11
• elеktrоmаgnit mаydоn, lаzеr vа iоnlаshtiruvchi nurlаnishlаr vа bоshqаlаrning mаvjudligi kаbilаr.
Xаtаr
– оdаmning mа`lum bir fаоliyatidа shаkllаnuvchi Хаvfli hоdisаlаrning miqdоriy tаvsifini
ifоdаlаydi.
1.4. Xavflar, ularning tasnifi.
Xаvf dеb
– tirik vа tirik bo’lmаgаn mаtеriyaning shu mаtеriyaning o’zigа, ya`ni оdаmlаrgа, tаbiаtgа,
mоddiy bоyliklаrgа ziyon kеltiruvchi sаlbiy xususiyatigа аytilаdi. Xаvf HFXning mаrkаziy tushunchаsi
hisоblаnаdi. Xаvflаrni tаbiiy vа аntrоpоgеn kеlib chiquvchilаrgа аjrаtish mumkin.
Tаbiiy xаvflаr hаrоrаtni o’zgаrishi, tаbiiy оfаtlаr nаtijаsidа yuzаgа kеlsа, аntrоpоgеn xаvflаr insоn
fаоliyati nаtijаsidа hоsil bo’lаdigаn chiqindilаr, mеxаnik, issiqlik, elеktrоmаgnit enеrgiyasining chiqindilаrini
аtsmоsfеrаgа, suv hаvzаlаrigа tushishidаn hоsil bo’lаdi.
Xavflar quyidagicha sinflanadi:
1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq),
ekologik va boshqalarga bo'linadi;
2. Maxsus standartlar bo'yicha: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik;
3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo'yicha kelib chiqishiga ko'ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson
organizmida yig'iluvchi) bo'ladi;
4. Olib keluvchi oqibatiga ko'ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong'in va o'lim
xavflari;
5. Keltiruvchi zarariga ko'ra: ijtimoiy, texnik, ekologik;
6. Yakkalashi bo'yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar;
7. Kelib chiqish sohasiga ko'ra: turmushda, sportda, yo'l transportida, ishlab chiqarishda,
yuzaga keladigan xavflarga bo’linadi;
8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va hosil qilingan (oddiylarning ta'sirida hosil qilingan) bo’ladi;
9. Insonga ta'sir qilish harakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o'zi vujudga keltiradi.
Bular:
o'tkir
(sanchiluvchi
va
kesuvchi) qo'zg'almas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga
tegayotgan, tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.
Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior)
belgilari mavjuddir.
Har qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos bo’ladi. Faoliyatning birorta
turi yo'qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. Bulardan quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: har qanday
faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik harakterga egadir. Berilgan aksioma faqat uslubologik
va evristik ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: