Birinchi tibbiy yordam - to‘satdan shikastlangan va sog‘ligini yo‘qotgan
insonga salomatligini va hayotini saqlashga qaratilgan oddiy tibbiy tadbirlarni
ifodalaydi.
Jabrlanuvchini qutqarish gid tomonidan tibbiy yordamni qanchalik tez va
to‘g‘ri ko‘rsatganiga bog‘liq bo‘ladi.
Birinchi tibbiy yordamning mazmuni jabrlangan insonga jarohatlangan
a’zolaridagi og‘riq taassurotini kamaytirish, oddiy tibbiy yordam uslublarini
qo‘llashga va shikastlangan insonni tez shifoxonaga yuborishdan iboratdir.
Birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkillashtirish uchun quyidagilar
bajarilishi zarurdir:
har bir turistik firmada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga va gid
aptechkasida saqlanishi lozim bo‘lgan tibbiy vositalarning mavjudligiga javobgar
bo‘lgan mas’ul shaxsni tayinlash;
har bir turistik firmada gidlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
qoidalariga o‘qitilishini tashkil etish;
gid tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam shifokor kelguniga qadar
(shifokor o‘rnida emas!) ko‘rsatiladigan yordam bo‘lib, quyidagilarni qamrab
oladi: jarohat joyidan qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, jarohatlangan a’zoning
267
(kuygan sohani) boylami, og‘ir shikastlanganda shu sohani immobilizatsiyalash
(a’zoni qimirlatmaydigan qilish), jonlantirish tadbirlarini (sun’iy nafas berish,
yurakni massaj qilish) o‘tkazish, umumma’lum bo‘lgan kasalliklarda og‘riq
qoldiruvchi va boshqa dori vositalarini to‘g‘ri berish, jabrlanuvchini shifoxonaga
transportda jo‘natish.
Gid aptechkasida (komplektatsiyalash yo‘riqnomasi asosida) tibbiy yordam
ko‘rsatishda lozim bo‘lgan barcha tibbiy vositalar bo‘lmog‘i shart.
Gid ekskursiya jarayonida jabrlangan insonga birinchi tibbiy yordamni tezda
ko‘rsatishi uchun u eng avvalo insondagi hayot va o‘lim belgilarini anglay olishi
shart.
Insondagi hayot belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
gid jabrlanuvchining yurak urishini ko‘krak qafasining chap sohasiga
qo‘l kaftini qo‘yib yoki qulog‘i bilan eshitib aniqlaydi;
pulsni bilakning ichki sohasidan, bo‘yindan paypaslab aniqlaydi;
nafas olish mavjudligini aniqlash ko‘krak qafasining harakatiga, og‘iz
yoki burunga oynachani ushlab namlanishiga qarab yoki burunga yaqinlashtirilgan
paxta tolasining harakatiga qarab aniqlaydi;
ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka reaksiyasiga, ya’ni ko‘zga yo‘naltirilgan
yorug‘likka ko‘z qorachig‘i keskin torayishi orqali aniqlaydi.
Hayot belgilarining mavjudligi, jabrlanuvchiga zudlik bilan tibbiy yordam
ko‘rsatib, uning hayotini saqlash mumkinligidan dalolat beradi.
Insonlarda klinik o‘lim 5-7 daqiqa davom etib, bunda inson nafas olmaydi,
yurak qisqarishlari kuzatilmaydi, biroq to‘qimalarda qaytmas jarayon belgilari hali
mavjud bo‘lmaydi. Bu davrda organizmni hali hayotga qaytarish mumkin bo‘ladi.
8-10 daqiqa o‘tgach biologik o‘lim jarayoni qayd etiladi. Bu fazada jabrlanuvchi
hayotini hayotiy muhim a’zolari miyada, yurakda, o‘pkada qaytmas jarayon sodir
bo‘lganligi sababli saqlab qolish mumkin bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |