Fanidan O‘quv metodik majmua


-rasm. Ishchilarni xavfsiz usul va metodlari bo’yicha yo’ruqnoma berish va o’qitish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

 
2.1-rasm. Ishchilarni xavfsiz usul va metodlari bo’yicha yo’ruqnoma berish va o’qitish. 
 
2.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarda xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi 
qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb 
kasalliklariga olib kelishi mumkin. 
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi.
1.Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish;
2.Ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish; 
3.Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish. 
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni 
bajarish chog‘ida ish joyida,ssexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan 
ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi. 
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida 
yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni 
bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat. 
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va 
boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi. 
Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha umumiy qoidalar: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan 
bog‘liq holda yuz byergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va 
hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. 
Mazkur tartib: 

ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga; 

ish beruvchilarga; 

pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy shartnomalarlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan 
shaxslarga; 

tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga; 

agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el 
fuqarolarga; 

qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish 
uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy 
xizmatchilarga; 

korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq etiladi. 
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat 
safarlarida) yuz byergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta issiq 
yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshoatlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida 
hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar 


29 
(yer qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil 
zararlanishlari: 

ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir ishni 
amalga oshirilayotgandagi; 

avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati 
hodisasi natijasidagi; 

korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida ishga 
ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi; 

ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish 
beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi; 

mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat 
transportida yoki piyoda ketayotgandagi; 

shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida, qayerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq 
yordami ko‘rsatilayotgandagi; 

ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilganda va 
h.k. 
3.
Ikki yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‘limga olib keluvchi 
yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar to‘g‘risida ish beruvchi 
sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart: 

O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi; 

ijrochi hoqimiyatning tegishli organlariga; 

baxtsiz hodisa ro‘y byergan joy bo‘yicha prokuraturaga; 

O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi hoqimiyat organlariga; 

Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz byergan 
bo‘lsa); 

tegishli kasaba uyushmalari organlariga. 
Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi: 

mehnat muhofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi; 

O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya hoqimiyat organlari vakili; 

Kasaba uyushmalari organi vakili. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish