3. Monografik usul.
Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz byergan ayrimssex, uchastka
yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik
jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariya-gigiyenik
mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ruy byergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb
kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo’yicha ham o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz hodisalarni
aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek, ko‘rilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga
o‘xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida
loyihalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish va mukammallashtirish chora-
tadbirlari ko‘riladi.
4. Ergonomik usul.
Bu usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mehnat
xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
5. Iqtisodiy usul.
Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar,
shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini olishga
ketgan harajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz
hodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
Mehnat sharoitlari ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab
chiqarish muhiti omillari yig’‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari yuzaga kelishi
uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta
asosiy guruhga bo‘linadi.
Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini tahlil qilish.
Baxtsiz hodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlab
bulmaydi, bu faqat baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‘la oladi. Ishchining ish sharoitida
ishlash faoliyatini o‘rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlash
imkoniyatini beradi
.
4.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini
tekshirish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olish” to‘g‘risidagi nizomi asosida olib boriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat
faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini
tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |