Ekskursiya jarayonida ob’ektlarni ko‘rsatishning bosqichlari
Murakkab konstruksiyali ob’ektlarni yoki keng joylar - bog‘larni, urush
maydoni kabi ob’ektlarni ekskursantlar o‘zlashtirishlari oson kechishi uchun avval
hududni maket, model, chizma, rejada ko‘rsatish maqsadlidir. Bu ekskursantlarga
ob’ekt konstruksiyasini tushunishga, o‘lchamlarini his etishga, detallarini
o‘rganishga yordam beradi.
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni ikki tomonlama jarayon
bo‘lib, u quyidagilarni birlashtiradi:
a)
ob’ektning
mohiyatini
tushuntirishga
yo‘naltirilgan
gidning
faol
harakatlarini;
b) ekskursantlarning faol harakatlarini (kuzatish, o‘rganish, tadqiq qilish).
112
Do'stlaringiz bilan baham: |