Ushlangan changlarni pechga qaytarish moslamasi CHangchuktirish qurilmalar va turli filtrlarda ushlangan changlarni pechga qaytarishning bir nechta usullari bor.
Eng soddasi, changni pechning issiq uchidan yoqilg`i bilan birga purkash.YAna bir usuli-ushalgan changlarni zanjirlar orqasiga qaytarish. Bu usulni amalga oshirish uchun ikki turdagi qurilmalar ishlatiladi:
granulalangan changni zanjirlar ortiga lopastli taminlagich yordamida uzatuvchi (3-7 rasmda «a»).
granulalanmagan changni zanjirlar ortiga chumichli ta`minlagich yordamida uzatuvchi (3.7-rasmda «b»)
Birinchi uskunada ushlangan changbunker 4-ga kelib tushadi.U yerdan chiqadigan havo elektrofiltr 5-da tozalanib quvir 7 orqali atmosferaga tashlanadi. Ta`minlagich 3 changni vintli konveyr 2-ga uzatadi, u o’z navbatida changni granulyator 1-ga tashiydi. U yerda changgranulalarga aylanadi va elevator 9 yerdamida yuklash qurilmasi 8-ga uzatiladi va u yerdan pechga tushiriladi.
Ikkinchi uskunada ushlangan changqabul bunkeri 1-ga kelib tushadi, u yerdan chiqayotgan havo filtr 3 yordamida tozalanib, atmosferaga tashlanadi. Bunker 1-dan changvintli ta`minlagich 4 va filtr 3-dan barabanli ta`minlagich yordamida tannovlar 6 orqali yuklash qurilmasi 7-g`a tushadi va u yerdan pechga tushiriladi.
3.7 – rasm. Pech uchlarini zichlash usullari va jihozlari.
Qo’zg`almas pech kallakisi va pech tanasi (issiq uchi) hamda qo’zg`almas changcho’ktirish kamerasi va pech tanasi (soviq uchi) oralarida soviq havoni pechga kirishiga qarshi maxsus zichlash maslamalari qo’llaniladi.
Pechning soviq uchini zichlash uchun asosan labirint turidagi maslama qo’llaniladi (3.8-rasmda «a»).Pech tanasiga shayba 4 payvandlangan, unga uz navbatida kontsentrik joylashgan uchta uzuklar 3 payvandlanadi.CHangcho’ktirish kamera devoriga esa shayba 1 payvandlanadi, unga o’z navbatida ikkita uzuklar 3 payvandlanadi.Uzuklar 3 uzuklar 2 orasiga kiradi.Natijada tashqi havo uchun pech ichiga kirgani sun`iy tusiq (labirint) yaratiladi.
Pechning issiq uchini zichlash uchun aerodinamik zichlash qurilmasi ishlatiladi (3.8-rasmda «b»)
a) b) 3.8 – rasm. Pech 6 tanasida flanets 5 va uzuk 4 mahkamlangan. Pech kallakisi (yoki sovitkich) devoriga shaybalar 3, 8, uzuklar 2,9 bilan hosil qilingan kamera mahkamlanadi. Kameraga u yerga chukkan changni chiqarish uchun quvir 10 va soplolar 7 mahkamlanadi. Kameraga soplolar 7 yordamida havo purkaladi. Pech tanasi va uzuk 4 hamda flanets 5 va uzuk 4 orasidagi teshiklardan o’tgan havo shayba 3 tomon tashlanadi. Bu havo oqimi pech va sovitkich ichiga tashqi sovuq havoni kirishiga tusqinlik qiladi.