Fanidan mustaqil ish 23-Mavzu


Aylanma vositalar deganda



Download 72,76 Kb.
bet2/4
Sana14.06.2022
Hajmi72,76 Kb.
#669025
1   2   3   4
Bog'liq
qishloq shaxzod

Aylanma vositalar deganda ishlab chiqarish davrida bir marta ishtirok etadigan va o’z qiymatini to’lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazuvchi moddiy-pul mablag’larining yig’indisi tushuniladi.
Aylanma vositalar mehnat predmetlariga kiradi. Asosiy vositalardan farqli ravishda ular har bir ishlab chiqarish jarayonida nafaqat to’liq sarflanadi, shuningdek, o’zining dastlabki moddiy - asl shaklini o’zgartiradi ham.
Aylanma vositalar bilan ta‘minlanganlik ishlab chiqarishning uzluksizligiga, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga, ishlab chiqarishning yangi davri o’z vaqtida moliyalashtirilishiga hal qiluvchi ta‘sir o’tkazadi.
Aylanma vositalarning aylanishi uch bosqichdan iborat: pulga, ishlab chiqarishga va tovarga oid.
Qishloq xo’jaligida aylanma vositalar sanoatdagi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridagi aylanma vositalardan farq qilib, o’ziga xos xususiyatlarga ega:
-Ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi munosabati bilan aylanma vositalar aylanishining ko’pga cho’zilishi. Shuning uchun aylanma vositalarini avanslashtirish me’yoriy miqdorda va uzoq vaqtga mo’ljallab sarflanishga to’g’ri keladi.
-Mehnat predmeti xarajatlarining notekisligi va ularning oborotdan chiqib ketishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi sababli yilning turli davrlarida ular tarkibining keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Qishda aylanma vositalar urug’, yem shaklida zahirada turadi, yozda esa ularning katta qismi tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflanadi.
-Aylanma vositalarning bir qismi ichki xo’jalik oborotida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining anchagina qismi sotilmaydi, balki natural shaklda (urug’, yem-xashak) qaytadan ishlab chiqarish jarayoniga kelib tushadi.
-Xo’jalik yuritishning turli tuman shakllari sharoitida aylanma vositalar nafaqat davlat, balkim dehqon xo’jaligi va jamoa mulki bo’lishi mumkin. Shu boisdan ular moliyalashtirish manbalari va me’yorlashtirish usullaridan farq qilishi mumkin.
2.Asosiy va aylanma fondlar (vositalar) tarkibi va manbalari. Asosiy va aylanma fondlarning ishlab chiqarishda qatnashishi buyicha guruxlanishi.
Asosiy fondlar eng avvalo:
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari;
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi:
a).qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlari;
b).qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan aso­siy ishlab chiqarish fondlari.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • binolar

  • inshoatlar

  • kuch uzatish qurilmalari

  • mashina va uskunalar

  • transport vositalari

  • ishchi hayvonlar

  • mahsuldor mollar

  • ko’p yillik mevali daraxtlar

  • yerlarni meliorativ holati

Qishloqxo’jaligiga mo’ljallanmagan ishlab chiqarish fondlariga sanoat ishlab chiqarish vositalari, qurilish vositalari, savdo va umum ovqatlanish vositalari va boshqalar kiradi.
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga uy joylar, klub, bolalar bog’chalari, maktablar va ularning uskuna va inventarlari kiradi.
Qishloq xo’jaligida aylanma vositalar shakllanish manbalari bo’yicha ikkiga bo’linadi:

    1. Xususiy.

    2. Qarzga olingan.

Aylanma vositalar bir-biridan, ularni baholash usullari bo’yicha ham farq qiladi:
-Qishloq xo’jaligining o’zida chiqadigan o’tgan yilgi va joriy yilgi mehnat predmetlari haqiqiy tannarxi bilan baholanadi.
-Sanoatdan olinadigan mehnat predmetlari haqiqiy xarajatlari (sotib olish va yetkazish xarajatlari) bo’yicha baholanadi.
-Ijara jamoalaridagi mehnat predmetlari yagona ichki xo’jalik baholari bo’yicha baholanadi.
2.Qarz hisobiga shakllanadigan aylanma vositalartovar-moddiy boyliklarning me’yordan ortiqcha qoldiqlari va mavsumiy xarajatlari uchun olingan kreditlarni bildiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma mablag’lar ulardagi aylanma fondlar va muomala fondlaridan tashkil topadi.
Aylanma fondlarni o’zlarining ichidagi o’rniga qarab 2 guruhga bo’linadi:
1.Ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlarga - yosh mollar va boquvga ajrati­lgan hayvonlar, parrandalar, kelgusi yil uchun qilingan xarajatlar kiradi.
2.Ishlab chiqarish zahiralari, yem-xashak, urug’lik, ko’chatlar, ehtiyot qismlar, tez eskiradigan vositalar va boshqa buyumlar kiradi.
Aylanma mablag’larning manbalari 2 ga bo’linadi: o’ziniki va sotib olingan aylanma mablag’lar.


Download 72,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish