2) yetim-esirlar, ehtiyojmand kishilarga yordam ko’rsatish;
«Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va, albatta, do‘zaxga kirajaklar!» (Niso surasi, 10).
Yetimlarning mollarini nohaq yeydigan kimsalar aslida olov yegan bo‘lib, qiyomat kuni qorinlarida alangalanib turadi.
Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Yetim molini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsa qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og‘zi, burni, quloq va ko‘zlaridan chiqib turadi. Uni ko‘rgan har bir odam u yetim molini yeganini darhol bilib oladi».
“Tangri nazdida uylarning yaxshirog’i - yetimlar izzat qilinadigan uydir”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yetimni qaramog‘iga olgan odam men bilan jannatda mana bundaymiz» dedilar-da, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qilib, orasini sal ochib qo‘ydilar»
Do'stlaringiz bilan baham: |