Nazorat savollari:
Qozon agregatining tarkibiy qismi.
Qozon qurilmasi tarkibi.
Energetik qozon qurilmalari.
Isitish qozon qurilmalari.
MAVZU№ 5: QOZONNING ISSIQLIK HISOBI USULLARI BO’YICHA UMUMIY TAVSIFLAR
2.1. To‘g‘ri oqimli qozonlar.
2.2. Tabiiy aylanma oqimli bug‘ qozonlari.
2.3. Majburiy aylanma oqimli bug‘ qozonlari.
Tayanch iboralar: bug' qozoni, karkas, o'tga chidamli qoplama, quvur, armatura, nazorat va o’lchov asboblari, bug' o'taqizdirgich, suv ekonomayzeri, havoisitgich, bug‘ unumdorligi, qozonning quvvati.
XIX asrning o‘rtalarida silindrsimon va o‘t-quvurli qozonlardan (v) suv-quvurli (v-m) qozonlarga o‘tildi. Qozonlarni takomillashtirish ikki yo‘nalishda bordi: birinchidan gaz-quvurli, ikkinchidan suv-quvurli qozonlar yaratildi.
Natijada quvurlarning diametrini kamaytirgan holda isish sirtini kattalashtirishga erishildi, chunki gazlarga qaraganda suvga issiqlik berish yuqori bo‘ladi, bu esa metallni tejash va unumdorlikni ko‘tarish imkonini berdi.
Kamerali gorizontal suv-quvurli qozonlarda (d,e) qaynatish quvurlar to‘plami o‘zining uchlari bilan yassi kameralarga ulanar edi. Bular anker boltlari ko‘pligi tufayli murakkab bo‘lib, bug‘ bosimini 12-15 bar dan yuqori ko‘tarishga imkon bo‘lmadi.
2.2 - rasm. Tabiiy tsirkulyatsiyali qozonlarning takomillashib borishi:
a – silindrsimon; b-batareyali; v-o‘t quvurli; g-o‘t va tutun quvurli; d,e-kamerali gorizontal-suv quvurli; j-bo‘limli gorizontal-suv quvurli; z-qaynatish quvurlari to‘g‘ri bo‘lgan; i,k-qaynatish quvurlari egilgan; l- P-simon bir barabanli qozon; m- T-simon zamonaviy barabanli qozon agregati.
Bu kamchiliklar gorizontal suv-quvurli qozonlarda sezilarli darajada bartaraf etildi. Bularda yassi kameralar o‘rniga silindrsimon qopqoqlar qo‘llanildi, ularga to‘g‘ri quvurlar to‘plami ulandi, quvurlar ikki to‘plam holida gorizontal ravishda barabanga (j) birlashdi. Shu tufayli bug‘ning bosimi ortdi, quvurlarning soni va uzunligi ortishi esa, qozonning unumdorligini oshirish imkonini yaratdi. Barabanlar avvalo uzunasiga, keyinroq ko‘ndalangiga joylashtirildi. Suv ekonomayzerlari va havo isitkichlarni qo‘llash natijasida qozonlarning tejamliligi va unumdorligi ortdi.
Gorizontal suv-quvurli qozonlar o‘z vaqtida gaz quvurli qozonlarga nisbatan katta afzalliklarga ega edi, lekin ularning hozirgi vertikal suv-quvurli qozonlarga qaraganda muhim kamchiliklari bor. Avvalo, bir necha barabanning bo‘lishi metall sarfini oshirib yuboradi, qimmat turadigan tutashtirish kameralari esa, qozon narxini ortishiga sabab bo‘ldi.
Shuning uchun ularni vertikal suv-quvurli qozonlar siqib chiqardi va hozirgi paytda gorizontal suv-quvurli qozonlar ishlab chiqarilmaydi. Vertikal suv-quvurli qozonlar dastlab qozonning eng qimmat qismining–barabanlarning soni ko‘p qilib qurilar (z,i) edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |