«Kamolot» yoshlar ijtimoiy
harakati
tuzildi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni
birlashtirish, jamiyatda munosib o‗rnini egallashga ko‗maklashish, ularning
manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‗z aql zakovati, kuch-g‗ayratini
to‗la namoyon etishi uchun zarur shartsharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi
va suyanchi bo‗lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‗iston Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo‗limlari, ta‘lim muassasalari, harbiy
qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang‗ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan
28 yoshgacha bo‗lgan O‗zbekiston fuqarolarini o‗z saflarida ixtiyoriy ravishda
birlashtirgan holda faoliyat ko‗rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |