O`quv dasturlari- Fanni hajmini, uni o`qitishning mazmuni va tartibini belgilaydi.
Dars rejasi-asosiy o`quv rejalashtirish hujjatlaridan bir bo`lib, uni o`qituvchi o`quv dasturi va perspektiv mavzular rejasi asosida tuziladi. Unda darsning ta'lim-tarbiyaviy maqsadlari, o`qitish va tarbiyalash masalalari ko`rsatiladi hamda darsning tarkibi va elementlari, har bir elementga ajratilgan vaqt, o`qituvchi tomonidan izohlanadigan o`quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil ishlarning harakteri va mazmuni, uy topshirig`i va boshqalar ifodalanadi.
Dars deganda- o`qituvchning o`quv guruxiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o`zgarmas o`quvchilar bilan mashg`ulot o`tkazishi tushuniladi.
Klassifikator- oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash yo`nalishlari va mutaxassislarining tizimlashtirilgan ro`yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |