Zaharlanishlarda birinchi tibbiy yordam
Gazlardan zaharlangan (atsetilen, is gazi, benzin parlari va h.k.) insonlarda
bosh og‘rig‘i, chakkalarida kuchli og‘riq, quloqlari shang‘illashi, umumiy
holsizlik, bosh aylanishi, uyquchanlik, og‘ir holatlarda qo‘zg‘aluvchanlik, nafas
olishning buzilishi, ko‘z qorachiqlarining kengayishi kuzatiladi.
Turli zaharlanishlarda tibbiy yordam ko‘rsatayotgan gid quyidagilarni
bajarishi lozim:
gaz zonasidan jabrlanuvchini olib chiqish;
281
kiyimlarini yechib toza havo kelishini ta’minlash;
jabrlanuvchining oyog‘ini osmonga qilib yotqizib qo‘yish (gaz isidan
zaharlanishda faqat gorizontal holatda yotqizish);
ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish;
nafas olish jarayoni to‘xtaganda sun’iy nafas berish tadbirini o‘tkazish;
zudlik bilan yuqori saviyali tibbiy yordam beradigan mutaxassisini
chaqirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |