izladilar. Asarlar ta‟sirchanligini oshirish maqsadi ko„p sohalar bilan hamkorlikda
ishlashni taqozo etdi. Perspektiva, rangshunoslik, soya va yorug„, odam anatomiyasi va
shunga o„xshash sohalarda katta yutuqlar qo„lga kiritildi.
Me‟morchilik va amaliy san‟atda yangi tendensiyalar rivojlandi. SHu bilan birga
qadimgi an‟analar o„zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda yangi
konstruksiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko„p qavatli va shinam
binolar qad ko„tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko„rinishlarini bezash, ular
ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu qilingan ishlar
keyingi Yevropa san‟atida ko„proq ahamiyatga ega bo„ldi. Uyg„onish davrining o„ziga xos
tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida o„zini namoyon qildi.
Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda realistik mazmunni ilgari sura
boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar, muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka
qarshi qo„ya boshladilar, voqelikning real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning
asarlarida uyg„onish davri realizmining o„ziga xos tomoni hayotiy muammolarni
ko„pincha diniy niqob ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz.
Uyg„onish davri san‟atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va
ozodlik uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo„lib qoldi. Insonni o„z asarlarida
shunday kuylagan san‟atkorlardan biri, ilk uyg„onish davrining yirik vakili Donatello
bo„ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali uyg„onish davrida birinchi marta libossiz
holda tasvirlangan haykal bo„ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka
manzur bo„lgan insonni ulug„lash yo„lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni kuylash,
uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug„lash uyg„onish davrida portret san‟atining
qaytadan tug„ilishiga olib keldi. Portret san‟atida ifodalanadigan insondagi nozik his-
tuyg„ular o„zining butun borlig„i bilan uyg„onish davrining buyuk san‟atkorlari Leonardo
da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida o„z ifodasini topdi. Ona,
onalik mehri ulug„landi. Bu o„rinda Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur
“Mono Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari
va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson jismoniy go„zalligini tarannum etuvchi
polotnolarini eslatmay o„tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali
o„zining to„liq obrazli talqinini topdi. Uyg„onish davrida me‟morlik va dekorativ amaliy
san‟at borasida ham katta yutuqlarga erishildi. SHu davrning yirik me‟morlari F.
Brunelleski, Leon Alberti ijodida o„z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Yevropa
me‟morligi san‟atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me‟morlik san‟atiga
albatta katta hissa qo„shdilar.
SHu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san‟atining yirik
vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida o„rin tutadi. U
o„z ijodida nemis san‟atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig yangi realistik yo„lini
boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va boshqa janrlarda
ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san‟atida Dyurer bilan bir qatorda Lukas Kranax, Mattis
Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod qildi. Gollandiya (Niderland) esa
tasviriy san‟atning yirik vakillari Rogir van der Veyzen, Guyu van der Gus, Piter Breygel,
Isronim Bosx Gollandiya san‟atini yanada yuqori pog„onaga ko„tardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: