SO’Z BOSHI Mazkur o’quv uslubiy majmua (UMM) –5111000-Kasb ta'limi: (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari) ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabalariga «Kasb ta`limi metodikasi» fanini o’qitish uchun mo’ljallangan bo’lib, Texnika fakultetining “Kasbiy ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. «Kasb ta`limi metodikasi» fani o’quv uslubiy majmuasini yaratishda yetakchi xorijiy OTMlari o’quv dasturidagi asosiy adabiyotlardan foydalanildi.
O`zbekiston Respublikasida o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi jahon andozasi bilan uyg`unlashgan holda o`ziga xos yo`l bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta'lim to`g`risida” gi qonunlarini amalga oshirish bo`yicha qilinadigan dolzarb ishlardan biri kasb-hunar kollejlari uchun yangi pedagogik texnologiya asosida yoshlarga yuqori saviyada bilim beradigan pedagog bakalavrlarni tayyorlashdir. Talabalar kasb-hunar kollejlarida ixtisoslik fanlaridan ta'lim berish bo`yicha ishlashga tayyorlanadi. Bakalavr bo`yicha malaka tavsifnomasi, psixologik va pedagogik tayyorlashni ham ko`zda tutadi.
Metodik tayyorlashning mohiyati bo`lg`usi bakalavrni ta'lim berish va tarbiyalash texnologiyasi bo`yicha malakalarini shaklantirishdir.
Hozirgi kunda Respublikamiz kasb-hunar kollejlari zamonaviy o`quv jihozlari bilan ta'minlangan. Mana shu jihozlardan foydalangan holda o`qitishning ilg`or metodlarini va yangi pedogogik texnologiyalarni joriy eta oladigan pedagog-bakalavrlarni tayyorlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
I. SILLABUS «Kasb ta`limi metodikasi» fanining sillabusi
(2016/2017 o’quv yili)
Fanning predmeti va mazmuni. «Kasb ta`limi metodikasi» faninining mohiyati bo`lg`usi bakalavrni ta'lim berish va tarbiyalash texnologiyasi bo`yicha malakalarini shaklantirishdir.
Hozirgi kunda Respublikamiz kasb-hunar kollejlari zamonaviy o`quv jihozlari bilan ta'minlangan. Mana shu jihozlardan foydalangan holda o`qitishning ilg`or metodlarini va yangi pedogogik texnologiyalarni joriy eta oladigan pedagog-bakalavrlarni tayyorlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Fanning maqsadi–har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim – tarbiya ishini tashkil etish va amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim – tarbiya mazmuniga singdira oladigan ulug‘ inson – o‘qituvchini tayyorlashdir. Fanning vazifalari - talabalarda kasbiy ta’lim metodikasining terminalogik tushunish apparatini shakllantirish;
ta’limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
ta’lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish;
kasbiy ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarining metodik ishlari tizimi bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish jarayonida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo‘yicha malakalarni shakllantirish.