Qabr oldida. Masjid ichkarisining g‘arbiy tomonida bir marmar qabrtosh
bor. Bu oq marmardan ishlangan qabrtosh sandiq shaklida bo‘lib, uzunligi
xorazmliklar urf-odatiga xos bo‘lmagan holda shimoldan janubga qilingan. Bu
degani Xorazmda qabrlar sharqdan g‘arbga qilib, yer ustiga quriladi va mozor
ichida jasadning boshi g‘arbga, yuzi janubga qaratib qo‘yiladi. Yer ostiga dafn
qilinmasligining sababi voha Turon past tekisligida joylashgani uchun yer osti suvi
186
yaqinligidir. Bu yerda ikki metr qazilsa handak, quduq hosil bo‘lib suv paydo
bo‘ladi. Qariyalar farzandlarini tarbiyalaganda boshini qibla-janub tomonga qo‘yib
uxlashni o‘rgatishadi. Chunki, odam shu holatda uxlasa, yaxshi dam olar ekan.
Ya’ni, kishi boshini shimol tomonga qo‘yib uxlasa, yer aylanishi ta’siri ostida
uning yuragi yarim quvvat bilan ishlab, dam olar ekan. Agar kishi janubga bosh
qo‘ysa, unda yer magnit maydoniga moslashib, tanasi va yuragi dam olar ekan.
Qadimgilar bu amalni xalqqa juda oddiy qilib, o‘lik boshini g‘arbga qo‘yishi bilan
uning kuni (quyoshi) tugaydi, faqat o‘lik shunday yotadi, deb tushuntirishgan.
Jome’ masjid bir necha marta qayta tiklanganligi sababli, masjid tomonga
kengaytirilgan vaqtda Abbosquli qabri masjid ichkarisida qolgan. Eronlik
Abbosqulining bu qabri omonat bo‘lib, vaqti kelganda o‘z yurtiga olib ketish
uchun mo‘ljallangan edi. Shuning uchun qabr teskari ya’ni, shimol-janub
yo‘nalishida qurilgan.
Masjid eshigidan kirilgach, ikkinchi qatorda turgan bir ustunning daraxti
to‘g‘risida bahs mavjud. Uning naqshlari Hindiston uslubiga o‘xshaganligi uchun
Pahlavon Mahmudga hind podshohidan sovg‘a qilingan va g‘o‘zapoya daraxtidan
ishlangan deb hisoblanadi. Haqiqatan ham undagi naqshlar boshqa hech bir ustun
yoki eshiklarda uchramaydi. Ayniqsa, naqshlar ichiga yashirilgan o‘tirgan
holatdagi Budda va tikka turgan Braxmaning tasviri bu farazlarni go‘yo isbotlaydi.
Rivoyat qilishlaricha, Hindistondan keltirilgan yana bir ustunga Xo‘jayi
Xizrning qo‘li tekkan, shu sababli masjid ustunlari jamiysi har sanaganda har xil
chiqadi, ya’ni yanglish sanaladi. Bir necha marta sanash kerak bo‘ladi, oxirigacha
kelib yanglishib ketiladi. Masjid haqidagi yozilgan kitoblarda 212, 211, 200 ta
ustun sonlari ko‘rsatiladi.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt
beriladi. Savollarga javob beriladi).
187
10.12-rasm. Jom’e masjididagi mashhur ustunlar.
188
1
10.12-rasm. Jom’e masjidini ko’rsatish tartibi.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |