MAVZUNING MATNI:
Dajla
va Efrot daryolari vohasida, O„rta er dengizi havzasining sharqiy sohillari
hamda kichik Osiyoning markaziy tog„lik rayonlari hududida eramizdan avvalgi Urartu,
Bobil kabi davlatlar mavjud bo„lib, ular jahon san‟ati tarixiga o„z hissalarini qo„shishgan.
Bu davlatlarning so„nggisi Bobil (Vaviloniya) eramizdan avvalgi 539 yili Eron tomonidan
tobe qilib olinadi va shu bilan Old Osiyoning qadimiy tarixi tugallanadi.
Old Osiyoning badiiy-tarixiy yodgorliklari Misr san‟ati singari keng va rang-barang.
Bu erda hashamatli saroy va ibodatxonalar qurildi. Dumaloq haykaltaroshlik va relefda
ajoyib o„rta dinamik, plastik go„zal
asarlar yaratildi, devoriy suratlar, nozik amaliy-
dekorativ buyumlar ishlandi. Lekin bu yodgorliklar bizgacha kam etib kelgan. Bunga
sabab Old Osiyoning asosiy qismini tashkil qilgan Ikki daryo oralig„i (Mesopotamiya) bir-
birini almashtirib turgan yangi-yangi davlatlar o„rtasida mamlakatga
hukmronlik qilish
uchun doimiy kurash borgan bo„lsa, ikkinchi tomondan, me‟morlik va tasviriy san‟atning
turlarini rivojlantirish uchun tosh, yog„och va metallardan etarli bo„lmaganidan deyish
mumkin. Saqlanib qolgan yodgorliklar, ularning qoldiqlari Old Osiyoda eramizdan avvalgi
4000-300 yillardayoq bu erda o„ziga xos san‟at paydo bo„lganligi
va rivojlanganligidan
dalolat beradi. SHu erda yozuv paydo bo„ldi, me‟morchilik turlari yuzaga keldi,
hunarmandchilik rivoj topdi.
Old Osiyo san‟atida ham monumental me‟morchilik etakchi o„rinni egallagan,
san‟atning boshqa turlari u bilan bog„liq holda rivojlangan.
Old Osiyoning qadimgi davrga xos bo„lgan tasviriy san‟at xususiyatlari SHumer va
Akkad davlatlarida (er.av. 4000 yillik oxiri) ko„rinadi. Bu erning haykaltaroshligi va
mayda plastikasi misrliklar haykaltaroshligiga nisbatan bir muncha sodda bo„lsa ham,
lekin o„zining ifodali ishlanganligi bilan esda yaxshi qoladi.
Releflarda esa tarixiy
voqealar, jang yurishlari ishlangan. Bu erda dumaloq haykaltaroshlik va gliptika keng
tarqalgan. O„aykallar ko„p hollarda yorqin bo„yoq bilan bo„yalgan bo„lib, inkrustatsiya
uslubida ishlangan haykallarni eslatadi. Monumental haykaltaroshlik asarlarida har bir
tasvirlanuvchining individual
xususiyatlarini ochib berishga, ichki dunyosini yaratishga
intilish seziladi. Ur shahridagi topilma ayol boshi haykali (er.av. XXXI-XXI asrlar),
Lagash hokimi Gudea haykalida shu xislatlarni sezish mumkin.
“Naramsin stellasi” (er.av. 2300 yillar) davrining mashhur asarlaridandir. U podsho
Naramsinning tog„li qabilalar ustidan erishgan g„alabasiga bag„ishlanadi. Bir to„da
jangchilarga bosh bo„lib ketayotgan Naramsin va jangchilar harakati tabiiy chiqqan, tog„
manzarasi, tabiat ko„rinishi ham relef kompozitsiyasi hayotiyligini oshiradi.
Eramizdan avvalgi I yillikda Ossuriya yirik quldorlik davlatiga aylandi. Eramizdan
avvalgi VII asrga kelib, u butun Old Osiyoni o„ziga bo„ysindirib oldi, yagona davlat
tashkil etdi.
SHu
davrda hashamatli saroy, ibodatxonalar vujudga keldi, suronli janglar, ov
manzaralarini ifodalovchi hayajonli bo„rtma tasvirlar yaratildi.
Dur-SHarruken (hozirgi Xorsabod)dagi Sargon II saroyi xarobalari (er.av. VIII
asrning ikkinchi yarmi) shu davr monumental me‟morchiligining xarakterli tomonini
ko„rsatishda muhim o„rin tutadi. Bu saroy balandligi 14 m. sun‟iy
tepalikka qurilgan
bo„lib, u qalin devor bilan o„ralgan. Saroy mehmonxonasi, yotoqxona va diniy
marosimlarga mo„ljallangan xonalardan iborat bo„lib, ular alohida ochiq hovli atrofida
joylashtirishgan. Saroyga kiraverish darvozalarining ikki yon tomoniga esa qanotli, odam
boshli qo„tos o„rnatilgan. U haykal tabiiy kuchlar ramzi bo„lib, podshoni “yomon
ko„zdan” asrash uchun xizmat qilgan. Saroy xonalari devoriy surat va bo„rtma
tasvirlar
bilan bezatilgan. Bu tasvirlarda podshoning harbiy yurishlari va afsonaviy qahramon
Gilgamish qahramonliklari ifodalanadi.
Eramizdan avvalgi VII asr oxiriga kelib, Bobil yangi rivojlanish davrini boshidan
kechira boshladi. Navuxodonosor II (er.av. 605-565 yillar) podsholik qilgan yillar Bobilda
shahar qurilishi
ishlari avj oldirib yuborildi, shahar qurilishi reja asosida tiklanib, yangi
binolar qurildi, atrofi qalin devor bilan o„rab chiqildi. SHaharning sakkiz darvozasi bo„lib,
ular ichida Ishtor darvozasi o„zining ko„rkam, serhashamatligi bilan ajralib turardi. SHu
darvozadan shaharning bosh ibodatxonasiga boradigan yo„l boshlanar edi. Bosh
ibodatxona yonida esa 90 metrlik katta Bobil minorasi qurilgan edi. Navuxodonosor II
ham serhasham, bezakka boy bo„lib, “osma bog„lar” qo„ynida ertaknoma ko„rinishni kashf
etgan edi. Bobil san‟ati uzoqqa cho„zilmadi. U eramizdan avvalgi 539 yili Eron qo„shinlari
tomonidan bosib olindi. SHu bilan Old Osiyo xalqlari qadimiy san‟ati tarixi umri tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: