Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Ekskursantlarda e’tibor susayishi va uni bartaraf



Download 6,43 Mb.
bet126/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

9.2. Ekskursantlarda e’tibor susayishi va uni bartaraf

etish yo‘llari


E’tibor qilish (diqqat qilish) insonning u uchun muhim bo‘lgan biror ob’ektga

ruhiy faoliyatini yo‘naltirishi va fikrini jamlashidir. Ekskursantlarning e’tibori


faqatgina ekskursiya mavzusi materiallariga qaratilishi uchun gid ularning fikrlash

faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi, yo‘naltirishi lozimdir. Ekskursiya xizmatida

ob’ektlarni ko‘rish va hikoyasida yangilik, mazmundorlik, soddalilik uyg‘unlashib,

mavzu dolzarb bo‘lsagina ekskursantlar diqqati barqaror bo‘lishi mumkin. Katta

138

hajmdagi ma’lumot ham qanchalik qiziqarli bo‘lmasin e’tibor susayishiga olib

kelishi mumkin, gid bu kabi holatlar bilan kurashishni o‘rganishi lozim.

Gid hikoyasining qaysi daqiqalarida, qanday oraliqda e’tibor susayishi

boshlanadi? Ekskursiya xizmati amaliyoti bilan bog‘liq bunday ilmiy tadqiqotlar

o‘tkazilmagan, lekin har bir gid o‘z tajribasida bu kabi muammoga duch keladi.

E’tibor susayishining davriyligi va davomiyligi ko‘pgina sabablarga bog‘liq: gid

ma’lumotlarining eskirganligi, nutqning yetarlicha obrazli, hissiyotli bo‘lmasligi,

ob’ektni ko‘rsatish va hikoyasi mazmunidagi bog‘liqlikning yo‘qligi, gid

tomonidan ekskursantlar guruhining o‘ziga xosligini tahlil qilmaganligi va h.k.

Ma’ruza o‘qish metodikasidan e’tiborning susayishi vaqti borasidagi

yo‘nalishli ma’lumotlarni olish mumkin. Notiqlarning chiqishini tadqiq qilgan

olimlar shuni aniqlashdiki, tinglovchilarda birinchi e’tibor susayishi ma’ruzaning

14-18 daqiqasida, ikkinchisi birinchisidan so‘ng 11-14 daqiqada, uchinchisi 9-11

daqiqadan so‘ng, to‘rtinchisi 8-9 daqiqadan so‘ng va keyinchalik har 4-5 daqiqada

yuzaga keladi. Birinchi raqamlar yoshlardagi e’tibor susayishini ko‘rsatsa,

ikkinchisi katta yoshdagilarga xosdir. Bu ma’lumotlarni gid ham notiq sifatida
inobatga olishi mumkin, lekin uning faoliyati tashqi xalaqit beruvchi omillarning

ta’siri bilan murakkablashadi(masalan, zaldagi ma’ruzachidan ko‘ra).

Ekskursiya jarayonida ob’ektlar, manzara o‘zgarib turadi va bu ekskursantlar

e’tiboriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bitta ob’ekt oldida 10 - 15 daqiqa uzluksiz

ma’lumot berilsa yoki avtobus harakatida atrof-muhit o‘zgarishsiz qolsa,
hikoyaning 4-5 daqiqasidayoq diqqat susayishi boshlanadi. Uni quyidagi
belgilardan aniqlash mumkin: ekskursantlar bir-biriga savol bilan murojaat

qilishadi, hikoyaga quloq solishmaydi, ko‘z qarashlaridan bilib olish mumkin,

ba’zi ekskursantlar guruhdan ajralib, ob’ektni mustaqil o‘rganishadi.

Ekskursantlardagi e’tibor susayishini oldini olish va uni yuqori darajada


saqlab qolish uchun gid ularni faollashtiruvchi ruhiy- pedogogik usullarni oldindan

o‘ylab qo‘yishi kerak. Ekskursantlar e’tiborini saqlab qolish uchun bir necha


usullar tavsiya etiladi.

139
Birinchisi, ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish tartibi. Shahar ichidagi 3 soatli

avtobusli ekskursiyada 30 tagacha asosiy ob’ektlarni kiritish mumkin. Bunda har

bir ob’ektga 4 daqiqalik hikoya to‘g‘ri keladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni

ekskursantlar e’tiborini faollashtiruvchi samarali jarayon bo‘lishi uchun u konkret,
obrazli, faol, mantiqan ketma-ket, mavzu mazmunini yoritishda navbatdagi

pillapoya bo‘lishi kerak.



Ikkinchisi, «gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalardan foydalanish. Ob’ektlar

yetarli bo‘lmagan marshrut uchastkalarida va gid hikoyasi 10-15 daqiqa to‘xtovsiz

davom etganda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhimdir. Ko‘rgazmali

vosita ekskursantlarning hikoyaga bo‘lgan e’tiborini ko‘taradi, ular eshitishdan

ko‘rishga o‘tadi.

Ekskursiya mavzusi matniga «yorqin faktlar», qiziqarli epizodlarni kiritish


tavsiya etiladi. Solishtirish uchun keltirilgan raqamli faktlar yaxshi samara beradi.

Ekskursantlar e’tiborini saqlab qolish uchun qo‘llanilgan yorqin faktlar


ekskursiya


mavzusiga
mantiqan
mos
kelishini
ekskursiya
matni
ustida

ishlayotganda inobatga olinadi.

Hazillar, latifalar ham diqqat susayishi bilan kurashda qo‘l keladi. Hazil aqliy

va jismoniy yengillik bag‘ishlaydi, eshituvchilarda ijobiy kayfiyat uyg‘otadi, gid

va ekskursant o‘rtasida iliq munosabatlarni shakllantiradi. Gid shuni yodda tutishi

kerakki, ekskursantlarni atayin kuldirish uchun mavzuga to‘g‘ri kelmaydigan


hazillar, latifalardan foydalanmaslik lozim.

Yuqorida aytib o‘tilgan savol-javob usulini ham ekskursantlardagi e’tibor

susayishini oldini olishda qo‘llash mumkin.


Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish