Yakuniy baholash yozma ish tarzda o`tkaziladi, talabalarga berilgan 5 ta savol, har bir savol 6 ball bilan baholanadi,maksimal 30 ballik tizimda baholanadi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha 55 foiz, ya’ni 39 ball va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirishiga yo`l qo`yiladi.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o`qishni boshlaganidan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan, ya’ni 39 baldan kam bo`lsa yoki semestr yakunida joriy. oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plangan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo`lsa. u akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o`zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o`zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko`ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
2
86-100 ball bilan baholanadi, qachon:
talaba berilgan vazifani nazariy va amaliy jihatdan atroflicha tushungan bo’lsa;
vazifani bajarishda polizchilik fanidan olgan bilimlarini to’la qo’llay olsa;
vazifani mustaqil ravishda bajarib, undan to’g’ri xulosalar chiqara olsa;
vazifa javoblarini to’g’ri va mukammal bayon eta olsa;
fan bo’yicha olgan nazariy bilimlarini misol va masalalarni echishda qo’llay olsa;
mehnat muhofazasi va hayot faoliyati havfsizligi fani yuzasidan berilgan variant savollariga to’liq va to’g’ri javoblar yozilgan bo’lsa;
ilmiy izlanishlarda tajriba o’tkazish metodikasi ko’rsatkichlari bo’yicha qo’shimcha ma'lumotlarga ega bo’lsa;
tajriba o’tkazish usullarini aniq ifodalab yoza oladigan bo’lsa;
yozma javoblarda ilmiylik, mantiqiylik bo’lib, imlo xatolar bo’lmasa;