1 - rasm "Xavflar daraxti" ning shemasi. Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo’ladi. Xavfsizlikning sistemasi - Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo’llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi - sistema deb ataladi. Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik sistemasining misoli tariqasida ko’rinishi mumkin. Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi. Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina", "odam-mashina-atrof muhit". Sistemalash printsip xodisalarga o’zaro bog’liq ravishda bir dasta yoki to’plam (yig’indi) tariqasida qaraydi. Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. Sistemada bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi. Bu sistemaning muhim xususiyati bo’lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan. Ko’ngilsiz voqealarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy maqsadidir. "Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida.