Fanidan mavzular majmuasi


Mavzu: Organizmga past haroratning ta‘siri



Download 0,64 Mb.
bet35/42
Sana23.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#575529
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIK VA IJTIMOIY SOG\'LOMLASHTIRISH ASOSLARI MAJMUA1 (2) copy (1)

Mavzu: Organizmga past haroratning ta‘siri


Harorat (Temperatura) (lot. temperaturakerakli aralashma, o'rtacha holat) — moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

Harorat — bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning xarakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabul qilingan. Shuningdek Kelvin gradusini mutloq nol xarorat xam deb yuritiladi. Chunki 0 K da xar qanday moddada molekulyar xarakat toʻxtaydi. Texnikada esa kelvin shkalasidan tashqari Tselsiy shkalasi xam keng qoʻllaniladi. Tselsiy shkalasi suvning qaynash va muzlash xaroratlariga asoslangan va kelvin bilan quyidagi bogʻliqlikka ega: 1K =273,15 S. Farengeyt shkalasiga koʻra esa 0S = 32F va 100S = 212F. Farengeyt shkalasi nochiziqli shkala boʻlib, tS = 5/9 (tF-32) va aksincha tF=9/5 (tS +32) tarzida nisbatda boʻladi. Reomyur shkalasiga koʻra esa suvning muzlash xarorati 0R va qaynash xarorati 80R etib belgilangan. 1R=1.25 S


Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va xok. sifatida ta'sir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan o'zaro bog'liqdir.

Harorat SI da kelvinlarda (K) o'lchanadi. Yordamchi o'lchov birligi sifatida esa Tselsiy




darajasidan (°C) keng foydalaniladi.


Haroratni o'lchashda termometr, termal tomoshabin, termopara, optik pirometr va xok.


ishlatiladi.


Qadimda «harorat», tanasi issiqroq odamlarda boshqa odamlarga nisbatan, ko'proq o'ziga xos xususiyatga — teplorodga ega deb tushunilgan. Shuning uchun harorat deganda kuchli tananing o'ziga xos xususiyati va teplorod tushunilgan. Shundan kelib chiqib spirtli ichimliklarning quvvati va harorat, bir xil — graduslarda o'lchanadi.

Har doim atrof - muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, organizmlarda o‘tadigan barcha bioximik reaksiyalar tezligi atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Oksillarning normal tuzilishi va faoliyati mumkin bo‘lgan harorat hayot chegarasi hisoblanadi va u o‘rtacha 0 dan + 50C gacha bo‘ladi. Lekin qator organizmlar maxsus fermentlar sistemasiga ega bo‘lib, bu chegaradan chiqadigan haroratda ham yashashga moslashgan. Past haroratga moslashgan organizmlar kriofil organizmlar deyiladi. Bu organizmlar xujayradagi harorat -


8-10 S bo‘lganda ham o‘z faolligini saqlab qoladi. Sovuq joylarda, tundrada, baland toglarda, Sovuq dengizlarda yashaydigan bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar, moxlar, bug‘imoyoqli hayvonlar va boshqalar shular jumlasidandir. Issiq sharoitda yashashga moslashgan organizmlar termofil organizmlar deyiladi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Organizmlar rivojlanishining turli bosqichlarida ularning haroratga nisbatan ekologik valentligi turlicha bo‘ladi. Masalan, ba‘zi bakteriyalarning sporasi bir necha minut davomida +180 C gacha qizdirilganda tirik qoladi. Laboratoriya sharoitida o‘simliklarning urug‘i, changi, sporasi, sodda hayvonlarning sistasi, nematodalar –271 C gacha sovuqka chidash bergan. Bunday sharoitda xujayradagi barcha hayot jarayonlari va reaksiyalar to‘xtaydi. Organizmlarda barcha hayot jarayonlarining vaqtinchalik to‘xtash holati anabioz holati deyiladi. Atrof-muhit harorati har doim o‘zgarib turadi. Haroratning o‘zgarishi organizmlardagi makromolekulalarning xususiyatlarini o‘zgartiradi. Natijada bioximik reaksiyalarning borish tezligi, binobarin, modda almashinish jarayonlari ham o‘zgaradi. Evolyutsiya jarayonida organizmlar harorat o‘zgarganda modda almashinish jarayonini idora qilish xususiyatini qo‘lga kiritgan. Harorat o‘zgarganda modda almashinuvini boshqarish 2 yo‘l bilan amalga oshadi: 1. Turli xil bioximik va fiziologik qayta ko‘rish bilan (fermentlar aktivligi, konsentrasiyasining o‘zgarishi, suv miqdorining kamayishi).

2. Tana haroratini normal holatda saqlab qolish. Hujayradagi oksidlanish reaksiyalari va ATF ning parchalanishi issiqlik hosil bo‘lish manbai hisoblanadi. Oksidlanish reaksiyalari natijasida hosil bo‘lgan energiya ATF shaklida to‘planadi. ATF ning parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya esa xujayradagi hayot jarayonlariga sarflanadi. Bu energiyaning bir qismi issiqlik sifatida tarqatiladi. Organizmda hosil bo‘lgan issiqlik organizm haroratini saqlab qolish uchun xizmat qilishi mumkin. Lekin ko‘pchilik organizmlar modda almashinish jarayonining yuqori darajasiga ega emas va hosil bo‘lgan issiqlikni ushlab qolishga qodir emas. Ularning hayot faoliyati va faolligi tashqaridan keladigan issiqlikka, tana harorati esa atrof-muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday, tana harorati atrof-muhit haroratiga bog‘liq bo‘lgan organizmlar poykiloterm organizmlar deyiladi. Poykiloterm organizmlarga mikroorganizmlar, o‘simliklar, umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlarning ko‘p qismi kiradi. Tashqi muhit haroratidan qat‘iy nazar tana haroratini doimiy optimal holatda saqlashga layoqatli organizmlar gomoyoterm organizmlar deyiladi. Bunday organizmlarga qushlar va sut emizuvchilar kiradi.


Poykiloterm organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi tashqi muhit haroratiga bog‘liq

bo‘lgani uchun, aniq sharoitlarda ulardagi hayot jarayonlarining o‘tish tezligini aniqlash


mumkin. Sovuqdan keyin modda almashinish jarayoni aniq bir haroratda qayta tiklanadi. Bu


harorat rivojlanishning harorat bo‘sag‘asi deyiladi. Harorat bo‘sag‘adan qancha ko‘tarilib


borsa, rivojlanish shuncha tezlashadi va ayrim rivojlanish fazalari shuncha tez o‘tadi. Bu


organizmlar o‘zining hayot siklini tugatishi uchun tashqi muhitdan aniq miqdordagi


issiqlikni olishi kerak. Bu issiqlik samarali harorat bilan o‘lchanadi. Atrof muhit harorati


bilan rivojlanishning harorat bo‘sag‘asi o‘rtasidagi farq samarali harorat deyladi. Har

bir tur organizm uchun o‘ziga xos rivojlanish bo‘sag‘asi va samarali harorat mavjud va bu


turning kanday sharoitda yashashga moslashganligiga bog‘liq. Masalan: bedaning


rivojlanish bo‘sag‘asi +10 C bo‘lsa, makkajuxori tuproq harorati +8+100 C bo‘lganda,


palma tuproq harorati +300 C bo‘lganda rivojlana boshlaydi. Samarali harorat quyidagi


formula bilan topiladi: X=(T-S)*E, bunda X-samarali harorat, T- atrof muhit harorati, S-


rivojlanishning harorat bo‘sag‘asi, Ye - harorat rivojlanish bo‘sag‘asidan yuqori bo‘lgan


soatlar yoki kunlar soni.





Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish