Fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy metodologik tamoyillari



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/294
Sana29.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#415337
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   294
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

60 foizdan ortig‗ini
30 yoshgacha bo‗lgan yoshlar tashkil 
etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq yosh avlod 
ta‘limtarbiyasi, salomatligiga katta e‘tibor berib kelinmoqda. Bu dolzarb masala 
davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, ta‘lim sohasidagi jahon andozalariga mos islohotlar, aholi 
salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana shunday 
mushtarak maqsadlar mujassam. 
1991-yil noyabrda «O‗zbekiston Respublikasida 
yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‗g‗risida»
gi qonun qabul qilindi. 
1997-
yil
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarga 
o‗qishini qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha «Umid» jamg‗armasini tashkil etish to‗g‗risida 
farmoni e‘lon qilindi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2014-yildagi 
«O‗zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda 
yuksak ma‘naviyatli, mustaqil va erkin fi krlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini 


puxta o‗zlashtirgan har tomonlama sog‗lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish 
borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‗ldi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada 
rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, jumladan, qizlarni intellektual 
salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san‘at, fan 
va ta‘lim yo‗nalishlarida o‗z iste‘dodini, salohiyat va qobiliyatlarini namoyon 
etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-
yilda qabul qilingan «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta‘sis etish bo‗yicha 
takliflarni qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida»gi farmoni jamiyat hayotida yetuk 
mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 80 
nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‗shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, 
balet, cholg‗u ijrochiligi, an‘anaviy ijrochilik, raqs yo‗nalishlarida «Nihol» mukofoti 
bilan taqdirlangani tom ma‘noda ularga ko‗rsatilayotgan yuksak e‘tibor va 
g‗amxo‗rlikning yorqin ifodasidir. 
Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, harbiy 
xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‗batlantirishning ahamiyatini, ularning o‗qishni 
davom ettirishi va mamlakat oliy o‗quv yurtlariga o‗qishga kirishi uchun imtiyoz va 
sharoitlar yaratishni e‘tiborga olib, 2005-yilda O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy 
xizmatni o‗tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» qarori e‘lon qilindi. Ushbu qarorga 
muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni 
o‗tab bo‗lgan fuqarolar uchun respublika oliy o‗quv yurtlariga o‗qishga kirishda test 
sinovlarida to‗planadigan eng ko‗p ballning 25 foizi miqdorida qo‗shimcha ball 
shaklidagi imtiyoz berish belgilandi. 
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi 
uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va 100 dan 
ortiq me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. 
Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning manfaatlari alohida 
e‘tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog‗lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar 
yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2014-yil «Sog‗lom 
bola yili», 2016-yil «Sog‗lom ona va bola yili», deb e‘lon qilinib, yaxlit chora-
tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fikrimiz tasdig‗idir. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish