47
ravishda shunday mehnat sharoitlari olinadiki, noqulay omillar yo‘q bo‘ladi yoxud aholi uchun xavfsiz deb
topilgan darajadan yukori bo‘lmaydi.
Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari (2 sinf) –
ish joylari uchun muhitni omillari va mehnat jarayoniga
belgilangan gigiyenik normativi yukori bo‘lmagan sharoitlar, tanadagi funksional o‘zgarishlar esa belgilangan
tartibdagi dam olish vaqtida tiqlanadi yoki keyingi smena boshlanishiga tiqlanadi, ishlovchilarning yakin va
uzoq kelajagda sog‘lig‘iga va ularning avlodiga salbiy ta’sir etmaydi. Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari shartli
ravishda xavfsizdir.
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) –
belgilangan gigiyenik normativdan yukori bo‘lgan zararli ishlab
chiqarish omillari mavjudligi bilan ta’riflanadi va ta’siri natijasida ishlovchilarni tanasi yoki uning avlodiga
salbiy ta’sir etadi.
Xavfli (ekstremal) mehnat sharoitlari (4 sinf) -
shunday ishlab chiqarish omillar darajasiki, ish smenasi
davomida (yoki uning qismida) hayot uchun xavf yaratadi yoki yuqori xavf-xatarli o‘tkir kasbiy
shikastlanishga , shu jumladan og‘ir turlariga, olib boradi.
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) -
gigiyenik normativlar darajasidan oshib ketishi va ishlovchilar
organizmidagi o‘zgarishlarni ifodalovchi 4 ta zararlik darajasiga ega:
1-daraja 3 sinf (3.1) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari ta’sirida
ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, sog‘lig‘iga shikast yetkazish xavf-xatari
ko‘payadi, odatda zararli omillar ta’siri (keyingi smena boshlanishi)dan ham muddati ko‘proq bo‘lgan dam
olishdan keyin, tiklanadi.
2-daraja 3 sinf (3.2) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari ta’sirida
ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, kasb kasalligining boshlang‘ich alomatlari yoki
yengil turlari (kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotmasdan), davomli ekspozitsiyadan keyin (ko‘pincha 15 va
undan ortiq yillardan keyin) paydo bo‘ladi.
3-daraja 3 sinf (3.3) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari ta’sirida
ishlovchi organizmida turg‘un funksional o‘zgarishlarga olib keladi, ko‘pincha ish faoliyati davomida kasb
kasalligini yengil va o‘rta darajali turlari rivojlanishiga (kasbiy mehnat qobiliyati yo‘qoladi) olib boradi.(5-
jadval).
4-daraja 3 sinf (3.4) - shunday mehnat sharoitlarki, bunda kasb kasaligini og‘ir shakllari paydo bo‘ladi
(umumiy mehnat qobiliyati yo‘qoladi).
GOST 12.0.003-74 ga asosan xavfli va zararli omillar o‘z ta’siriga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: