Fanidan “Moliyaviy boshqaruv organlari” mavzusida mustaqil ishi bajardi: sst-52-guruh talabasi M. Razikova



Download 110,15 Kb.
bet3/3
Sana23.03.2022
Hajmi110,15 Kb.
#507101
1   2   3
Bog'liq
Молия Razikova

Ks = Hmo : Rmo

Bu yerda: Ks – moliyaviy oqim samaradorligining


koeffitsiyenti;
Hmo – davriy koeffitsiyentga o‘zgartirilgan
(korrektirovka qilingan) haqiqatdagi
moliyaviy oqim;
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim.

Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.


Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag‘larining o‘lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo‘lib hisoblanadi.
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko‘rsatkichlar mavjud:

  • bir ishlovchi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;

  • inflyatsiya darajasi va dinamikasi;

  • davlat budjetining ahvoli (defitsit, profitsit);

  • oltin valyuta zahiralarining miqdori va dinamikasi.

Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat sotsial-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy o‘sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’ektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to‘lov muddati kelgan (yoki o‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o‘rtasidagi nisbat demakdir. Sog‘lom ishlayotgan korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsiyenti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo‘lishi kerak:
Pa
Tqk = --------- 1
Mm
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to‘lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o‘lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar budjetidir (balansidir). U o‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday budjet asosida korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar budjeti bu korxona to‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsiyenti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o‘ng tomoniga teng yoki undan katta bo‘lsa, unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning o‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar budjeti (balansi) pul mablag‘larining tushilmalari va ularning sarflanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u budjetlashtirish tizimiga (sotuvlar budjeti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar budjeti, investitsion budjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini ko‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar budjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli budjetlarini tuzish korxonaning to‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.
Download 110,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish