О`zbekistonda moliya va pul kredit tizimi. Iqtisodimizning taraqqiyotini yakunlovchi kо`rsatkichlardan biri milliy daromaddir. Milliy daromadning о`sishiga mamlakatimiz sanoati, qishloq hо`jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz taraqqiyoti sababchi bо`ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri, bu vazifani bajarmasdan turib, mamlakatimizni himoya qilish, hо`jalik va madaniy rivojlanishini ta`minlash va bozor iqtisodi sharoitiga yirik qadam qо`yish mumkin emas. Moliya — bu lotincha ibora bо`lib, pul tо`lovlari degan ma`noni bildiradi. Lekin moliyani pul tо`lovlari deb tushuntirish yetarli emas, balki bu ibora uning tashqi kо`rinishini ifoda qilib, ichki mazmunini ifoda qilmaydi. Ana shunday tо`lovlar bir tomondan byudjetga, sug`urta organlariga soliqlar, yig`imlar, tо`lovlar о`tkazish, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti va fondlar hisobidan mablag`lar berish, bank orqali amalga oshiriladigan pul tо`lovlari holida pul harakatini ifoda qilar ekan, bu harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish pul mablag`larini talab qiladi. Pul resurslarini hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va sarflash yuzasidan paydo bо`ladigan iqtisodiy munosabatlar moliya deyiladi.
Moliyaning mazmuni uni bajaradigan vazifalarida ifoda etiladi. U quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Taqsimlash vazifasi — har hil yaratiladigan milliy mahsulot va jamg`arilgan milliy boylik pul shaklida taqsimlanadi, turli moliya fondlariga aylantiriladi.
2. Rag`batlashtirish vazifasi — moliya vositasida iqtisodiy faollik qо`llab-quvvatlanadi. Buning uchun soliqlar kamaytiriladi.
Soliqlar kamaytirilsa, firmaning harajati qisqarib, uning foydasi kо`payadi. Davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy kо`mak berish ham ular ishini rag`batlantiradi.
Iqtisodiy axborot vazifasi — moliyada iqtisodiy faoliyatning yakuni jamlanadi va bu moliyaviy kо`rsatkichlar shaklini oladi.
Ijtimoiy vazifasi — resurslarni ijtimoiy ehtiyojlarga yо`naltiradi.
О`zbekiston Respublikasida pul tizimi — О`zbekiston Respublikasida pul muomalasini tartibga solish, О`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan hamda О`zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e`lon qilingan "О`zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish tо`g`risida"gi Farmoni hamda О`zbekiston Vazirlar Mahkamasi va О`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan qonuniy aktlar asosida tartibga solinadi. О`zbekiston Konstitutsiyasining 122-moddasida О`zbekistop Respublikasi о`z moliya va pul-kredit tizimiga ega ekanligi kо`rsatiladi.
Adabiyotlar:
О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent.,2003
Karimov I.A. О`zbekiston milliy istiqlol iqtisod, siyosat,
mafkura. Toshkent., 1996y
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Toshkent.,1996y
Karimov I.A. Bunyodkorlik yо`lidan. Toshkent., 1996y
Karimov I.A. Konstitutsiya haqida. Toshkent., 2001y
Rahmonqulov H. Fuqarolik: erkinliklar, huquqlar, burchlar. Toshkent., 1993y
О`zbekistonning Yangi Qonunlari. Toshkent.,2000 y
О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga sharhlar.Toshkent.,2001y
О`zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi.Toshkent.,2004
О`zbekistonning yangi qonunlari. Toshkent., 2005y
О`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. Toshkent.,2005y
www.akadmvd.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |