Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish



Download 6,43 Mb.
bet102/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish– individual nutq (monologik)

namunasi bo‘lib, omma oldida qabul qilingan nutq me’yorlariga rioya qilingan

holdagi gidning ovozli shaxsiy matnidir. Ekskursiya xizmati ob’ektlarini hikoya

121
qilish jarayoni og‘zaki axborotdan - ko‘rgazmali, ko‘rgazmali taassurotlardan -

so‘zli baholash va xulosalarga qarab kengayib boradi. N.A.Geynikening

ta’kidlashicha, mavzuni o‘rganishda hikoyaning me’yoridan oshishi, ekskursiya

xizmatida og‘zaki materiallarning ko‘payishi uning asosiy ahamiyatliligini

yo‘qotadi. Gidlarda tez-tez uchrab turadigan kamchilik ular tomonidan ekskursiya

ob’ektlari unchalik ko‘p ko‘rsatilmaydi aksincha, hikoya qilinadi. Bu esa

ekskursantlarning o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini susaytiradi, ya’ni

ekskursiya jarayonini illyustratsiyaga boy ma’ruzaga aylantiradi. Demak,

ekskursiya xizmatida hikoya qilinayotgan har bir narsa ko‘rgazmali qatorda

bo‘lishi lozim. Gid guruhga ob’ektni ko‘rsatish bilan birga uni chuqur tahlil qiladi,
tushuntiradi, tarixiy dalillarni keltiradi.

Ekskursiya jarayonida ob’ektlar ekskursantlar ko‘z oldida tarixni tiklaydi,


ishonchli tarzda uni tasvirlashga yordam beradi. Hikoyaning mazmundorligi

ob’ektga, ya’ni uning o‘ziga xosligi, axborotga naqadar boyligiga bog‘liq.


Ekskursiya xizmatining umumiy davomiyligiga hikoya qilish jarayonining ulushi

kamroq bo‘lishi zarur.

Ekskursiya xizmati hikoyasiga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Hikoya

qilishda gidning xayoliga to‘satdan biror fikr kelishi mumkin. Masalan: mamlakat,


xalqning ayni damda boshidan kechirayotgan holatlari, voqea, hodisalar, dalillar,

she’riy ijod hamda badiiy asar namunalari va shu k. Ekskursiya xizmati hikoyasiga

qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

 mavzuiyligi;

 aniqligi;

 bog‘liqligi;

 mantiqiyligi;

 qisqa va lo‘ndaligi;

 ishonchliligi;

 soddaligi;

 yakunlanganligi;

 ko‘rsatish jarayoni bilan bog‘liqligi,


122
 ilmiyligi.

Ekskursiya ob’ektlarini hikoya qilish monolog xususiyatiga ega. Shuni ham

ta’kidlash joizki, ayrim gidlar ekskursiya jarayonini ma’lum bir qismini dialogga

aylantirishadi. Gid hamda ekskursantlar o‘rtasidagi dialog jarayonida materialni

qabul qilish faollashadi. Ekskursiya xizmatida monologdan dialogga o‘tishda
ekskursantlar tomonidan beriladigan savollarga javob berishi va ularning
replikalari bilan ishlash giddan katta mahorat talab qiladi.

Ekskursant replikasi – uning biror- bir narsa yuzasidan fikri bo‘lib, u har

doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Ekskursantlar replikasidan chekinish tavsiya


etilmaydi. Gidning ekskursantlar replikasi bilan ishlashining metodikasi mavjud

bo‘lib, u replikalarga javobni (ekskursantlardan birining fikriga javob reaksiyasi)

mohirlik bilan hikoyaga bog‘lab ketishi lozim.

Gidning hikoyasi ekskursiya xizmatida quyidagi vazifalarni bajaradi: ob’ektni



ekskursantlar

to‘g‘ri


tushunishiga,

baholashiga

va

ko‘rishiga


yaqindan

ko‘maklashadi, ko‘rganlari asosida ma’lum bir xulosalar qilishga yordam beradi.

Gid hikoyasi davomida ob’ektning ko‘rib bo‘lmaydigan tomonlarini ham ularga


yetkazib beradi. U ekskursantlar kuzatuvini umumlashtirgan holda, olgan

axborotni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlab beradi.

Ekskursiya xizmatida ma’lumotni bir turdan (nutq) boshqa bir turga

(tomoshaviy namuna) o‘zgartirish uchun ma’lum bir sharoitlar yaratilishi kerak.

Mazkur o‘zgarish hikoya mazmuniga, gid nutqi (obrazlilik darajasi), ma’lumotni

taqdim etish metodikasiga bog‘liqdir. Badiiy asarlardan namunalar keltirish

transformatsiyaga keng yo‘l ochib berib, adabiy montaj va sitatalardan foydalanish
usuli shundan kelib chiqadi.

Nutqning tushunarliligi, aniqligi, ifodaligigi bir necha omillarga bog‘liq,


jumladan:

fikrlarni yorituvchi so‘zlarni to‘g‘ri tanlash;



gaplar orasida bog‘lovchilar, nutqning ifodali vositalaridan foydalanishi,

nutq texnikasini egallash (nafas olish, ovoz, diksiya);



nutq ohangiga e’tibor qaratish.


123

Gidning tili ma’lum bir mezonlarga javob berishi lozim: oydinlik

tinglovchilarga tushunarli va mosligi, aniqlik – nutq tarkibi gidning fikri,

ekskursiya maqsadi va mavzusiga muvofiqligi, ravonlik – til vositalaridan

foydalanishning mantiqiy to‘g‘riligi.



Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish