13- mavzu: EKSKURSIYA XIZMATIDA EKSKURSANTLARNING
XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
13.1. Turist va ekskursantlarning qonunchilik tomonidan himoyasi va
xavfsizligini ta’minlash
13.2. Turist va ekskursantning huquq va majburiyatlari
13.3. Gidning huquq va majburiyatlari, moddiy javobgarligi
13.1. Turist va ekskursantlarning qonunchilik tomonidan
himoyasi va xavfsizligini ta’minlash
Turizm sohasida xavfsizlik – turizm sohasidagi davlat va yuridik
shaxslarning, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa holatlardagi
qonuniy va huquqiy manfaatlarini ta’minlovchi omillar majmuasidir. Davlat
boshqaruvi tashkilotlari va mahalliy o‘z o‘zini boshqaruv tashkilotlarining
mansabdor shaxslari o‘zlarining vakolati doirasida quyidagilarga yo‘naltirilgan:
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
belgilangan
turistik
sayohatlarni amalga oshirishda fuqarolarning hayoti va sog‘ligini atrof muhitdan
saqlash, xavfsizlik huquqlarini O‘zbekiston fuqarolari chegara doirasida himoya
qilish;
atrof- muhitga zarar keltirmagan holda turistlarning (ekskursantlarning)
shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, ularning mulkini saqlash;
mamlakatga vaqtinchalik kelgan turistlarning(ekskursantlarning) turistik
faoliyatni amalga oshirishda sub’ektlarning xavfsizligiga tahdidlar haqida xabardor
etish;
favqullodda vaziyat sodir bo‘lganda turistlarga(ekskursantlarga) zarur
bo‘lgan yordamni ko‘rsatish;
turistlarga (ekskursantlarga) tibbiy, huquqiy va boshqa ko‘rinishdagi
kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlardan to‘sqinliklarsiz foydalanish va aloqa
vositalari bilan ta’minlash;
258
turizmdan noqonuniy migratsiya, mehnat va fuqarolarni ekspluatatsiya
qilishning boshqa ko‘rinishdagi maqsadlarda foydalanishni ta’qiqlash;
O‘zbekistonning turistik resurslarini, atrof -muhitini va madaniy
yodgorliklarini o‘rnatilgan tartiblar asosida himoya qilish;
Turistlarning (ekskursantlarning)
boradigan ob’ektlarini tabiiy va
texnogen halokatlardan va boshqa favqulloddagi vaziyatlardan xavfsizligini
ta’minlash va h.k.
Turistik korxona turistik faoliyatni amalga oshirishda turistik sub’ektlarni
xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagilarga majbur:
sayohat vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘ladigan xavf to‘g‘risida va
umumiy talablarni bajarish yoki ehtiyotdan ko‘rilgan chora tadbirlar haqida
turistlarni(ekskursantlarni) xabardor qilish;
turistik xizmatlarni taqdim etish vaqtida xavfsizlik shartlarini yaratish,
safar, sayr va ekskursiya vaqtida tegishli choralar bilan ta’minlash;
yuqori xavf-xatarli turistik xizmatlarni (avtomobilli, tog‘li, chang‘ili,
suvli, velosipedli speleoturizm va boshqalar) taqdim etishda maxsus xavfsizlik
talablari bilan ta’minlash;
turistlarni(ekskursantlarni) ko‘ngilsiz voqealar haqida ogohlantirishni,
birinchi tibbiy xizmatni ko‘rsatishni, shikastlanishdan saqlanish va oldini olishning
o‘rgatilishini ta’minlash;
sayohat vaqtida jabr ko‘rgan shaxslarga birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatilishini va transportirovkasini ta’minlash;
favqullodda
vaziyatdagi
turistlar(ekskursantlar),
yo‘qolib
qolgan
shaxslar haqida mahalliy organ va mas’ul shaxslarni zudlik bilan ogohlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |