Sun’iy yoritish va unga asosiy talablar
.
Sun’iy yoritish umumiy (yoritishni bevosita ish joyidan
ta’minlovchi mahalliy yoritish umumiy yoritishga kiradi) va kombinatsiyalashgan ko‘rinishlarda bo‘ladi. Bino
ichida faqat mahalliy yoritishdan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Uskunalarning joylashishiga bog‘liq holda yoritish teng taqsimlangan yoki ish joyini joylashishini
hisobga olgan holda ma’lum maydonni yoritishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Sun’iy yoritish ishchi va
avariyaviy bo‘lishi mumkin. Ishchi yoritishdan barcha hollarda normal ishlashni ta’minlash maqsadida
foydalaniladi, bunday tashqari ular odamlar o‘tish joyini, transport harakatini (tabiiy yoritish etarli
bo‘lmaganda) yoritishda ishlatiladi.
3. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash.
Shovqin va titrash ishlab chiqarish korxonalaridagi yo’zaga kelishi mumkin bo‘lgan zararli omillardan
hisoblanadi. Ishlab chiqarishda ishlovchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishda ularning meyorlariga
ham e’tibor beriladi.
Shovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Me`yordan yuqori, o’zoq ta`sir etgan Shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og’ir
kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.
Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga halaqit beradigan tovushlarga
shovqin deb ataladi
.
Titrash
qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va o’zoq davom etadigan
Shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta`sir ko`rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish
unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini bo’zadi.
Shovqin va titrashning insonga ta’siri
tebranishlar chastotasiga bog‘liq. 16 Gs dan kam chastotali
tebranishlar odamga silkinish - titrash kabi ta’sir qiladi. Shovqin insonga aosan eshitish organlari orqali ta’sir
etib, asb tizimlarini jarohatlaydi. Shuning uchun ham inson doimiy ravishda o‘zini shovqinlardan himoyalab
yurishi zarur. Shovqinning o’zoq muddatli ta’siri ostida insonning eshitish organida kasallik paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga asab tizimi izdan chiqib, buning oqibatida qon bosimi, ko‘rish organlarida kasalliklar yo’zaga
keladi.
Titrash insonga bevosita ta’sir etuvchi mexanik tebranma kuch hisoblanib, u takrorlanuvchi
bo‘lganligidan to‘lqinsimon tushunchaga ega deymiz. Titrash meyoridan ortishi bilan inson asab kasali, suyak
bo‘g‘inlari va mushak kasalliklariga yo‘liqadi. Titrash ta’sirida doimiy ishlovchilar titrash ta’sirini
kamaytiruvchi vositalardan foydalanishi talab etiladi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bo’lgan to`lqinlarini eshitadi. 15
Gts. dan past chastotadagi Shovqin infratovush, 20000 Gts. dan yuqorisi esa ul’tratovush hisoblanib, inson
organizmiga salbiy biologik ta`sir ko`rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |