13.3. Gidning huquq va majburiyatlari, moddiy javobgarligi
Fanning avvalgi mavzularida gidga qo‘yilgan talablar, gid faoliyatini tashkil
qilishning o‘ziga xosligi ko‘rib chiqilgan edi. Ushbu rejada gidning huquqlari,
majburiyatlari va moddiy javobgarligiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.
Gid o‘z faoliyatini yuritishda quyidagilarga amal qiladi:
bajaradigan ishiga tegishli me’yoriy hujjatlarga;
bajaradigan ishi bo‘yicha uslubiy materiallarga;
korxona nizomiga;
lavozim yo‘riqnomasiga;
turistik firma direktorining buyruqlari va farmoyishlariga.
Gid quyidagilarni bilishi kerak:
turizm industriyasining huquqiy va ijtimoiy asoslarini;
mintaqaning tarixi, madaniyati va geografiyasini;
tarixiy, madaniy, geografik diqqatga sazovor ob’ektlarni;
ekskursiya xizmatini tashkil qilish texnologiyasini;
xorijiy tilda ekskursiyani olib boruvchi gidlar chet tilini;
muzeylar va boshqa madaniy markazlarning ekspozitsiya materiallarini;
milliy va xorijiy etiketni;
shaxslararo muloqot qilish madaniyatini;
psixologiya asoslarini;
piyoda, transportda va aralash marshrutlarda xizmat ko‘rsatish
qoidalarini;
shahar va shahar tashqarisida, yaqin va uzoq marshrutlarda ishlash
qoidasini;
transport vositalarida turistlarni (ekskursantlarni) o‘zini tutish qoidasi
haqidagi yo‘riqnomalarini;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini;
favqulodda vaziyatlarda harakat jadvalini;
262
hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobotlarni tuzish tartibini;
iqtisodiyotni, mehnatni va boshqaruvni tashkil etish asoslarini;
mehnat kodeksini;
mehnatni muhofaza qilish normalari, yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Gid o‘z faoliyatini yuritishda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan turfirma rahbarining qarorlari
loyihasi bilan tanishish;
lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlar bilan bog‘liq,
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni rahbariyatga taqdim etish;
lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zaruriy bo‘lgan ma’lumot va
hujjatlarni mutaxassislardan, rahbarlardan olish;
unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish (hal etishda) turfirmaning
boshqa bo‘linmalari mutaxassislarini jalb qilish;
turfirma rahbariyatidan o‘zining huquq va majburiyatlarini bajarishda
yordam so‘rash.
Gidning lavozim majburiyatlariga quyidagilarni keltirish mumkin:
ekskursiya xizmatini o‘tkazish metodikasi, asosiy matn, ekskursiya
marshrutiga muvofiq ravishda mijozlarga ekskursiya xizmatini tashkil qilish;
ekskursiya ob’ektlari haqida ma’lumotlarni, statistik hujjatlarni, arxiv
hujjatlari va boshqa hujjat ma’lumotlarini yig‘ish va o‘rganish;
ekskursiya xizmatining individual matnini, ommaviy chiqishlar matnini
mijozlarning segmentiga qarab yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini
o‘z ustida ishlash, uslubiy to‘garaklar seminarida, gidlarning ijodiy
yig‘ilishlarida, konferensiyalarda ishtirok etish;
turistlarning tashrif joyi va kelish vaqti to‘g‘risida ma’lumotni olish,
ularni kutib olishni tashkil etish, turistlarning tarkibiga aniqlik kiritish;
263
ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
bo‘yicha ekskursantlarga yo‘riqnoma o‘tkazish;
ekskursiya xizmati yo‘llanmalari va boshqa hujjatlarini to‘ldirish;
turistlar(ekskursantlar) betob bo‘lib qolganida, jarohat olganida birinchi
tibbiy yordamni ko‘rsatish va zarur bo‘lganda «tez tibbiy yordam»ni,
qutqaruvchilarni chaqirish;
favqulodda vaziyatlarda turistlar (ekskursantlar) harakatini yo‘naltirish
va kerakli organlarni xabardor qilish;
hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish.
Gid quyidagi vaziyatlarda javobgarlikka tortiladi:
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligi doirasida
lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan lavozim majburiyatlarini bajarmaganida;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ma’muriy, jinoiy va fuqarolik
qonunchiligi doirasida o‘z faoliyatini yuritishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganida;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi moddiy zarar ko‘rsatilsa,
fuqarolik va jinoiy, mehnat qonunchiligi doirasida moddiy zarar yetkazganida.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki,
ekskursiya xizmati jarayonida turistlar, ekskursantlarning xavfsizligi to‘liq
ta’minlanishi uchun ham turist(ekskursant) va gid ham o‘z huquq va
majburiyatlarini yaxshi bilishi, tushunishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |