Ko„rishning ahamiyati. Ko'rish orqali biz tevarak-atrofdagi narsalar va ho- disalarni payqaymiz, ularning harakatini va oo’zgarishini kuzatamiz, shakli, rangi. oo’lchami va turgan joyini bilib olamiz. Insonning oo’qishi, yozishi, rasm chizishi, tomosha qilishi, transport vositalarini haydashi, ilm olishi, hunar o'rganishi va boshqa barcha faoliyati kocnsh bilan bogo’liq. Odam tashqi dunyodan oladigan axborotning deyarli 90 % ini koo’z orqali qabul qiladi.
Ko„zning tuzilishi. Ko!z - yorugo’lik ta‘sirini sezadigan koo’rish organi boMib, ko'rish analizatorining periferik qismi hisoblanadi. Koo’rish organi ko'z soqqasi va qoo’shimcha organlar: qovoqlar, kipriklar, koo’z muskullari va yosh bezlaridan iborat (80-rasm). Koo’z soqqasi sharsimon shaklda bo'lib, koo’z kosasi ichida joylashgan. Koo’z kosasi ichki yuzasidan koo’z soqqasi sirtiga koo’zni harakatlantiruvchi muskullar chiqadi. Koo’z soqqasi tigo’iz oqsil parda bilan qoplangan (81-rasm). Oqsil parda koo’zni mexanik va kimyoviy ta‘sirdan, mikroorganizmlar va begona moddalardan himoya qiladi. Oqsil pardaning koo’z oldida joylashgan qismi shaffof boo’lib. shoxsimon parda, qolgan qismi esa sklera deyiladi. Shoxsimon parda yorugMikni yaxshi oo’tkazadi. Xira oqish rangli sklera yorugMikni oo’tkazmaydi. Shoxsimon qavatda juda koo’p retseptorlar joylashgan. Ular qoo’zgo’alganida qovoq yumilishi yoki pirpirashi, ko'zdan yosh oqishi kabi himoya reflekslari paydo boo’ladi.
Oqsil parda ostida joylashgan tomirliparda kamalak parda, kiprikli tana va koo’z kosasining ichki yuzasini qoplab turadi. Tomirli pardaning ichki yuzasi qora pig ment bilan qoplangan. Qora pigment koo’z- ga tushgan yorugo’likni yutib, tasvirni aniq- lashtirib beradi. Tomirli pardaning oldingi qismi kamalak pardani hosil qiladi. Kamalak parda havorangdan too’q jigarranggacha boo’- lishi mumkin. Tomirli pardaning shox par- dadan keyingi qismi kiprikli tanani hosil qiladi. Kiprikli tanadagi muskullar yordamida koo’z gavhari koo’z kosasi va kamalak pardaga yopishib turadi.
Kamalak parda o'rtasidagi teshik qora- chiq deyiladi. Qorachiq teshigi kengayib va torayib, yorug'lik oo’tishini boshqaradi. Yorugo’lik kam boo’lganida qorachiq kengayib, koo’zga ko'proq yorugo’lik oo’tkazadi. Kuchli yorug'likda qorachiq torayib, yorugo’- lik o'tishini kamaytiradi.
Tayoqchasimon hujayralar kuchsiz yorugo’likka sezgir boMganidan tungi ko'rish retseptorlari deyiladi. Kolbasimon hujayralar rang sezadigan kunduzgi yorug'lik retseptorlari hisoblanadi. Ularning qizil, yashil va koo’k ranglarga sezgir xillari bor. Ulardan birortasining funksiyasi buzilganida odam ranglarni ajrata olmaydi. Bu kasallik daltonizm deb ataladi. Tug'ma rangni ajratolmaslik 10 % erkaklar va 1 % ayollar o'rtasida uchraydi.
Qorachiq orqasida ikki tomonlama qavariq shaffof linza - ko‘z gavhari turadi. Gavhar va too’r parda oralig'i shaffof shishasimon tana bilan to'lgan. To'r pardaning ko'rish nervlari chiqqan joyi - ko'r dog'da retseptorlar boMmaydi. Buyumdan qaytgan yorug'lik ko'r dog'ga tushganida buyum ko'rinmasdan qoladi. Ko'r dog' yaqinida retseptorlar juda ko'p to'plangan sariq dog' ko'rish markazi deyiladi. Ko'rish markazining faqat kolbasimon hujayralardan iborat o'rta qismi aniq ko'rish markazi bo'ladi. Tayoqchasimon hujayralar ko'rish markazi chetlarida joylashadi. To'r pardada joylashgan nerv hujayralarining o'simtalari ko'rish nervlarini hosil qiladi. Buyumdan qaytgan yorug'lik nuri muguz parda, ko'zning oldingi kamerasi, qorachiq, ko'z gavhari va shishasimon tana orqali o'tib, sariq dog'da buyumning kichraygan va teskari ag'darilgan tasvirini hosil qiladi. Buyum tasviri nerv impulslari holida ko'rish nervlari orqali yarimsharlar po'stlog'i ko'rish zonasiga uzatiladi. Bu yerda buyum shakli, o'lchami, rangi, yoritilganligi, fazodagi o'rni to'g'risida haqiqiy sezgi hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |