishning butun bir jarayoni singari, ayrim juziy jarayonlar ham mehnat predmetini ozgartiradi, bu odatda, texnologik jarayon deb ataladi. U ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayondan tashqari, transport va tekshirish (nazorat) jarayonlari ham boladi.
Transport jarayoni tayyor mahsulotlarni, mehnat qurollarini, xom ashyolarni ortish, tashish va tushirishdan iborat.
Tekshirish(nazorat) jarayoni ishlab chiqarish elementlarini, xom ashyolarni va pirovard mahsulot sifatini tekshirish hamda maxsus joylarda sinab korishdan iborat.
Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bir-birlaridan tayyorlab chiqariladigan mahsulotlarining xarakteri, ishlatiladigan xom ashyolari va mahsulot tayyorlash (xizmat korsatish) texnikaviy usullari va shu bilan birga, tashkil qilish shakllari jihatidan far= qiladi.
Mehnatni normalash uchun ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradigan mehnatning xarakteri asosiy rol oynaydi. Bu jihatdan ishlab chiqarish jarayonlari: qolda bajariladigan
mehnat jarayoniga, qolda bajariladigan mexanizatsiyalashgan jarayoniga, mashina aralash qol mehnati jarayoniga, mashinalashgan jarayonga, avtomatlashtirilgan va apparaturali jarayonlarga bolinadi.
+olda bajariladigan mehnat jarayoni deganda, ayrim yoki bir guruh (brigada) ishchilarning bevosita odam azolari yordamida yoki odamning oz energiyasi hisobiga ishlatiladigan oddiy qol mehnati =orollari (kurak, bolga,arra va h.k.) yordamida yoki bularsiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishi tushuniladi. Masalan, qolip quyish, tayyor mahsulotni idishlar (taralar)ga joylash, detalni egovlash, paxta, sabzovatlarni yigib-terish kabilar qolda bajariladigan mehnat jarayoniga kiradi.
+olda bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan jarayon deganda, biron energiya turi hisobiga ishlatiladigan oddiy mehnat qurollari yordamida qolda bajariladigan jarayon (elektr parmada parmalash kabi) tushuniladi.
Mashina aralash qol mehnati jarayoni deganda, ishlab chiqarish jarayoni ayrim xodimlar yoki bir guruh xodimlarning (brigada) bevosita ishtiroki bilan mexanik mehnat qurollari yordamida amalga oshirilishi tushuniladi. SHu bilan birga, bir vaqtning ozida mashina quvvatidan ham, kishining kuchidan ham foydalanishga erishiladi. Bunga yana xodim tomonidan qol kuchi bilan ishlatiladigan mexanizmlar yordamida bajarilgan jarayonlar ham kiradi. SHaxtada kon qazuvchining bolga bilan komirni urib tushirishi, presslarda rezina buyumlarni kesish, tikuv
mashinasida keyim-kechak tikish, qol bilan harakatga keltiriladigan tokarlik jihozida detallarni yonish, parmalash jihozida detallarni teshish va hokazolar bunga misol bola oladi.
Mashina mexanizmlari yordamida (apparatlardagi issiqlik energiyasi, elektr energiyasi yoki kimyoviy energiya hisobiga) texnologik tasir etiladigan, yordamchi ishlar esa qolda bajariladigan (yarimfabrikatlarni zapravka qilish, uzilgan iplarni ulash kabi) jarayon, mashina (apparatura) jarayoni, deb ataladi. Yigiruv, toquv ishlab chiqarishidagi (qolda proborka qilishdan tashqari) hamma jarayonlar (xom surpni qozonlarda qaynatish va h.k.) mashina jarayonlariga kiradi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni mashinalashgan jarayondan shu bilan far=lanadiki, unda mashinaning ozi
avtomatik suratda harakat qiladi, xodim esa uning avtomatik ishlashini faol kuzatib boradi. Bunga avtomat jihozlar, robotlar, avtomat toqimachilik jihozlari va h.k.lar misol bola oladi.
Apparatura bilan ishlaydigan ishlab chiqarish jarayonida bajarilishi zarur bolgan ishlar mehnat predmetiga issiqlik, quyosh, elektr yoki kimyoviy energiya bilan tasir etuvchi muayyan konstruksiyadagi apparatlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ishchilar yoki ishchilar brigadasi apparatning ishini faqat kuzatib, ishlab chiqarish jarayonlarining borishini yolga solib (regulirovka qilib) turadi. Bunga masalan, vargankada choyan eritish, detallarni chiniqtirish, toblash va sementlash, metallarga termik ishlov berish, kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi kopgina jarayonlar, domna pechlarida choyan eritish, elektr va marten pechlarida
polat eritish, shisha zavodlarida shishalarni eritib qaynatish, chinni pishirish kabi jarayonlarni misol qilib korsatish mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonining yuqorida korsatilgan tartibda turlarga bolinishi faqatgina mehnatni tashkil etish va uni normalashdagina emas, balki xodimlarni mehnatining turlari boyicha statistik taqsimlashda, mehnat jarayonini mexanizatsiyalash va uni tashkil etishni takomillashtirishda ham katta rol oynaydi hamda ishlab chiqarish (xizmat korsatish)ni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga mehnat samaradorligini yanada ostirish yollarini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari
Texnologik jarayonning asosiy qismi operatsiyadir. Operatsiya deganda, muayyan mehnat predmeti ustida bir yoki bir necha xodimlar (brigada) tomonidan bir ish joyida jihozlarni qayta sozlamay hamda ishlanadigan buyumlar joyini ozgartirmasdan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladi. Demak, operatsiya mehnat predmeti, ish joyi va ijrochi doimiy, ozgarmasligi, shuningdek, mahsulot, xizmat yoki jarayon bosqichining tugallanganligi bilan xarakterlidir. Masalan, tokar jihozini qayta rostlamay va ish joyini qayta ozgartirmay qismlarga ishlov berish, qismlarni shtampovka qilishi, ekskavator temir yol vagonlariga, avtomashinalarga
foydali qazilmalarni ortishi, marten pechlarida polat eritish va h.k.
Buni misol bilan tushuntiramiz. Tokarlik jihozida detallar avval xomaki, keyin toza qilib ishlanadi, bu ikkala ish bitta jihozda, bitta ijrochi tomonidan bajariladi. Bu ishlov berish bitta operatsiyani ifoda qiladi. Agar xomaki ish bilan toza ish ortasida metallga termik ishlov berilsa yoki bu ishlarni turli ishchilar bajarsa, bu ish uch operatsiyadan iborat boladi.
Odatda, xodim bir ish kuni (smena) davomida birkitilgan ish usullarini bajarish, bir ish joyidan ikkinchisiga otish va jihozlar (mashinalar) ishlashini faol kuzatish bilan bogliq bolgan operatsiyalarni bajaradi.
Oz navbatida, jihozlar ishlashini kuzatish ham faol, ham passiv bolishi mumkin.
Faol kuzatish jihozlarni ishlash jarayonida sodir boladigan buzilishlarini yoki
jihozlarning pasportida berilgan parametrlardan chetga chiqishni bartaraf qilish yoki uning oldini olish maqsadidagi kuzatishdir (masalan, pilik uzilganda xom ashyo nobud bolishiga yol qoymaslik uchun pilikchi mashinani kuzatishi). Passiv kuzatish esa, bu jihozlarga xizmat korsatish bilan bogliq bolgan ishlar bolmasa ham, ish joyini tashlab ketishi mumkin bolmagandagi kuzatish (masalan, kop jihozlarga xizmat korsatuvchi xodim ixtiyoridagi hamma jihozlar ishlab turib, xizmat korsatishga ehtiyoj bolmaganda).
Texnologiya jihatidan operatsiyalar perexodlarga (fazalarga) bolinadi. Perexod operatsiyaning bir qismi bolib, bitta kesuvchi asbob (keskich, freza va h.k.) bilan har bir yangi yuza va yuzalar hosil qilish uchun bir tartibda amalga oshiriladigan ishlov jarayonining tugallanishidir.
Perexodlar kopincha bir necha proxodlardan iborat boladi. Perexodlarning, oz navbatida, tartib bilan ozgarmasdan takrorlanishiga proxod deyiladi.
Proxodlar bu, boshqacha qilib aytganda, mehnat predmeti yuzasiga qayta - qayta ishlov berishdir. Metall kesish jihozlarida kesuvchi asbobning zagotovkani bir necha marta kesib otishi, yani yangi-yangi yuza hosil qilish jarayoni bunga misol bola oladi.
Ayniqsa, detallarga mexanik jihatdan qayta ishlov borish jarayonida kop proxodli perexodlar uchraydi.
Ish vaqti to‘g‘risida tushuncha, ish vaqti sarfi va uning
turkumlanishi (klassifikatsiyasi)
O‘zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ning 114-«Ish vaqti tushunchasi» moddasida, «Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq oz mehnat vazifalarini bajarish lozim bolgan vaqt ish vaqti hisoblanadi», deb yozilgan. Undan tashqari shu kodeksning 115 - «Ish vaqtining normal muddati» moddasida «Xodim uchun ish vaqtining normal mudati haftasiga qir= soatdan ortiq bolishi mumkin emas», deb ham korsatilgan. SHu moddada «Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim», deb qayd etilgan. SHunday ekan, ish vaqti deganimizda qonun bilan belgilangan malum vaqt birligi tushuniladi. Belgilangan vaqt birligi davomida korxona va tashkilotlarda
xodimlar ozlari uchun belgilangan ish va vazifalarni bajaradilar.
Korxonalarda muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun unga sarflanadigan haqiqiy vaqt normasini yoki mahsulot ishlab chiqarish normasini belgilash kerak. Buning uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilinishini organish va aniqlash ham muhim ahamiyatga ega.
Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta xodmining soat hisobida muayyan vaqt (ish kuni - smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana shu ishlab chiqarishda yoki xizmat korsatishda ishlayotgan hamma xodimlar soniga kopaytirish yoli bilan aniqlanishi tushuniladi.
Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga bolinadi. Ish vaqti, oz navbatida, ishlab chiqarish topshirigini bajarish uchun sarflanadigan
vaqtga va ishlab chiqarish topshirigini bajarishda kozda tutilmagan ishlarni bajarish uchun sarflanandigan ish vaqtiga ajraladi.
Ishlab chiqarish topshirigini bajarishda kozda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish vaqtiga va unumsiz ish vaqtiga bolinadi.
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirigini bajarishda kozda tutilmagan, ammo ishlab chiqarish jarayonida qilinishi zarur bolib qolgan ishlar kiradi.
Unumsiz ishga texnologik jarayonda kozda tutilmagan, ammo uning bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni kopaytirishga yoki uning sifatini yaxshilashga hech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi.
Tanaffus vaqtlari shunday vaqtki, bu vaqt davomida ijrochi ishni yoki xizmatni bajarishda bevosita qatnashmaydi.
Tanaffus vaqti normalashtirilgan tanaffuslarga va normalashtirilmagan tanaffuslarga bolinadi. Normalashtirilgan tanaffus vaqtiga dam olish uchun, shaxsiy ehtiyojlar uchun, ish paytidagi jismoniy tarbiya uchun hamda mavjud texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil qilishning oziga xos xususiyatlari bilan bogliq bolgan tanaffus vaqti kiradi.
Normalashtirilmagan tanaffus vaqti ishlab chiqarish jarayonining normal borishi buzilishi oqibatida hamda mehnat intizomi buzilishi natijasida vujudga kelgan tanaffus vaqtlariga bolinadi.
Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish vaqti deganda shu topshiriqlarni bajarish davomida jihozlarning ishlab turishi, yani ish holatida bolishi tushuniladi. U asosiy va yordamchi ish(opretsiya) elementlarini bajarish vaqtini oz ichiga oladi.
Ishlab chiqarish topshiriqlarida, qabul
qilingan texnologik jarayonda kozda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ishlarni bajarishga sarflangan vaqtni va behuda ketgan unumsiz ish ish vaqtini oz ichiga olishi mumkin.
Tasodifiy ish vaqti ishlab chiqarish topshirigida kozda tutilmagan, biroq topshiriqni bajarishning borishida unga ehtiyoj tugulishidan vujudga kelgan operatsiyani ijro etishga sarflangan vaqtdir.
Unumsiz ish vaqti bu, mahsulot tayyorlashga ketgan qoshimcha vaqt bolib, uning natijasida mahsulot miqdori kopaymaydi, sifati ham yaxshilanmaydi. Unumsiz ish vaqti sarfiga, masalan, mahsulotdagi, tayyorlangan buyumdagi
nuqsonni(brakni) tuzatishga, zagatovkalardagi ortiqcha pripusklarni togrilashga ketgan vaqt hamda smena almashishga normadan ortiqcha sarflangan vaqt va shu kabilar kiradi.
Tanaffus vaqti jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bosh turib qolishdir. Uni normalashtirilgan va naormalashtirilmagan tanaffuslarga bolish mumkin.
Normalashtirilgan tanaffus vaqti jihozni ishga tushirish bilan bogliq bolgan tanaffus, ishchining norma doirasida ishni boshlab yuborishga tayyorlanishi, asbob-uskunalarni tayyorlashi, amaldagi texnologik va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishi, dam olish va shaxsiy ehtiyojlari tufayli jihozlar toxtab qolishi bilan bogliq bolgan tanaffuslardir.
Normalashtirilmagan tanaffus vaqti tashkiliy-texnikaviy sabablar yoki xodim
ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay bush turib qolgan vaqtini oz ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga jihozlarning amaldagi texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida shartlab qoyilmagan butun bosh turib qolgan vaqti kiradi.
Xodim ishlab chiqarish intizomini buzganligi tufayli jihozlar ishida tanaffus sodir bolishiga uning ishga kechikib kelishi, smena oxirida ishdan barvaqt ketishi, tushlik ovqatga oldinroq ketib, kechikib kelishi, smenada ish ketayotgan paytda ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashishi, normada korsatilganidan ortiq dam olib otirishi va h.k.lar kiradi.
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfi yuqorida korib chiqilgan klassifikatsiya doirasida normalashtiriladigan va normalashtirilmaydigan ish vaqti sarflariga
bolinadi.
Normalashtiriladigan ish vaqti sarfiga norma bilan belgilangan doirada topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bolgan vaqt kiradi. Bunga tayyorgarlik yakunlovchi vaqt, operativ vaqt, ish joyiga xizmat korsatish vaqti, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilish ishlari bilan bogliq bolgan tanaffus vaqtlari kiradi. Bu sarflar vaqt normasi tarkibiga kiritiladi.
Normalashtirlmaydigan ish vaqti sarfiga ijrochining yoki jihozning unumsiz, bosh turib, zoe ketgan vaqtlari kiradi. Demak, bunday sarflar vaqt normasi tarkibiga kiritilmasligi turgan gap.
Ish vaqti sarfini kuzatish uslublari
Mehnatni tashkil etish va normalash sohasidagi amaliy ishda bevosita ish yoki xizmat ko‘rsatish joyida, ish vaqtini o‘rganish-kuzatish muhim ahamiyatga ega.
Ish vaqti sarflarini kuzatishdan asosiy maqsad quyidagilardir:
ayrim ishlarni, xizmatlarni, operatsiyalarni va operatsiya bolaklarini (elementlari) bajarish uchun haqiqatda sarflanadigan ish vaqti miqdorini organish, ishlab chiqarish yoki xizmatlar korsatish bilan band bolgan xodimlar tomonidan qollaniladigan ilgor usul va uslublarni izlab topish, organish, tahlil etish va ularni amaliyotga joriy qilish;
samarali ishlashning yoki xizmat korsatishning eng yaxshi usul, uslublarini, tartiblarini, shuningdek, ish vaqtidan unumsiz foydalanish sabablarini aniqlash;
operatsiyalarning ayrim bolaklari (elementlari)ni bajarishda eng maqbul izchillikni aniqlash;
ishlab chiqarish, xizmatlar korsatish korxonalarida ichki mehnat taqsimoti, potokli ishlab chiqarishda va kop jihozga, ish joyiga xizmat korsatishda mehnatni tashkil etish va uni rejalashtirish uchun zarur va etarli miqdorda malumotlar olish;
ishlab chiqarishda, xizmatlar korsatishda ish vaqtining zoe ketish sabablarini va mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash;
mehnat normalarini bajarganlik yoki bajarmaslik sabablarini aniqlash;
ish vaqtidan samarali foydalanish va mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va h.k.lar.
Demak, ish vaqti sarfini kuzatishga mehnat samaradorligini oshirish omili sifatida qarashimiz kerak. Bu asosiy
masala bolib, mana shu hol korxonalarda kuzatish yoli bilan ish vaqti sarfini organishning mazmunini va amaliyotini tashkil etadi.
Ish vaqti fotografiyasi kuzatish obektlariga qarab uchga boladi:
ish vaqti fotografiyasi bu, ijrochi vaqtining sarflanishini kuzatish;
uskunalardan foydalanish fotografiyasi bu, mashinalar, jihozlar, agregatlarning ishlash va bekor turish vaqtlarini kuzatish;
ishlab chiqarish jarayoni fotografiyasi bu, ijrochi ishini va xizmat korsatiyotgan uskunalar, jihozlar ishini bir vaqtning ozida kuzatish.
Bir vaqtda kuzatiladigan obektlar soni qanchaligiga qarab ish vaqti fotografiyasi individual, guruhli va brigadali turlarga bolinadi.
Mehnatni normalashda ikkita kuzatuv uslubidan: ish vaqtini bevosita olchash va
ish vaqtini kuzatishning momentlik uslublaridan foydalaniladi.
Ish vaqti sarfini bevosita olchash uslubining ijobiy tomonlari: mehnat jarayonlarini va jihozlardan foydalanishni batafsil organishga va har bir ishni, xizmat turini bajarish usul va uslublari, ularning elementlarini bajarish tartiblari va nihoyat, vaqtning har bir turdagi sarfiga ketgan miqdori togrisida etarli malumotlar olishga imkoniyat yaratadi, undan tashqari, ish vaqti sarflarining ortacha miqdorini va shu ish vaqti turlarining ish kuni(smena) davomidagi haqiqiy ish kuni balansidagi ahamiyatini va salmogini aniqlashga ham katta yordam beradi.
Ish vaqti sarfini bevosita olchash uslubining kamchiliklari: a) kuzatish jarayonini tashkil etish uzoq muddatni va kuzatish natijasida olingan malumotlarni tahlil etish, ularga ishlov berish kop
mehnat sarfini talab qiladi; b) bitta kuzatuvchi tomonidan katta guruhdagi xodimlarning ish faoliyatini va jihozlarning ishlash jarayonlarini kuzatib bolmaydi.
Ish vaqti sarfini kuzatish bosqichlari.
Barcha turdagi ish vaqti fotografiyasini otkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat boladi:
kuzatishga tayyorgarlik korish;
ish vaqti sarfini kuzatish va olchash, fotografiya qilish (qayd qilish, yozib olish);
kuzatish natijasida olingan malumotlarni tahlil qilish;
ish vaqti sarfining zoe ketishini kamaytirish yoki bartaraf qilishga qaratilgan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni oz ichiga olgan rejalarni ishlab
chiqish.
Kuzatishga tayyorgarlik korish bosqichida, odatda, kuzatish obekti tanlanadi, kuzatuvchi ozining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va nihoyat, kuzatish obekti togrisidagi qisqacha malumotlar kuzatish varaqasiga yoziladi.
Ish vaqtining shaxsiy (individual) fotografiyasi
ish vaqtini kuzatish uslubi ish vaqtining fotografiyasi, deb qabul qilingan.
Mehnatni tashkil etish va normalash sohasida ish kuni fotografiyasi, yani ish
kuni sarfini kuzatib turib, yozib olish deganda, toliq ish kuni (smena) yoki uning bir qismi davomida beistisno barcha ish vaqti sarflarini kuzatish va olchash yoli bilan organish tushuniladi. SHunday bolgach, amaliyotda ham ish kunining, ham ish vaqtining fotografiyalari mavjud.
Ish kunini fotografiya qilish asosan ish kuni (smena) davomida zoe ketgan ish vaqti sarflarini hamda bu nuqsonlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash, shu bilan birga ish vaqtining isrof bolishini qisqartirish yoki bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida otkaziladi. Ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash bilan bogliq bolgan mehnat unumdorligini ostirish imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan amaliyotda foydalanish uchun ish kuni fotografiyasining roli va ahamiyati beqiyosdir.
Ish kuni davomida ish vaqtidan foydalanishni bevosita xodimning ish yoki xizmat korsatish joyida kuzatish uslubidan foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish, xizmat korsatish imkoniyatlari, ilgor tajriba, vaqt normada korsatilgandek sarflanishini taminlash va mehnat normalari bajarilmasligining sabablarini aniqlash hamda mehnat jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
SHu bilan birga ish kuni fotografiyasini otkazish natijasida olingan malumotlardan ish joyiga xizmat korsatish norma va normativlarini, dam olish va ishga tayyorgarlik korish va uni yakunlash vaqtlari norma va normativlarini tekshirish uchun ham foydalaniladi. Buning uchun ish kuni fotografiyasi ishga tayyorgarlik korishdan boshlab, to uni yakunlanga qadar sarflanadigan barcha ish vaqtini qamrab olishi kerak.
Ish vaqti shaxsiy fotografiyasining kuzatuv varaqasi
(ustki tomoni)
Kuzatilgan sana: 24.02.2001 yil.
Kuzatuv boshlanishi:8.s.00 min.
Kuzatuv tugallanishi:17s.00 min.
Ish: 2101 markali «Jiguli» mashinaning tamirlangan oldingi eshiklarini boyash.
Ishlash sharoiti: qoniqarli.
Xodim: Sattorov S.
YOshi: 25
Ish staji: 6 yil.
YUqorida korsatilgan ish boyicha
ish staji 4 yil.
Mehnatga munosabati:-vijdonan yondashadi.
Xodimning razryadi: VIII
Ishning razryadi: VIII
Kuzatuvchi: +utlimurodov F.
Xronometrajni o‘tkazishdan maqsad va uning turlari
Xronometraj – bu, grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, xronos_vaqt, metrio_o‘lchash, degan ma’noni beradi. Demak, xronometraj _ vaqtni o‘lchash uslublaridan biridir. Xronometrajning asosiy obekti _ operatsiyadir. SHuning uchun ham kop hollarda operatsiyani xronometraji deb ham yuritiladi.
Operatsiyalarni organish jaryonida jihozlarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan qanday foydalanilayotganligi, ish joylari qanday tashkil qilganligi, xodim keragidan ortiq harakatlar qilayotgan yoki qilmayotgani, ish vaqti sarfi operatsiyalarining ayrim
elementlarini bajarishga sarflanadigan vaqt texnikaviy va tashkiliy sharoitlarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Operatsiyalar kuzatish ayni ishlab chiqarish, xizmat korsatish samaradorligini ostirishning ichki imkoniyatlarini qidirib topishda va ulardan foydalanishda, mazkur ish joyidagi ogir mehnattalab ishlarni kamaytirishda juda muhim ahamiyatga ega.
Ish vaqti sarfini kuzatishning bu uslubi «Ish bajaruvchi yoki xizmat korsatuvchi qanday mehnat qilayotgani (tez yoki sekin) oqilona yoki oqilona bolmagan mehnat usullaridan foydalanilayaptimi?» degan savolga javob beradi. Boshqacha qilib aytganda, xronometrajdan ish bajaruvchining ishlash surati, qollayotgan mehnat usullari, ularni maqsadga muvofiq bajarilish tartiblari, mehnat jarayonlarining qanday tashkil etilganligi baho berishda foydalaniladi.
Xronometrajning asosiy vazifasi uning (operatsiyaning) maqsadga muvofiq tarkibini aniqlash va loyihalashtirish hamda har bir elementini bajarish uchun zarur bolgan vaqtni hisoblash maqsadida, organilayotgan operatsiya elementlariga sarflanadigan vaqt miqdoriga tasir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat
Xronometraj asosan quyidagi maqsadlar uchun otkaziladi: a) operatsiyaning kop martalab takrorlanadigan ish usullariga va mashina_qol elementlariga vaqt normalarini belgilab berish uchun; b) har bir konkret operatsiyani bajarishga sarflanadigan haqiqiy operativ ish vaqti miqdorini aniqlash uchun; v) har bir konkret operatsiyani bajarishga sarflanishi zarur bolgan vaqtning rejalashtirilgan miqdorini aniqlash uchun; g) mehnat normalarining bajarilmaslik yoki yuqori darajada bajarilish sabablarini aniqlash
uchun; d) ilgor ish usul va uslublarini aniqlash, ularni organish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq qilish; e) katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlari (tiplari)ga uchun moljallangan analitik hisoblash uslubi yordamida aniqlangan mehnat normalarini tekshirish va ularga tuzatishlar kiritish uchun; j) tanlangan operatsiyadagi ortiqcha (keraksiz), oqilona bajarilmaydigan usul va harakatlarni aniqlash va ularni yoqotishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va h.k.lar uchun.
Amaliyotda xronometrajning uzluksiz yoki tanlab, uzlukli, siklli va maxsus turlari mavjud.
Uzluksiz xronometraj quyidagi hollarda qollaniladi: aniq operatsiyaning hamma bolaklari (elementlari) vaqt sarflari miqdorlarini aniqlashga zaruriyat tugilganda; operatsiya elementlarining
vaqt sarflari miqdori 10 sekunddan kop bolganda.
Uzlukli xronometraj quyidagi hollarda qollaniladi: aniq operatsiyaning ayrim elementlaridan koproq qaytariladiganini, murakkab, vaqt miqdori juda kop bolganlarining vaqt sarfi miqdorini aniqlash uchun; tanlangan operatsiya uncha kop elementlardan iborat bolmaganda va nihoyat, operatsiya elementlarining vaqt sarflari miqdori 3 sekunddan kam bolmaganda; shuningdek, operatsiyaning ayrim elementlari boyicha xronometraj notogri otkazilgan, deb topilganda.
Operatsiyaning ayrim elementlari, ayniqsa, vaqt sarflari miqdori 2 sekunddan kam bolgan hollarda, uzluksiz yoki uzlukli xronometraj orqali kuzatilganda, ularning vaqt sarflari miqdorini sekundomer orqali togri olchash ancha murakkab. Bunday
hollarda, xronometrajning maxsus turi siklli xronometraj qollaniladi. Xronometrajning bu turi odatdagi, uzlukli turidan shu bilan far= qiladiki, bunda ish vaqti sarfini kuzatuv davomida tanlangan operatsiyaning nafaqat ayrim qisqa muddatli elementlari (usul, harakat, qimirlash) tarkibi, balki miqdori ham har xil elementlardan iborat bolgan bir necha guruhlarga birlashtirilib, undan keyin osha guruhlarning vaqt sarfi davomiyligi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish, xizmatlar korsatish amaliyotida nafaqat haqiqiy va rejalashtirilgan operativ ish vaqti sarflarini aniqlash, balki tayyorlov-yakunlov, ish joylariga xizmat korsatish kabi ish vaqti turlarining ham haqiqiy rejalashtirilgan miqdorini hisoblash bilan bogliq bolgan zaruriyatlar uchrab turadi. Bunday hollarda tayyorlov-yakunlov, ish joyiga xizmat
korsatish vaqti sarflari xronometraj orqali kuzatiladi. Oz navbatida, xronometrajning bunday turi ham, maxsus xronometraj, deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |