Ta'lim to`g`risidagi qonun, Kadrlar tayrlash
milliy dasturi, metodika, muhandis-pedagok, kasb-hunar,
kasbiy pedagogika, kasbiy ta'lim, qonuniyat, ishchi,
model, guruh, asoslar, nazariya, davr, tizim, tamoyil.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1995 yil fevral oyidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruzasida "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqoralar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jixatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yo`qsaltirish, milliy uyg`onish g`oyasini ro`yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib koladi" deb ta'kidlab o`tganlar.
Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo`lib o`tgan IX sessiyasida muhokama etilib, qabul qilingan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko`tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor bo`lgan qonunlar - «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni izchil amalga oshirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllantirildi. Uning asosiy tarkibiy kismlari kuyidagnlardan iboratdir:
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi;
Davlat va jamiyat – ta'lim va kadrlar tayerlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni kabul qilib olishning kafillari;
Uzduksiz ta'lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi;
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo`lgan extiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jixatdan ta'minlash jarayonining katnashchisi.
Mazkur milliy modelning asosiy elementlaridan biri bo`lgan uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbordosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o`ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to`kkiz yillik umumiy o`rta hamda uch yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir.
Bu yangi o`quv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bir tomondan o`qituvchi maxoratiga boshliq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtini zamonaviy texnika bilan ta'minlanganligiga bog`lik.
Kasb-hunar kolleji muxandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yo`qsak mehnat intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch xis tuyg`ularini tarbiyalash vazifasini quyadi.
Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyadan foydalana oladigan oqori malakali ishchilarni etishtirish demakdir.
Mazkur vazifani muvoffaqiyatli xal qilishda muxandis- pedagoglarning fan va texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, o`quv jarayonida ilg`or pedagogik va ishlab chiqarish ta'limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta ahamiyatga ega.
Oqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni xal qilishda “Kasb-ta`limi metodikasi” fani katta ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta'lim o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |