Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi faninn o`rganish jarayonida muammoli ma'ruzalar o`tkazish, interfaol metodlar, pedagogik strategiyalardan foydalaniladi.
Fanning maqsadi -«Kasb ta'limi metodikasi» fanini o`rganIshning maqsadi talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik ta'lim sohasini 5140900 «Kasb ta'limi» yo`nalishi ta'lim sohalari bo`yicha ta'lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining ta'limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yecha olishida hamda ularning texnologiya va ishlab chiqarish ta'limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari:
talabalarda kasbiy ta'lim metodikasining terminalogik tushunish apparatini shakllantirish;
ta'limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirish;
ta'lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish;
kasbiy ta'lim yo`nalishi bakalavrlarining metodik ishlari tizimi bo`yicha tushunchalarni hosil qilish jarayonida o`quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo`yicha malakalarni shakllantirish.
Metodika – metod va usullarning yig`indisidan iborat bo`lib, qandaydir harakatni amalda bajarilishidir. O`qitish metodikasida u yoki bu fanni o`rganish haqida tushuniladi. Adabiyotlarda shunday so`z talqini uchraydi “O`qitish metodikasi”, “O`rgatish metodikasi”.
Lekin bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqlidir. Chunki o`qitish – bu o`rgatilganni faoliyati, o`rgatish esa – ularni birgalikdagi faoliyatibir. O`qitish metodikasining metodologik asoslari bilim nazariyasi bo`lib, umumiy qonuniyatlarni, nson atrofida sodir bo`layotgan, uni urab to`rgan dunyo shakli va metodlarni o`rganadi.
O`qitish metodikasi o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi muxandis-pedagogga quyidagini tushunitirishi kerak. qanday va nimaga o`qitish, qanday ketma-ketlikda va nimaga endi shunday o`qitiladi, boshqacha emas. U nafaqat metodlarning bilim ta'lim mazmunini, o`qitilayotgan fanlar majmuasini o`z ichiga oladi.
O`qitish metodikasi fani maxsus va ishlab chiqarish ta'limi fanlarni kasb-hunar maktablari va kollejlarda o`qitiladigan priedmetlarni bir butun guruxlar sifatida birlashtiradi.
Maxsus fanlar o`qitish metodikasi fanida talabalarga mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarishiga tadbiq etilgan holda o`quvchilarga o`qitish metodlarini o`rgatishdan iborat. O`quv jarayonida tarbiyaviy ishlarni olib borish, mutaxassislikka bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish va qobiliyatlarini rivojlantirish, kasb-hunar kolleji o`quv dasturlari hamda hujjatlarini to`gri yuritish kabi muammolarni echishga yordam beradi.
“O`qitish metodikasi” fani asosan “Pedagogika”, “Psixologiya”, “Fiziologiya” va mutaxassislik fanlari bilan bog`lik holda o`qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |