I N S E R T Инсерт – самарали ўқиш ва фикрлаш учун матнда белгилашнинг интерфаол тизими.
Инсерт – аввалги билимларни фаоллаштириш ва матнда белгилаш учун саволларнинг қўйилиш муолажаси. Шундан сўнг матнда учрайдиган, ҳар турдаги ахборотларнинг белгиланиши.
Инсерт - матн билан ишлаш жараёнида таълим олувчига ўзининг мустақил билим олишини фаол кузатиш имконини таъминловчи кучли асбоб.
Инсерт - ўзлаштиришнинг мажмуали вазифаларини ечиш ва ўқув материалини мустаҳкамлаш, китоб билан ишлашнинг ўқув малакаларини ривожлантириш учун фойдаланиладиган ўқитиш усулидир.
Matnda belgilash tizimi
() - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi; () - yangi axborot belgisi; () - mening bilganlarimga, zid belgisi; () - meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga qo‘shimcha axborot kerak belgisi.
Insert usuli qo‘llanilgan o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ishlar bosqichi va mazmuni
F a o l i ya t m a z m u n i
ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchilar
1-bosqich. Tayyorgarlik
O‘quv mashg‘ulot maqsadini aniqlaydi, uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlarini shakllantiradi, kerakli o‘quv materiallarini tayyorlaydi
2-bosqich.
Kirish
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
YOzib oladilar
3-bosqich
Asosiy qism
Mavzu bo‘yicha mavjud axborotlarni faollashtiradi: “aqliy hujum” usuli yordamida quyidagi savolga javob berishlarini taklif etadi: “Siz... shu to‘g‘risida nimalarini bilasiz?”
YOzuv taxtasida alohida so‘z yoki so‘z bog‘lovchilari ko‘rinishida yozishni tashkillashtiradi. Olingan axborotlarni toifalar bo‘yicha tizimlashtirishni taklif etadi. Buning uchun:
toifali jadval tuzilmasini jamoaviy muhokamasini tashkillashtiradi;
yozuv taxtasida jadval chizishni va unga (jamoaviy/alohida) olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi.
Hosil qilingan bilimlarni umumlashtiradi: quyidagi savolga javob berishlarini taklif qiladi: “Siz qanday yangiliklarni bilishni xohlar edingiz?”, “Sizga...shu to‘g‘risidagi bilimlar nima uchun kerak?”
Matnni tarqatadi, uni o‘qib chiqishni va insert usulidan foydalanib matn chetida belgilar qo‘yishni taklif etadi.
Ishning borishini kuzatadi. Ishning o‘zaro tekshiruvini o‘tkazish va o‘qish paytida paydo bo‘lgan savollarga javob berishni taklif etadi.
Ixtiyoriy belgi bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi va guruhli Insert jadvallarini tuzishni va ularga olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi.
Natijalar taqdimoti boshlanishini e’lon qiladi
Savollarga javob beradilar
Jadvalning tuzilmaviy tarkibiy qismlarini echishda ishtirok etadilar.
Unga axborotlar “kiritadilar”.
Savollarga javob beradilar
Juftlikda ishlaydilar; o‘rganilgan material bo‘yicha fikr almashadilar.
Muhokama vaqtida tanlab olingan axborotlarga asoslanib, guruhli jadvallar tuzadilar .
Guruh sardorlari natijalar taqdimotini o‘tkazadilar. Bunda ular e’tiborni asosiy axborotga qaratadilar, o‘qish davomida paydo bo‘lgan savollarni aytadilar
4-bosqich. YAkun yasash
Olingan axborotni umumlashtiradi va sharhlaydi. Paydo bo‘lgan savollarga javob beradi, muhim qo‘shimcha axborotni beradi. Maqsadga erishish muvaffaqiyatini tahlil qiladi va baholaydi. Keyingi ish istiqbollarini aniqlaydi